• Ma’lumotlar bazasi va Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) farqi. Ma’lumotlar bazasi
  • Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi
  • MySQl AB
  • WAMP, AppServ, LAMP, Denwer
  • 4. Ma’lumotlar bazasini shakllantirish texnologiyalari Relatsion mbbt




    Download 56,89 Kb.
    bet2/2
    Sana11.12.2023
    Hajmi56,89 Kb.
    #115553
    1   2
    Bog'liq
    abbos 2-m.i
    albom, ИИБга ХАТ), 11, 1-amaliy ishi, MT Amliy ish 5, 1-amaliy ishi, 5-mustaqil ishi, Интерполяция сплайнами.ru.uz, Shaxsiy yillik ish rejasi-fayllar.org, 610958, Gulmirzayev Asilbek Kurs ishi, Документ Microsoft Office Word, Метод беседы, Falsafa 1
    Relatsion MBBT
     Hozirgi paytda relyasion MBBT ni taraqqiyotida yangi til QBE tili ishlamoqda. Bu tilda relyasion algebra va relyasion hisoblashlarda ko„zda tutilmagan bir qancha imkoniyatlar kirgan. Bu tilni hususiyati shundan iboratki, u terminallarda ishlashga muljallangan. So„rovlarni yaratish uchun maxsus ekran redaktoridan, munosabat va redaktorlaridan foydalanamiz. QBE tilida foydalanuvchi o„zi olishini mo„ljallagan natijani so„rov ko„rinishida tasvirlaydi va MBBT uni kerakli amallar ketma – ketligiga aylantirib beradi. Malumot modelini rivojlanish konsepsiyasi 5 ta bosqichni korsatishi mumkin: 1. 60- yillarning 2 – yarmida, bunda asosan ierarxik modellarga etibor berilgan; 2. 70- yillarning 1 – yarmi, tarmoqli modellar; 3. 70- yillarning 2 – yarmi, relyasion modellar; 4. 80- yillarning 1 – yarmi, semantik modellar; 5. 80- yillarning 2 – yarmi, obektga moljallangan tizim. Relyasion MBBT da ma‟lumotlar bilan ishlashda ishlatiladigan 2ta katta gurux tillari relyasion hisoblash deyiladi. Relyasion hisoblash predikatlarni hisoblashga asoslangan bolib ifodalarni yozishga moljallangan qiodalar toplamidan iboratdir. Ular yordamida bizmavjud munosabatlardan yangi munosabatlar yaratishni ta‟minlaymiz. Bunday ifodaalrni yozishda solishtirish amallari, mantiqiy amallar va mavjudlik kvanteri va umumiylik kvanteri ishlatiladi. 
     Ma’lumotlar bazasi va Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) farqi.
    Ma’lumotlar bazasi bu — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir hil turdagi axborotlarni o‘zida saqlovchi va berilgan so‘rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni bir hil turdagi (kitoblarni) ob’yektlarni o‘zida saqlaydi, yoki bo‘lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir hil tipdagi ma’lumotlar saqlanadi, bu ham ma’lumotlar bazasi.
    Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi — bu ma’lumotlar bazasini hosil qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MBBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasi faqat ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi.
    Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar, SQL so‘rov tillari orqali boshqariladi, bu tilda MBBT’ga so‘rov beriladi, bu so‘rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun ma’lumotlar bazasiga murojaat qiladi, u yerdan so‘rovga mos ma’lumotni olib, so‘rovga javob beradi:
    So‘rov berish:
    SQL so‘rov -> MBBT -> Ma’lumotlar bazasi
    natija olish:
    Ma’lumotlar bazasi -> MBBT — > So‘rovga javob
    Quyidagi dasturlar MBBT’ga misol bo‘la oladi:
    — Oracle;
    — MySQL;
    — Microsoft Office Access;
    — MariaDB;
    — Microsoft SQL Server;
    Hulosa shuki, siz o‘ylagan bu dasturlar, ma’lumotlar bazasi emas, balki MBBT hisoblanadi.

    Zamonaviy ma’lumotlar bazalariga va binobarin, (MBBT) ga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:


    1. Yuqori harakatchanlik (so‘rovga qisqa javob vaqti).Javob vaqti -ma’lumotlar bazasiga so‘rov yuborilgan paytdan boshlab ma’lumotlarni qabul qilinishigacha bo‘lgan vaqt oralig‘i. Shunga o‘xshash yana bir atama bu -“Kirish Vaqti”hisoblanadi. Kirish vaqti -buyrug‘berilishi va ma’lumotlarni qabul qilish o‘rtasidagi vaqt oralig‘i. Kirish deganda ma’lumotlarni qidirish, o‘qish yoki yozish operatsiyasi tushuniladi. Ma’lumotlarni yozish, o‘chirish va o‘zgartirish operatsiyalari ko‘pincha yangilanish operatsiyasi deb nomlanadi.
    2. Ma’lumotlar yangilanishining osonligi.
    3. Ma’lumotlarning mustaqil bo‘lishi.
    4. Ko‘p foydalanuvchilar o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvi.
    5. Ma’lumotlar xavfsizligi -ma’lumotlar sirini qasddan yoki bilmasdan turib buzishdan, yo‘q qilishdan himoya qilish.
    6. Ma’lumotlar bazalarini qurish va ishlashini standartlashtirish (MBBT).
    7. Tegishli mavzu sohasidagi ma’lumotlarni ko‘rsatishning yetarliligi.
    8. Foydalanuvchi uchun do‘stona interfeys.
    Bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan dastlabki ikki talab eng muhimlardan hisoblanadi: Yuqori harakatchanlikma’lumotlar bazasi tuzilishini soddalashtirishni talab qiladi. Bu esa o‘z navbatida ma’lumotlarni yangilash tartibini murakkablashtiradi va ularning ortiqcha hajmini oshiradi.Ma’lumotlarning mustaqil bo‘lishi -foydalanuvchi qarashlarini o‘zgartirmasdan ma’lumotlar bazasining mantiqiy va fizik tuzilishini o‘zgartirish qobiliyati. Ma’lumotlarning mustaqilligi ma’lumotlarni saqlash, dasturiy ta’minot va apparat vositalarining xususiyatlariga qarab o‘zgar-maslikni anglatadi.
    MySQL — bu eng mashhur va juda ko'p foydalaniladigan ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi(MBBT) hisoblanadi. Bu tizim juda katta ma'lumotlar bilan ishlash uchun yaratilmagan, aksincha biroz kichik hajmdagi bazalar bilan katta tezlikda ishlash uchun yaratilgan. Uning asosiy ishlash doirasi, saytlar hisoblanadi. Hozirgi kunda juda ko'p sayt va bloklarning ma'lumotlari aynan shu MBBT saqlanadi.
    Ho'sh, saytlarning nimalari bazada saqlanishi mumkin? Dastlab, ma'lumotlar saqlash uchun dasturchilar fayllardan foydalanishgan, ya'ni fayl ochilib kerakli ma'lumotlar u yerga saqlanib, kerakli paytda chaqirib ishlatilgan. Keyinchalik fayllardan voz kechilib(noqulayliklar yuzaga kelgan, ya'ni faylni ochish, o'qish, yopish,.. ko'p vaqtni olib qo'ygan, u yerdan qidirish, xullas juda ko'p), ma'lumotlar bazasiga o'tilgan. Bazada saytdagi maqolalar, sayt foydalanuvchilari haqidagi ma'lumotlar, sayt kontentlari, qoldirilgan kommentariyalar, savol-javoblar, hisoblagich natijalari va shunga o'xshash juda ko'p ma'lumotlar saqlanadi. MySQL shunday ma'lumotlarni o'zida saqlaydi.
    MySQL — juda katta tezlikda ishlovchi va qulay hisoblanadi. Bu tizimda ishlash juda sodda va uni o'rganish qiyinchilik tug'dirmaydi.
    MySQL tizimi tcx kompaniyasi tomonidan, ma'lumotlarni tez qayta ishlash uchun korxona miqyosida ishlatishga yaratilgan. Keyinchalik ommalashib, saytlarning asosiy bazasi sifatida yoyildi.
    So'rovlar SQL tili orqali amalga oshiriladi. Bu MBBT relyatsion ma'lumotlar baza hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar, jadvallar esa ustunlardan tashkil topgandir.
    MySQL MBBTi 2 xil turdagi litsenziyaga ega. Birinchisi tekin, ya'ni MYSQLni ko'chirib olish va ishlatish hech qanday harajat talab qilmaydi va GPL(GNU Public Licenseb, GNU) litsenziyasiga asoslanadi. Ikkinchi turi, GPL shartiga ko'ra, agar siz MySQL kodlarini biror dasturingizda ishlatsangiz, bu dasturingiz ham GPL(tekin) bo'lishi kerak. Bu esa dasturchiga to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun, bu dasturingizni pullik qilishingiz uchun MySQL pullik litsenziyasini sotib olishingiz kerak.
    MySQL logotipi delfin hisoblanadi. Bu delfinni ismi «Sakila»dir. Bu logotipni OpenSource tuzuvchilaridan biri Ambrose Twebaze ga tegishlidir.
    MySQL juda ko'p operatsion tizimlar bilan ishlay oladi. Bularni yozadigan bo'lsam: AIX, BSDi, FreeBSD, HP-UX, Linux, Mac OS X, NetBSD, OpenBSD, OS/2 Warp, SGI IRIX, Solaris, SunOS, UnixWare, Windows 95, Windows 98, Windows NT, Windows 2000, Windows XP, Windows Server 2000, Windows Vista, Windows 7,…
    MySQL shved korxonasi MySQl AB ga tegishli bo'lgan, keyinchalik SUN firmasi MySQL ni o'ziniki qilib olgan. Bir necha yil oldin esa, gigant korxonalardan biri Oracle, SUN firmasini sotib oldi va hozirda MySQL Oracle firmasi mahsuloti sifatida chiqib kelmoqda. Bu bir hisobda Microsoft SQL Server ga katta raqobatdosh ekanligini anglatadi.
    MySQL bir necha serverlarning bir qismi hisoblanadi. Misol uchun, WAMP, AppServ, LAMP, Denwer,… Kliyentlar MySQL serveriga ma'lum bir kutubxonalar orqali ulanadi. MySQL ga quyidagi dasturlash tillari ulanib ishlashi mumkin: Delphi, C, C++, Java, Perl, Php, Python, Ruby va boshqalar.
    Download 56,89 Kb.
    1   2




    Download 56,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4. Ma’lumotlar bazasini shakllantirish texnologiyalari Relatsion mbbt

    Download 56,89 Kb.