• 2-rasm. Himoyalash uchun erga ulash ish sxemasi
  • 3-rasm. Elektr qurilmalarida himoya nol o`tkazgichini ulanish sxemasi
  • 5. Elektr qurilmalarini o`rnatishda qo`yiladigan talablar.
  • 4. Erga va nolga ulab muhofazalanish, muhofazalovchi o`chirish qurilmalari




    Download 133.5 Kb.
    Sana23.03.2024
    Hajmi133.5 Kb.
    #175661
    Bog'liq
    5.2-Маруза (1)
    Mustaqil ish bajardi Jo’rayev Rustambek, 1.1 PowerShell commands.pdf, 7 класс тест с ответами, Мировая литература Тест Гос, Investitsiya jarayonini moliyalashtirish manbalari 03 02 2023, Marketing elementlari tarkibi va jarayoni. Marketing “miks” tushunchasi, dars, 3232, transformatorlarda quvvat isroflari, 44.Eriydigan saqlagichlar, variantlar, Troleyli shina o 23, IELTS Band9 VocabSecrets, 1668457949, 1509450388 69569

    4. Erga va nolga ulab muhofazalanish, muhofazalovchi o`chirish qurilmalari.
    Har qanday elektr qurilmasi, agar uning metall qobiqlarida elektr kuchlanishi hosil bo`lish xavfi bo`lsa, qaysi joyda va qanday binoda ishlatilishidan qat`iy nazar, uning korpusini erga ulab qo`yiladi va bu elektr qurilmalarini erga ulab muhofaza qilish deb ataladi.

    2-rasm. Himoyalash uchun erga ulash ish sxemasi:
    a – umumiy sxema, b – joylashtirish sxemasi, 1 – korpus, 2 – erga ulagich
    Erga ulab muhofaza qilishning asosiy mohiyati ishlatilayotgan elektr asboblarining metall korpuslarida elektr kuchlanish paydo bo`lsa, uni erga o`tkazib yuborishdan iborat bo`lib, asosiy xususiyatlaridan biri, elektr tokini xavfsiz darajaga tushirish, shuningdek, erga ulangan joy atrofida potentsiallar ayirmasi hosil bulmasligini ta`minlashdan iborat.
    Erga ulab muhofaza qilish qurilmasi deganda, erga qoqilgan va elektr tokini erga o`tkazib yuborish uchun mo`ljallangan metall qoziq va bu qoziqni elektr qurilmasi bilan biriktiruvchi metall o`tkazgich tushuniladi.
    Erga ulab muhofaza qilish qurilmalari asosan ikki xil bo`ladi:
    a) Bir joyga yig’ilgan erga ulash, erga qoqilgan metal qoziqlar tsexdan tashqarida ma`lum bir hududda o`rnatilgan buladi.
    b) Kontur buyicha joylashtirilgan erga ulashga mo`ljallangan metal qoziqlar, elektr qurilmasi o`rnatilgan maydon atrofi buylab, o`zaro metall polosadan qilingan o`tkazgich yordamida bir-biri bilan payvandlab ulab qo`yiladi. Kontur bilan erga ulashda elektr xavfsizligi butun erga ulangan qoziqlar hisobiga tenglashtiriladi, hudud buylab elektr potentsiallari ayirmasi yo`qoladi.
    Elektr qurilmalarining tok o`tmaydigan metall qismlarini oldindan nol sim bilan ulab qo`yish, nolga ulab muhofazalashdir.
    Muhofazalovchi nol simi, elektr manbai g’altagining neytral qismlarini mustahkam erga ulash bilan boshlanib, uch faza bilan birgalikda to`rtinchi nol sim tariqasida butun tarmoq buylab tortib boriladi va iloji borcha ko`proq (ma`lum masofada) erga ulab boriladi.
    Nolga ulab muhofaza qilishning vazifasi erga ulab muhofaza qilish bilan bir xil, ya`ni elektr asbobi korpusiga oqib ketgan kuchlanishni zararsizlantirishdan iborat.

