4-labaratoriya ishi Mavzu




Download 381 Kb.
bet1/3
Sana02.06.2024
Hajmi381 Kb.
#259404
  1   2   3
Bog'liq
4-tajriba ishi


4-labaratoriya ishi
Mavzu: TCP/IP – manzil tuzilishini o‘rganish. TCP/IP protokoli bilan ishlash.


Ishning maqsadi: kompyuter tarmoqlarida ulanish parametrlarini testlashning dasturiy vositalari bilan ishlash va TCP/IP protokoli sozlamalarini tekshirishni o’rganish.


TCP/IP
TCP/IP protokol steklari (Transmission Control Protocol/Internet Protocol) bugungi kunda eng ko‘p tarqalgan va fundamentaldir.
U har qanday o‘lchamdagi mahalliy tarmolarda ishlaydi. Undan tashqari protokollardan Internet global tarmog‘ida ishlash imkonini beruvchi yagona protokoldir.TCP/IP protokollar stekiga turli bosqichlarda ishlovchi ko‘p protokollar kiradi, lekin o‘z nomini u ikkita TCP va IP protokollar nomidan olgan.TCP (Transmission Control Protocol) – transport protokoli, TCP/IP protokollar stekidan foydalanib tarmoqda axborotlarni uzatishni boshqarish uchun xizmat qiladi. 
IP (Internet Protocol) – tarmoq bosqich protokoli, turli tarmoqdan iborat bo‘lgan tarmoqlarda axborotlarni yetkazish uchun transport protokollarining biridan foydalanadi, masalan, TCP yoki UDP.
TCP/IP stekning quyi bosqichi axborot uzatishning standart protokollaridan foydalangani uchun uni har qanday tarmoq texnologiyasi qullanganda va har qanday operatsion tizimli komp’yuterlarda ishlatish mumkin bo‘ladi. Azaldan TCP/IP protokoli global tarmoqlarda foydalanish uchun loyihalashtirilgan, aynan shuning uchun u maksimal ravishda moslashuvchandir. Xususan paketlarni qism-
larga ajratish imkoni bo‘lgani uchun ham aloqa kanalining sifati e’tiborga olinmasa ham, axborot albatta o‘z manziliga yetkaziladi. IP – protokolining mavjudligi uchun ham turli segmentli tarmoqlar o‘rtasida ham axborot uzatish mumkin bo‘ladi.TCP/IP – protokolining kamchiligi shundan iboratki, tarmoqda ma’murlashtirish murakkablashadi. 
Ikkita komoyuter orqali lokal tarmoq yaratish uchun quyidagi ketma-ketlikni bajarishimiz kerak:
Birinchi navbatda kompyuterimizda boshqa foydalanuvchilar kirishiga ruxsat beramiz. Buning uchun “Центр управления сетями и общим доступом” bo’limiga kiramiz va quyidagi oynani ko’ramiz:

Bu oynadan “Изминить дополнителные параметры общего доступа” bo’limiga kiramiz va u yerdagi sozlamalardan lokal tarmoq foydalanuvchilari tarmoqqa kirishi uchun ruxsat beramiz:

Keyin asosiy oynadan “Ethernet” bo’limiga kiramiz.

U hosil bo’lgan oynadan “svoystva”ga kiramiz va “4 TCP/IPv4” tanlanadi:

Keyingi oynada biz IP manzilni kiritamiz va ok tugmasini bosamiz:



Bu ishlarni lokal tarmoq kabeliga ikkala kompyuter tarmoq platalariga ulangan holatda bajaramiz. Yuqoridagi manzilni kompyuterlardan birinchisiga beramiz. O’rtadagi aloqani shu IP manzil orqali quyidagicha tekshirishimiz mumkin:



Ikkinchi kompyuterdagi ma’lumotlardan foydalanish uchun Ikkinchi kompyuterni IP adresini quyidagicha yozib bog’laniladi.

Bu oyna ikkinchi kompyuterdagi ruxsat berilgan papkalar ro’yxati hisoblanadi.

ikki kompyuter tarmoq orqali bog’lanildi va ma’lumot almashish jarayoni tashkil qilindi.



Download 381 Kb.
  1   2   3




Download 381 Kb.