|
4-Ma’ruza Mavzu: Elektrodinamika. Elektrostatika
|
bet | 1/13 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 73,14 Kb. | | #134952 |
Bog'liq Ma’ruza Mavzu Elektrodinamika. Elektrostatika-fayllar.org
Ma’ruza Mavzu: Elektrodinamika. Elektrostatika
4-Ma’ruza
Mavzu: Elektrodinamika. Elektrostatika
Reja:
Elektrodinamika. Elektrostatika
Elektrlanish hodisasi
Elektr zaryadi va uning saqlanish qonuni
Kulon qonuni
Elektr maydon va uning kuchlanganligi
Ostrogradskiy Gauss teoremasi
Tayanch iboralar
Elektrlanish
Elektr zaryadi
Kulon qonuni
Elektr maydon
Maydon kuchlanganligi
Elektr doyimiysi
Kuchlanganlik chiziqlari
Elektr zaryadlarining harakati va ularning o‘zaro ta’sirini elektromagnit maydon yordamida tushuntiruvchi fizikaning bir bo‘limi elektrodinamika deyiladi. Elektrodinamikada elektr zaryadi, elektr toki, elektr va magnit maydon hamda ulardan kelib chiquvchi hodisalar o‘rganiladi. Elektrostatika – qo‘zg‘almas elektr zaryadlaridan kelib chiquvchi hodisalarni o‘rganuvchi elektrodinamikaning birinchi bo‘limidir.
Hozirgi paytda elektr hodisasi va qonunlari – zamon fan texnikasini rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Turli xil mashina va asboblarning ishlashi elektrning qonunlariga asoslangandir.
“Elektr” yunoncha “elektron” so‘zidan olingan bo‘lib, qahrabo demakdir muynaga shakllangan qahrabo tayoqchaning engil jismlarni o‘ziga tortishini eramizdan oldingi 640 – 550 yillarda yashab o‘tgan grek faylasuflari Demokrit, Lukritsiylar kuzatganlar. 1600 yilda ingliz vrachi Jilbert matoga (jun) ishqalangan qahrabo tayoqchalarni elektrlangan (qahrabolangan ) jismlar deb atab, “elektr” so‘zini fanga kiritdi. “Elektr” so‘zi qahrabo demakdir. Jismlar bir – biri bilan ishqalanishi natijasida elektrlanish hodisasi ro‘y beradi bu hodisalarga sabab ishqalanayotgan jismlarning zaryadlanishi va bu zaryadlarning o‘zaro ta’sirlashuvidir.
Jismlarning elektromagnit ta’sirini aniqlovchi fizik kattalikka – elektr zaryadi deyiladi va uni q – harfi bilan belgilanadi. Elektr zaryadini tabiyatda ikki turi mavjud: 1- manfiy 2- musbat tabiatda mavjud bo‘lgan jismlarda har doim o‘zaro teng miqdorda musbat va manfiy zaryadlar bo‘lib, ular neytral holatda bo‘ladi. Hamma jismlar atom yoki molekulalardan tashkil topgan bo‘lib, atom yadro va uning atrofida harakatlanuvchi manfiy elektronlardan iboratdir. “Elektron” – eng kichik manfiy zaryadlangan zarracha bo‘lib, uning zaryadi e= 1,6 * 10-19kg massasi
me = 9,1*10-31Kg ga teng ishqalanish natijasida biridan ikkinchisiga elektronlar o‘tish hisobiga birinchi jism musbat ikkinchi jism manfiy zaryadlanadi. Natijada ikkala jism ikki xil ishorali zaryad bilan zaryadlanadi, bunda har birining zaryadi q = N e bo‘ladi.
Tabiatning asosiy qonunlaridan biri bo‘lgan zaryadlarning saqlanish qonuni 1843 – yilda tajriba asosida M.Faradey kashf qilgan bo‘lib, u quyidagicha ta’riflanadi: yopiq sistemadagi zaryadlarning algebraik yig‘indisi har doim o‘zgarmas bo‘ladi
q1+ q2+ q3 + .... +qn = const (1)
yoki (2) bu ifodalar elektr zaryadining saqlanish qonuni formulasidir. Manfiy zaryadli elementar zarracha elektron ( ) deb atalib, uni 1897 – yilda ingliz fizigi J. Tomson kashf qildi. 1919 – yilda nemis fizigi E. Rezerford musbat zaryadli (e+) va massasi elektron massasidan 1836 marta katta bo‘lgan praton (р) ni kashf qildi. Elektron va pratonning zaryadlari kattalik jihatdan teng, ishoralari jihatdan esa qarama – qarshidir.
T abiatda bir xil ishorali zaryadlangan jismlar o‘zaro itarishadi, qarama – qarshi ishorali zaryadlangan jismlar esa o‘zaro tortishadi.
F ransuz fizigi Sh. Kulon 1785- yilda: ikki nuqtaviy zaryadning o‘zaro ta’sir qonunini tajriba yo‘li bilan aniqladi. Zaryadlangan jismlarning o‘zaro ta’siri jismlarning shakli va o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lganligidan o‘zaro ta’sir qonunini aniqlashda nuqtaviy zaryadlardan foydalaniladi. Nuqtaviy zaryad deb o‘lchamlari ular orasidagi masofaga nisbatan kichik bo‘lgan zaryadlangan jismlarga aytiladi. Kulon buralma tarozi yordamida vakuumda joylashgan nuqtaviy ikki zaryadni o‘zaro ta’sirini tajribada aniqladi va Kulon qonuni nomi bilan mashhur bo‘lgan qonunni yaratdi.
Kulon qonuni quyidagicha ta’riflanadi: vakuumdagi ikki nuqtaviy zaryadning o‘zaro ta’sir kuchi zaryad kattaliklarining ko‘paytmasiga to‘g‘ri ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari proparsional bo‘lib zaryadlarni tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘naltirilgandir.
(1) bu ifoda Kulon qonuni formulasi bo‘lib, bunda q1va q2 - nuqtaviy zaryadlar.
r- zaryadlar orasidagi masofa.
k- proporsionallik koeffitsienti bo‘lib, birliklar sistemasiga va muhitning xususiyatiga bog‘liqdir.
Agar q1*q2>0 va F>0 bo‘lsa zaryadlar itarishadi.
Agar q1*q2<0 va F<0 bo‘lsa zaryadlar tortishadi.
(1) ifoda faqat vakuumdagi nuqtaviy zaryadlar uchun o‘rinli bo‘lib, turli muhitdagi zaryadlarning o‘zaro ta’sir kuchi muhitning dielektrik xususiyatiga bog‘liqdir. Bu holatda Kulon qonuni formulasi
(2) ko‘rinishida yozilib, bunday – muhitning nisbiy dielektrik kirutuvchan (singdiruvchan)ligi bo‘lib, vakuum uchun =1 bo‘ladi.
Muhitning nisbiy dielektrik singdiruvchanligi zaryadning berilgan muhitdagi ta’sir kuchi vakuumdagiga nisbatan necha marta
kichik ekanligini ifodalovchi fizik kattalik bo‘lib,
(3) ga teng bunda
(4) bo‘lib 0 – vakuumda joylashgan zaryadlarni o‘zaro ta’sir kuchi. XBS – sistemasida elektr zaryadining birligi qilib, Kulon sharafiga bir kulon (1 kl) qabul qilingan bo‘lib, u
1kl =1A* 1S (5) ga teng
1 kulon – 1A tok o‘tib turgan o‘tkazgichning kundalang kesimidan 1S ichida o‘tgan zaryad miqdoridir. XBS sistemasida ga teng bo‘lib, bunda -elektr doimiysi. k- ning son qiymati
k=9*109 bo‘lganligidan.