    3-rasm. Elektr qurilmalarida himoya nol o`tkazgichini ulanish sxemasi:
    a – uch fazali elektro iste`molchilarga nol o`tkazgichini ulanishi, b – yoritgichlarni armaturasida nol o`tkazgichni ulanishi, v – elektr qurilmalarida bir vaqtni o`zida nol va erga ulanish o`tkazgichlarni ulanishi
    Nolga ulab muhofaza qilinayotgan tizimda nol simining asosiy vazifasi elektr tizimi korpusiga o`tib ketgan tok bilan qarshiliksiz qisqa tutashuv hosil qilib, tizimdan oqib o`tayotgan tok miqdorini muhofazalovchi o`chirish tizimini ishga tushirib, qurilmaga tok o`tkazmasligini ta`minlaydi
    5. Elektr qurilmalarini o`rnatishda qo`yiladigan talablar.
    Elektr dvigatellari, ularni ulovchi o`tkazgichlarning muhofaza qobiqlari, tok o`chirish qurilmalari va saqlovchi qurilmalar hamda ularni o`rnatish va foydalanishda maxsus talablar qo`yiladi.
    Elektr qurilmalarining elektr o`tkazgichlarini muhofaza qobiqlari bilan ta`minlash muhim rol’ o`ynaydi.
    a) Ko`p miqdordagi elektr tokini yo`qotishdan saqlaydi.
    b) Ishlayotgan xodimni elektr toki ta`siriga tushib qolishga yo`l qo`ymaydi.
    v) elektr tizimlarining o`zgaruvchi kuchlanishlaridan uchqunlar chiqishi bilan paydo bo`ladigan yong’in xavfini yo`qotadi.
    Elektr qurilmalarini o`rnatish qoidalariga asosan ikki saqlovchi qurilma o`rtasidagi, elektr tizimlaridagi yoki oxirgi saqlovchi qurilma bilan har qanday o`tkazgich orasidagi muhofaza qobig’i qarshiligi 0,5 M Om dan kam bo`lmasligi talab qilinadi.
    Xavfli xonalarda bu qarshilik miqdori 20-50 foiz ortiq bulishi kerak.
    Elektr qurilmasining muhofaza qobig’i qarshiligi uni o`rnatgandan keyin o`lchab ko`riladi va ishlatish davrida yiliga kamida 1 marta, xavfli xonalarda kamida 2 marta o`lchab, tekshirib turiladi.
    Muhofaza qilinmagan ochiq simlardan foydalanilganda, ularni kamida 3,5 m balandlikda o`rnatish tavsiya etiladi, agar simlar uzilib ketgan taqdirda, ularni avtomatik o`chirish tizimlari bulishi shart.
    Elektr tizimlarining saqlovchi qurilmalari juda oddiy tuzilgan bo`lib, agar tizimda elektr quvvati nominal (25 foiz) miqdordan ortib ketganda, avtomatik ravishda tokni uzib qo`yadi.
    Agar tok kuchi birdaniga 2,5 marta ortib ketsa, eruvchi qism 0,2 s davomida erib ketadi. eruvchi qismning standart sifatidagisini qo`llash kerak, uning o`rniga, mis simlardan qilingan yasama qurilmalarni qo`llashga ruxsat etilmaydi. CHunki bunday yasama qurilmalar o`z vaqtida ishlamay, tizimdagi mavjud boshqa qismlari va o`tkazgichlari qizib ketishiga hamda muhofaza qobiqlarining yonib ketishi natijasida, yong’in chiqishiga sababchi bo`ladi.
    Saqlovchi qurilmalarning probkasimon, plastinkali va trubkasimon turlari mavjud bo`lib, ularning hammasi ham eruvchi qismni o`zgartirish imkoniyati bor.
    Saqlovchi qurilmalarni almashtirish uchun, albatta, elektr tokini o`chirib qo`yish tavsiya etiladi, aksariyat hollarda shaxsiy muhofaza aslahalar qo`llaniladi.
    Download 133.5 Kb.




    Download 133.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4. Erga va nolga ulab muhofazalanish, muhofazalovchi o`chirish qurilmalari

    Download 133.5 Kb.