• 2. Intellektual interfeys.
  • 3. Tushunish darajalarini sinflash.
  • 4 mavzu. Bilimlarni taqdim etish modellari (davomi). Stsenariylar




    Download 168,59 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana21.05.2024
    Hajmi168,59 Kb.
    #248490
    Bog'liq
    4-lect



    4 - MAVZU. BILIMLARNI TAQDIM ETISH MODELLARI 
    (DAVOMI). 
    1.
     
    Stsenariylar. 
    2.
     
    Intellektual interfeys. 
    3.
     
    Tushunish darajalarining klassifikatsiyasi. 
     
    1. Stsenariylar. 
    Bilimlarni ifodalash tizimlarida real xayotdagi ma’lum standart vaziyatlarni 
    tavsiflaydigan stereotip bilimlar asosiy rol o’ynaydi. Bunday bilimlar vaziyatlarni 
    tavsiflashda tushirib qoldirilgan ma’lumotlarni tiklashga, bu vaziyatda kutilishi 
    mumkin bo’lgan yangi faktlarning paydo bo’lishini oldindan aytishga, vaziyatning 
    kelib chiqish mohiyatini o’rnatishga imkon beradi.
    Stereotip bilimlarni tavsiflashda turli xil modellardan foydalaniladi. Ular 
    ichida eng ko’p tarqalgani stsenariylar hisoblanadi. Stsenariy deb predmet sohaning 
    tipik vaziyatini aniqlaydigan, o’zaro bog’langan faktlar standart ketma-ketligining 
    formal tavsifiga aytiladi. Bu stsenariyda ishtirok etadigan shaxslarning maqsadga 
    erishish usulini tavsiflaydigan protsedura yoki harakatlar ketma-ketligi bo’lishi 
    mumkin. Intellektual tizimlarda stsenariylar tabiiy-tilli matnlarni tushunish 
    protseduralarida, hatti - harakatlarni rejalashtirishda, o’qitishda, qaror qabul 
    qilishda, atrof muhit o’zgarishlarini boshqarishda ishlatiladi. 
    2. Intellektual interfeys. 
    Faraz qilaylik intellektual tizimga matn kiritilyapti. Matnda berilgan ixtiyoriy 
    savollarga inson nuqtai nazaridan u to’g’ri javob beryotgan bo’lsa, intellektual tizim 
    matnni tushunyapti deymiz. «Inson» deganda tizimning tushunish qobiliyatini 
    baxolovchi muayyan ekspert-inson tushuniladi. Bu sub’ektivlikka xissa qo’shadi, 
    chunki turli xil kishilar bir xil matnni turlicha tushunishadi. 
    3. Tushunish darajalarini sinflash. 
    Mavjud intellektual tizimlarda beshta asosiy tushunish darajalarini va ikkita 
    metatushunish darajalarini ajratish mumkin. 
    Birinchi daraja matndan kiritilgan savollarga javobni tizim to’g’ridan-to’g’ri 
    ma’nosiga asoslanib shakllantirish sxemasi bilan xarakterlanadi. Masalan, tizimga 
    «Nonushtadan keyin, soat sakkizda, Petya maktabga ketdi. Soat ikkida u uyga 
    qaytdi. Tushlikdan keyin u sayr qilishga ketdi» matni kiritilgan bo’lsa, u xolda 
    birinchi tushunish darajasida tizim «Petya qachon maktabga ketdi?», «Tushdan 
    keyin Petya nima qildi?» kabi savollarga javob bera olishi kerak. Lingvistik 
    protsessorda matn va unga taaluqli savollarning morfologik, sintaktik va semantik 
    analizlari sodir bo’ladi. Lingvistik protsessorning chiqishida matn va savollarning 


