• Topshiriq
  • Hisobot tarkibi
  • Qisqacha ma’lumot
  • 4-amaliyot ishi




    Download 63,22 Kb.
    bet1/5
    Sana11.01.2024
    Hajmi63,22 Kb.
    #134797
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    4-амалий иш (2)

    4-amaliyot ishi




    Stansiyalar orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish


      1. Ishdan maqsad


    Mobil aloqa tizimlarida BTS, BSC, TE va MSC lar orasida bog‘lanishlarning texnik xarakteristikalari o‘rganish.


      1. Topshiriq





      1. GSM va CDMA standartlarining umumiy xarakteristikalari bilan tanishish.

      2. BTS, BSC, TE va MSC lar orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish.

      3. Registrlarida saqlanadigan ko‘p davomli ma’lumotlar tarkibi bilan tanishish.

      4. Tarmoqning abonent asliligi bilan tanishish, protsedurasi bilan tanishish.

      5. Hisobot tuzish.



      1. Hisobot tarkibi





    1. Ish nomi va maqsadi.

    2. Tayanch stansiya tuzilishi

    3. Kommutator markazining uzilish sxemasini chizing.

    4. GSM standartidagi chastota diapazonlarini va to‘lqin uzunliklarini yozing.



      1. Qisqacha ma’lumot




    Tayanch stansiyaning tuzilish sxemasi rasm 4.1-rasmda keltirilgan. Signalni ajratilgan holda qabul qilish, ya’ni buning uchun tayanch stansiya ikkita qabul qilish antennalariga ega bo‘lishligi BTSning hususiyatlaridan biridir. Bundan tashqari BTS ajratilgan uzatish va alohida qabul qilish antennalarga ega bo‘lishi mumkin (4.1-rasmda shunga mos tuzilish sxema keltirilgan). Yana bir muhim xossalaridan biri uning bir nechta qabul qilgichlarga va shuncha sonli
    uzatgichlarga ega bo‘lishidir. Bular har xil chastotali bir nechta kanallarda bir vaqtning ichida baravariga ishlash imkoniyatini yaratadi.
    Bir xil nomli qabul qilgichlar va uzatgichlar umumiy sozlanuvchi tayanch generatorlarga egadir. Bular bir kanaldan boshqasiga o‘tishda moslashilgan chastotaga qayta sozlanishni ta’minlaydi. Bitta qabul qilish antennaga N sonli qabul qilgichlar va bitta uzatish antennaga N ta uzatgichlar ulanadi. Qabul qilish antennasi bilan qabul qilgich orasiga N ta kirishli quvvat bo‘laklagichi o‘rnatiladi, uzatgich bilan uzatish antennasi orasiga esa N ta kirishiga ega bo‘lgan quvvat summatori (jamlagich) joylashtiriladi.
    Qabul qilgich va uzatgich MS dagidek ayni tuzilishga ega, faqat undan farqli tomoni shundan iboratki RAO‘ va ARO‘lar qo‘yilmaydi, chunki uzatgichning kirishi va qabul qilgichning chiqishi signallari raqamli shaklga ega. Funksional jihatdan kodeklar (yo faqat nutq kodeki, yoki nutq kodeki bilan kanal kodeki) qabul qilgich-uzatgichning elementlari bo‘lib qolsada, BTSning qabul qilgich- uzatgichi tarkibida emas, balki MSC konstruksiyasi tarkibida joylashtirish amalga oshiriladi.


    4.1-rasm. Tayanch stansiyaning tuzilish sxemasi.


    Aloqa liniya bilan bog‘lab tutashtiruvchi blok aloqa liniyasi orqali MSCga jo‘natiladigan axborotni dastlab joylaydi va undan keluvchi axborotlarni ochib beradi.
    Odatda BTS bilan MSC ni bog‘lash uchun radioreley yoki optik tolali aloqa liniya qo‘llaniladi. Agar ular yonma-yon bir hududda joylashgan bo‘lsa, simli kabellar ishlatiladi. Stansiya ishlashini boshqarishni, hamda tayanch stansiya tarkibiga kiruvchi barcha bloklar va qismlarning ishga yaroqliligini BTS nazoratchisi (kompyuter) amalga oshiriladi.
    Ishonchlilikni ta’minlash maqsadida BTS ning ko‘p bloklari va elektron qismlari zahiralashtiriladi (dublirovanie), stansiya tarkibiga avtonom uzluksiz (to‘xtovsiz) elektr energiya manbalari kiritiladi (akkumlyatorlar).
    GSM standartida tayanch stansiya tizimi tushunchasi yuritiladi, va unga tayanch stansiya nazoratchisi BSC, hamda bir nechta (masalan, o‘n oltigacha) tayanch qabul qilib uzatuvchi stansiyalar kiradi (4.2- rasm).
    Xususan bir joyda o‘rnatilgan va umumiy tayanch stansiya kontrolleriga biriktirilgan uchta tayanch qabul qilib-uzatuvchi stansiyalarning har biri sota ko‘lamida o‘zining 1200 gradus sektorga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Yoki bitta tanyach stansiya nazoratchisiga ega bo‘lgan oltita tayanch qabul qilib uzatuvchi stansiyalar olti 600 gradusli sektorga xizmat ko‘rsatadi. Shunga o‘xshash holatni

      1. MPS standartiga nisbatan olib ko‘radigan bo‘lsak, unda uchta yoki oltita mustaqil BTSlar, har qaysisi o‘zining ish joyida o‘rnatilgan nazoratchi bilan o‘ziga ajratilgan sektor antennalariga ishlashi mumkin.


    4.2-rasm. Tayanch stansiya tizimi.



    Download 63,22 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 63,22 Kb.