Laboratoriya topshiriqlari va ularni bajarish uchun uslubiy ko’rsatmalar
Internet global tarmog’i bilan ulanish parametrlarini testlash uchun, shuningdek, TCP/IP protokoli sozlamalarining to’g’riligini tekshirish uchun yetarlicha ko’p miqdorda dasturiy vositalar mavjud. Masalan, MS Windows OTda maxsus o’rnatilgan kompyuter dasturlari – utilitalar mavjud. Ushbu dasturiy vositalar tarmoqda ulanishning ishinchliligini va boshqa bir qator muhim parametrlarni baholash imkonini beradi va foydalanuvchi uchun juda foydali hisoblanadi.
topshiriq
Tarmoqqa ulangan lokal (tarmoq) kompyuter IP-manzilini aniqlang va IP- manzil bo’yicha tarmoqning qaysi sinfga (A,B,C) sinfga tegishli ekanligini aniqlang.
MS Windows OTda kompyuter IP-manzilini aniqlash uchun IPCONFIG utilitasidan foydalaniladi. Ushbu dasturni ishga tushirish uchun “Buyruqlar satri” («Пуск» - «Программы» - «Стандартные» - «Командная строка») oynasida “ipconfig” buyrug’ini kiristish va “Enter” tugmasini bosish yetarli. Bu buyruq bajarilishida kompyuter monitori ekranida barcha tarmoq adapterlari bo’yicha TCP/IP ning asosiy konfiguratsiyalari chiqariladi (1-rasm).
1-rasm. TCP/IP protokoli parametrlarining joriy konfiguratsiyalari Olingan natijalar laboratoriya ishi bo’yicha hisobotga kiritiladi.
topshiriq.
Kompyuterning lokal tarmoqda uzel nomini aniqlash.
Kompyuterning lokal tarmoqda uzel nomini aniqlash uchun “Buyruqlar satri” oynasida “hostname” buyrug’ini kiritsih va “Enter” tugmasini bosish yetarli. Bu buyruq bajarilgandan so’ng monitor ekranida “Buyruqlar satri”
oynasida kompyuterning lokal tarmoqldagi uzel nomi haqida axborot paydo bo’ladi (2-rasm).
2-rasm. Kompyuterning lokal tarmoqdagi uzel nomi.
Olingan natijalar laboratoriya ishi bo’yicha hisobotga kiritiladi.
topshiriq.
Kompyuter tarmoqlarida ma’lumot uzatish tezligini aniqlash.
Tarmoqda ma’lumot uzatish tezligin aniqlash uchun, MS Windows OT bilan ishlaganda TCP/IP protokoli sozlamalari to’g’riligini tekshiruvchi va tarmoqning boshqa tugunlari bilan ulanishini testlovchi PING utilitasidan foydalanish mumkin. Ushbu utilitaning ishlash prinsipi uncha katta bo’lmagan raqamli ma’lumotlar paketini ko’rsatilgan manzil bo’yicha jo’natishdan tashkil topgan. Mavjud standartlar shuni taklif qiladiki, bunday paketni olgan istalgan tarmoq adapteri manba manziliga javob yuborishi (raqamli paketlarni yuborishi) shart. Agar javob belgilangan vaqtda kelmasa, unda ikki qurilma o’rtasida aloqa kanali mavjud emas deb hisoblanadi. Agar “Buyruqlar satri” oynasiga “ping 127.0.0.1” buyrug’i kiritilsa, unda u utilitaning o’zining to’g’ri ishlashini tekshirish imkonini beradi (2.3-rasm). Odatda ma’lumot uzatish tezligini testlash uchun har biri 32 bitdan iborat bo’lgan 4 ta raqamli paket yuboriladi va yuborish – qabul qilish vaqtlari o’rasidagi yaqinlik millisekundlarda (ms) aniqlanadi. Parametr (yuborish – qabul qilish vaqti) multimedia ilovalari, tarmoq (on-line) o’yinlar va boshqalar uchun alohida muhim. Bu ilovalar uchun ushbu parametr 500 ms dan oshib ketmasligi shart. Agar bu parametr 200ms dan kam bo’lsa, unda server bilan aloqa juda yaxshi deb hisoblanadi, agar parametr 200 ms dan ko’p bo’lsa, unda aloqa qoniqarli yoki qoniqarsiz bo’ladi.
3-rasm. PING utilitasi ishining to’g’riligini tekshirish
PING utilitasini “-t” kalit bilan birgalikda tarmoqda ma’lumot uzatish tezligini aniqlash uchun ishlatilganda tarmoqqa cheksiz sondagi paketlar yuboriladi. Masalan, “Buyruqlar satri”ga “ping –t ip_manzil” buyrug’i kiritilsa, paketlarning doimiy yuborilishi boshlanadi va aloqa paydo bo’lish yoki yo’qolish holatlarini aniqlash mumkin bo’ladi.
Lokal kompyuter tarmoqlarida server va kompyuterlar bilan aloqani tekshiring. Olingan natijalar laboratoriya ishi bo’yicha hisobotga kiriting.
|