    chiqarish bloki ishlay oladigan ichki ifodalari hosil bo’ladi. Maxsus 
    protseduralardan foydalanib bu blok javobni hosil qiladi. Boshqacha aytganda, 
    birinchi darajali tushunishning allaqachon intellektual tizimdan ma’lumotlarni 
    ifodalash va bu ma’lumotlarga xulosa chiqarishning ma’lum vositalarini talab qiladi. 
    Ikkinchi daraja: Ikkinchi darajada matndagi ma’lumotlarga asoslangan 
    mantiqiy xulosa qilish vositalari qo’shiladi. Bular matnda yaqqol mavjud bo’lmagan 
    axborotlarni tug’dirish imkoniga ega bo’lgan matndagi turli xil mantiqlardir(vaqtli, 
    fazoli, kauzual va sh.k.). Bizning misolda ikkinchi darajada «Nima oldin bo’ldi: 
    Petyaning maktabga ketishimi yoki uning tushlik qilishimi?» yoki «Petya 
    maktabdan kelgandan keyin sayr qildimi?» kabi savollarga to’g’ri javob hosil qilish 
    mumkin. Intellektual tizim matnning vaqt strukturasini tuzibgina qolmay, bu kabi 
    savollarga javob berishi mumkin. 
    Ikkinchi darajali tushunish yordamida tashkil qilish mumkin bo’lgan 
    intellektual tizim sxemasi yana bir bilimlar bazasiga ega bo’ladi. Unda voqealarning 
    strukturasiga tegishli qonuniyatlar, ularning fazoviy tashkil etilish mumkinligi, 
    kauzual bog’liqliklar va sh.k. qonuniyatlar saqlanadi. Mantiqiy blok esa psevdofizik 
    mantiqlar bilan ishlash uchun barcha kerakli vositalarga ega bo’ladi. 
    Uchinchi daraja: Ikkinchi daraja vositalariga atrof - muhit haqidagi tizimlar 
    bilimlari bilan matnni to’ldirish qoidalari qo’shiladi. Intellektual tizimda bu bilimlar 
    mantiqiy xarakterga ega bo’ladi va boshqa turdagi protsedura va stsenariyalar 
    ko’rinishida qayd qilinadi. Uchinchi tushunish darajasida intellektual tizim «Petya 
    ertalab soat sakkizda qaerda bo’lgan?» yoki «Soat ikkida Petya qaerdan keldi?» kabi 
    savollarga javob bera olishi kerak. Buning uchun «maktabda bo’lish» jarayoni 
    nimani bildirishini, xususan, bu jarayon uzluksiz va unda ishtirok etuvchi sub’ekt 
    xamma 
    vaqt 
    «maktabda» 
    bo’lishini 
    bilish 
    kerak.
    Uchinchi darajali tushunish amalga oshiriladigan intellektual tizim strukturasi tashqi 
    tomondan ikkinchi daraja sxemasidan farq qilmaydi. Biroq mantiqiy blokda nafaqat 
    sof deduktiv xulosalash vositalari, balki stsenariylar bo’yicha xulosalash vositalari 
    ham ko’zda tutilishi kerak.
    Sanab o’tilgan uchta tushunish darajalari amalda ishlayotgan barcha 
    Intellektual tizimlarda amalga oshirilgan. Birinchi daraja va qisman ikkinchi daraja 
    turli xil tabiiy tilda muloqot qilish tizimlariga kiradi.
    Tushunishning keyingi ikkita darajasi mavjud intellektual tizimlarda qisman 
    amalga oshirilgan. To’rtinchi daraja: Matn o’rniga unda ma’lumotlarni olishning 
    ikkita kanali mavjud bo’lgandagina kelib chiqadigan kengaytirilgan matn ishlatiladi. 
    Birinchi kanal orqali tizimga matn uzatiladi, ikkinchisi orqali matnda mavjud 
    bo’lmagan qo’shimcha axborotlar uzatiladi. Insonlar o’rtasidagi aloqada ko’rish 
    ikkinchi kanal rolini o’ynaydi. Birdan ortiq aloqa kanallariga ko’rish imkoniyatiga 
    ega bo’lgan intellektual robotlar ega bo’ladi.
    Aloqaning ko’rish kanali atrof muxitning «shu yerda va hozir» holatini qayd 
    qilish va matnga kuzatilayotgan axborotni kiritish imkonini beradi. Tizim matn 
    yuzaga keladigan vaziyat bilan to’g’ridan to’g’ri bog’langan so’zlar kiritilgan 
    matnlarni tushunish qobiliyatiga ega bo’ladi. Quyiroq tushunish darajalarida 
    masalan, «Qaranglar Petya nima qildi! U buni olmasligi kerak edi!» matnini 


    tushunish mumkin emas. Ko’rish kanali mavjud bo’lsa tushunish jarayoni bunga ega 
    bo’ladi.
    To’rtinchi darajali tushunish bo’lgan xolda intellektual tizim «Nima uchun 
    Petya buni olmasligi kerak edi?» yoki «Petya nima qildi?» kabi savollarga javob 
    bera oladi. Tizimga kirayotgan savol uchinchi darajaga mos kelsa, tizim kerakli 
    javobni beradi. Javob uchun qo’shimcha axborotlarni(«ekzegetik») jalb qilish kerak 
    bo’lsa, u holda matn va savolning ichki ko’rinishi matn bilan intellektual tizimga 
    ko’rish yoki boshqa qandaydir kanal orqali hosil bo’lgan real vaziyat o’rtasidagi 
    munosabatni aniqlashni amalga oshiradigan blokka uzatiladi.
    Beshinchi daraja: Javob uchun bu darajada intellektual tizim matndan tashqari 
    matn manbai bo’lgan va tizim xotirasida aloqaga taalluqli umumiy axborotlarni 
    saqlaydigan muayyan sub’ekt haqidagi axborotdan foydalanadi. Beshinchi darajaga 
    mos nazariya - nutqiy aktlar nazariyasidir.
    SHunga e’tibor berilganki, xar qanday ibora nafaqat voqelikning qandaydir 
    hodisasini bildiradi, balki o’zida uchta harakatni birlashtiradi: lokutsiya, illokutsiya 
    va perlokutsiya. Lokutsiya - bu o’z holicha gapirish, ya’ni so’zlovchi o’zining fikrini 
    aytish uchun qilgan harakati. Illokutsiya - bu gapirish yordamida harakat: savol, 
    istak(buyruq yoki iltimos) va tasdiq. Perlokutsiya - so’zlovchining tinglovchiga 
    qandaydir ta’sir o’tkazishiga qaratilgan harakati: «xushomad qilish», 
    «ajablantirish», «ko’ndirish» va x.k. Nutqiy aktni nutqiy harakatlarning ongli 
    minimal birligi sifatida aniqlash mumkin. Har bir nutqiy akt lokutiv, illokutiv va 
    perlokutiv aktlardan tashkil topgan. 
    To’rtinchi va beshinchi tushunish darajalari uchun muloqot asosida yotgan 
    muloqotning nutqsiz komponentalari va psixologik printsiplari bo’yicha natijalari 
    qiziqarli. Bundan tashqari, matnni to’ldirish qoidalariga moloqotning muayyan 
    sub’ekti haqidagi bilimlarga tayanadigan(agar tizimda bu bilimlar mavjud bo’lsa) 
    xulosa chiqarish qoidalari kiradi. Masalan tizim mazkur sub’ektga u tomonidan xosil 
    qilingan matnni to’g’ri deb hisoblab ishonishi mumkin. Lekin unga ishonmasligi va 
    matnni sub’ekt haqidagi o’zining bilimlari bilan to’g’rilab tushunishi mumkin. Bu 
    turdagi bilimlar hali yetarlicha rivojlanmagan muloqotning psixologik 
    nazariyalariga tayanishi kerak.
    Masalan tizimga quyidagi matn kiryapti: «Nina darrov kelishga va’da berdi». 
    Agar tizimda Nina haqida hech qanday ma’lumot bo’lmasa, u bilimlar bazasiga 
    murojaat qilishi va «darrov» vaqt ko’rsatkichini baholash uchun qandaydir normativ 
    ma’lumotdan foydalanishi mumkin. Bu ma’lumotdan «darrov» yarim soatdan 
    oshmasligini bilish mumkin. Lekin tizimga kiritilayotgan matnda so’z borayotgan 
    Nina haqida maxsus ma’lumot bo’lishi mumkin. Bu holda tizim, bilimlar bazasidan 
    kerakli bilimlarni olib, masalan, Ninaning bir soatdan oldinroq kelmasligiga 
    tayyorlanishi mumkin.
    Birinchi metadaraja: Bu darajada bilimlar bazasi tarkibida o’zgarishlar sodir 
    bo’ladi. U tizimga ma’lum va tizimga kiritilgan matnlarda mavjud bo’lgan faktlar 
    bilan to’ldiriladi. Turli intellektual tizimlar bir biridan bilimlardan faktlarni xosil 
    kilish qoidalarining xarakteri bilan farq qiladi. Masalan farmokologik ekspertiza 
    uchun mo’ljallangan tizimlarda bu qoidalar induktiv xulosa qilish va tasvirlarni 
    tanish usullariga tayanadi. Qoidalar ehtimollar printsipiga, xulosalarga va x.k. 


    asoslangan bo’lishi mumkin. Barcha hollarda bilimlar bazasi aprior to’liqmas bo’lib 
    ko’rinadi va bunday intellektual tizimlarda savollarga javob qidirishda qiyinchiliklar 
    yuzaga keladi. Xususan, bilimlar bazasida nomonoton xulosa kerak bo’lib qoladi.
    Ikkinchi metadaraja: Bu darajada metaforik bilimlarning paydo bo’lishi sodir 
    bo’ladi. Bu maqsadlar uchun foydalaniladigan metaforik darajadagi bilimlarni hosil 
    qilash qoidalari analoglar va assotsiatsiyalar bo’yicha xulosa qilishga tayanadigan 
    maxsus protseduralarni o’zida ifodalaydi. Hozirgi vaqtda ma’lum bo’lgan analoglar 
    bo’yicha xulosalash sxemasi Leybnits diagrammasidan foydalanadi. Bu diagramma 
    analoglar bo’yicha fikrlashning faqat xususiy hollarini aks ettiradi. Assotsiativ 
    fikrlash sxemalari bundan ham sayoz. 
    Tushunish darajalari va metadarajalari intellektual tizim arxitekturasi nuqtai 
    nazaridan qaralsa ketma-ket yangi bloklarni qo’shish va ular amalga oshiradigan 
    protseduralarning murakkablashuvini kuzatish mumkin. Birinchi darajada faqat 
    matnning o’ziga tegishli bo’lgan bilimlar bazasi bilan lingvistik protsessor yetarli 
    bo’ladi. Ikkinchi darajada bu protsessorda mantiqiy xulosalash protsedurasi paydo 
    bo’ladi. Uchinchi darajada bilimlar bazasi kerak bo’ladi. Dastlabki ma’lumot 
    kanalidan mustaqil holda ishlaydigan yangi ma’lumot kanalining paydo bo’lishi 
    to’rtinchi daraja bilan xarakterlanadi. Bu kanalning ishlashi bilan bog’liq bo’lgan 
    protseduradan tashqari har bir kanaldan olingan ma’lumotlarning integratsiyasini 
    amalga oshiruvchi ikkala kanal ishlash natijalarini o’zaro ko’rsatib turuvchi 
    protsedura paydo bo’ladi. Rivojlanishning beshinchi darajasida bilimlar va 
    ma’lumotlarni xulosalashning turli xil usullari olinadi. Bu darajada individual va 
    guruxli xatti xarakatlar modeli muhim bo’ladi. Metadarajalarda bilimlarni 
    boshqarish uchun quyiroq tushunish darajalarida mavjud bo’lmagan yangi 
    protseduralar paydo bo’ladi. To’liq hajmda tushunish - ko’rinishidan qandaydir 
    erishib bo’lmaydigan orzu. Tushunish fenomenining boshqacha interpretatsiyalari 
    ham mavjud. Masalan, tushunish darajasini tizimning olingan natijani tushuntirish 
    qobiliyatiga ko’ra baholash mumkin. Bu yerda tizim unga kiritilgan matnga asosan 
    nima qilganini tushuntirayotganda nafaqat tushuntirish darajasi, balki tizim o’zining 
    natijalarini asoslayotganda asoslash darajasi ham bo’lishi mumkin. Tushuntirishdan 
    farqli o’laroq asoslash har doim tizimning joriy vaqtdagi mavjudligi bilan 
    aniqlanadigan faktlar va bilimlarning yig’indisi bilan bog’liq. Tushunish uchun 
    kiritiladigan matn bir xolatda tizim tomonidan rost deb qabul qilinsa, boshqa holatda 
    yolg’on deb qabul qilinishi mumkin. Tushuntirish va asoslashdan tashqari matnni 
    tushunish bilan bog’liq yana bir funktsiya - oqlash ham bo’lishi mumkin. Biror 
    narsani oqlash chiqarilgan tasdiqlar intellektual tizimda o’rnatilgan norma va 
    qiymatlar tizimiga qarama - qarshi emasligini tasdiqlashni bildiradi. Ekspert 
    tizimlarga o’xshash shunday intellektual tizimlar borki, ular tushuntirish va qisman 
    izohlar berish imkoniyatiga ega. Asoslash va oqlash protseduralari to’liq hajmda hali 
    amalga oshirilmagan. 

    Download 168,59 Kb.




    Download 168,59 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4 mavzu. Bilimlarni taqdim etish modellari (davomi). Stsenariylar

    Download 168,59 Kb.
    Pdf ko'rish