(8) ga teng bo‘ladi. (6) va (2) ifodadan Kulon qonuni formulasi ko‘rinishda yoziladi. 1Kl=3*109sgse zaryad birligiga teng.
Elektr zaryadlarining o‘zaro ta’sirlashuvi uchun zaryadlar orasida moddiy muhitni bo‘lishi shart emas. Ikki elektr zaryadi havosiz bo‘shliqda ham ta’sirlashadi. Bunda ta’sirni uzatuvchi muhitni maydon deb ataladi. Har qanday elektr zaryadi atrofida elektr maydon mavjuddir. Elektr maydon elektr zaryad atrofida bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lib, u faqat elektr zaryadlarga ta’sir ko‘rsatadi.
Shu sababli insonning tabiiy sezgi organlari elektr maydonni majudligini sezmaydi. Qo‘zg‘almas zaryad atrofidagi maydon elektrostatik maydon deyiladi. Elektr maydonning mavjudligini shu maydonga kiritilgan “sinash zaryadi” orqali aniqlanadi. Qo‘zg‘almas zaryad atrofidagi elektr maydonga sinash zaryadi kiritilganda, bu maydon sinash zaryadiga biror kuch bilan ta’sir etadi.
Bu kuchni sinash zaryadiga nisbati =… (10) bu kattalik elektr maydoninig tekshirilayotgan nuqtasini kuchlanganligi deb ataladi va u E harfi bilan belgilanadi.
Elektr maydon kuchlanganligi vektor kattalik bo‘lib, (11) ko‘rinishida yoziladi. Elektr maydon kuchlanganligi deb, shu maydonga kiritilgan birlik zaryadga ta’sir etuvchi kuch bilan harakatlanuvchi fizik kattalikka aytiladi.
[E] = [ ]=[ ]
Agar elektr maydoni bir necha earyad vujudga keltirayotgan bo‘lsa, natijaviy maydon kuchlanganligi alohida zaryadlar hosil qilgan elektr maydon kuchlanganliklarining algebraik yig‘indisiga teng bo‘ladi.
(13) bu ifoda maydonlar superpozitsiyasi qo‘shilish prinsipini ifodalaydi. Elektr maydonni kuchlanganlik (kuch) chiziqlari orqali grafik ravishda ko‘rgazmali tasvirlash mumkin ekanligi M.Faradey tavsiya etgan .
Kuch chiziqlari deb, har bir nuqtasida kuchlanganlik vektori urinma ravishda yo‘nalgan egri chiziqqa aytiladi. a-rasm b-rasm
K uch chizig‘ining yo‘nalishi uning har bir nuqtasidagi kuchlanganlik vektori E ning yo‘nalishi bilan bir xil bo‘ladi. Maydonning har kanday nuqtasi orqali faqat bitta kuch chizig‘i o‘tkazish mumkinligidan, maydonning har qaysi nuqtasida kuchlanganlik vektori ma’lum yo‘nalishga ega bo‘lgani uchun kuch chiziqlari hech qaerda kesishmaydi. Nuqtaviy zaryadlarning kuch chiziqlari zaryad musbat bo‘lsa zaryaddan chiquvchi, zaryad manfiy bo‘lsa esa zaryadga kiruvchi to‘g‘ri chiziqlardan iborat bo‘ladi.
Teng va bir xil ishorali ikki nuqtaviy zaryadning kuch chiziqlari: (a -rasm)
Bir biriga teng turli ishorali ikki nuqtaviy zaryadning kuch chiziqlari: (b-rasm)
Maydonni grafik ravishda tasvirlashda quyidagi shartlarga rioya qilish kerak:
Kuch chiziqlari bir biri bilan hech qaerda kesishmaydi;
Kuch chiziqlari musbat zaryaddan (yoki cheksizlikdan) boshlanadi va manfiy zaryadda (yoki cheksizlikda) tugaydi.
Kuch chiziqlari zaryadlar oralig‘ida hech qaerda uzalmaydi.
0>0>
|
| |