4-Ma’ruza Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Toshkent 2024 Kompyuterni tashkil etilishining mantiqiy asoslari




Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana04.07.2024
Hajmi2,25 Mb.
#266560
1   2   3
Bog'liq
1AoIvMhIsju6M4y4MwDJrHsnHgPlH5V98UUrZ15x (1)

ma’lumotlar traktini
shakllantiradi Ma’lumotlar trakti quyidagicha
ishlaydi – bitta yoki ikkita registrlar tanlanadi, arifmetik mantiqiy qurilma
ular yordamida qandaydir amalni, masalan – inkorlash, qo‘shish, ayrish
yoki boshqa bir amalni bajaradi, so‘ngra natija tanlangan registrlardan
biriga joylashtiriladi.
Ba’zi
kompyuterlarda
(protsessorlarda)
ma’lumotlar
trakti

mikroprogramma (mikrodastur) deb nomlangan maxsus dastur tomonidan
nazorat qilinadi. Boshqa xil kompyuterlarda esa ma’lumotlar trakti –
apparat
vositalar
tomonidan
nazorat
qilinadi.
Hozirda
ishlab
chiqarilayotgan kompyuterlarda ma’lumotlar trakti - odatda apparat
vositalar tomonidan nazorat qilinadi. Shuning uchun birinchi sathning
nomi –
mikroarxitektura sathi
deb nomlangan.



BUYRUQLAR TO‘PLAMI
ARXITEKTURASI SATHI
Ikkinchi sath – buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathi
deb ataladi. Kompyuter ishlab chiqaruvchi har bir firma,
o‘z kompyuterida ishlatilgan protsessorga mos mashina
tiliga oid qo‘llanma ham taqdim etadi. U tavsifi
keltirilgan buyruqlar to‘plami interpretator-mikrodastur
yoki apparat ta’minoti tomonidan bajarilishi va bu
sathga oid ma’lumotlardan iborat bo‘ladi
.


OPERATSION TIZIM SATHI
Uchinchi sath – operatsion tizim sathi. Ushbu sath gibrid sath hisoblanadi. Operatsion tizim
sathining bunday deb atalishiga sabab, uning tilidagi ko‘pchilik buyruqlar, undan pastroqda
joylashgan buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathida ham, mavjuddir. Biron bir sathga tegishli
buyruqlar, boshqa bir sathda ham ifodalanishi va ishlatilishi mumkin.Bu sathning xususiyatlari
xotiraning boshqacha tashkil qilinganligi, bir vaqtda ikki va undan ortiq 11 dasturlarni bajara
olish imkoniyatining borligi, hamda operatsion tizim sathining yangi buyruqlar to‘plamiga ega
ekanligi xususiyatlaridir.


FON-NEYMAN MASHINASINING
MA’LUMOTLAR TRAKTI


TO‘RTINCHI VA BESHINCHI SATHLAR
Bu sathlar – dasturchilar uchun ishlab chiqilgan quyi va yuqori sath tillaridan iboratdir. To‘rtinchi
sath - turli xil protsessorlar uchun ishlab chiqilgan turli xil assembler tillaridan iborat bo‘ladi.
Beshinchi sath esa amaliy dasturchilar uchun mo‘ljallangan yuqori sath tillari - C, C++, Java kabi
tillardan tashkil topgan bo‘ladi.


Shunday qilib, hozirgi kompyuterlar bir-nechta sathlarning ierarxik tuzilishi shaklida loyihalanadi
va ishlab chiqariladi. Har bir sath turli xil ob’ektlarning va amallarning ma’lum bir
abstraksiyasini, ya’ni ma’lum darajadagi ko‘rinishini ifoda etadi.
Yuqorida keltirilgan har bir sathga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar, amallarining to‘plami arxitektura
deb ataladi.

Download 2,25 Mb.
1   2   3




Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-Ma’ruza Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Toshkent 2024 Kompyuterni tashkil etilishining mantiqiy asoslari

Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish