|
4-Mustaqil ishi Bajardi: Xamdamov o qabul qildi: Qodirov B
|
Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 69,14 Kb. | | #115974 |
Bog'liq 4-M Xamdamov Otabek
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali “TT va KT” fakulteti 2-bosqich Ax-11-21 guruh talabasi Xamdamov Otabekning Ma’lumotlar bazasi fanidan tayyorlagan
4-Mustaqil ishi
Bajardi: Xamdamov O Qabul qildi: Qodirov B
REJA:
Tranzaksiyalarni boshqarish.
Ma’lumotlar bazasini adminstratorlash va xavfsizligini ta’minlash.
Ma’lumotlar bilan ishlaganda ma’lumotlarni yo‘qotish yoki uzulishh extimoli bor. Bu extimollik MB qancha katta bo‘lsa va unga beriladigan so‘rovlar murakkab bo‘lganda ortadi. MBBT da ma’lumotlarni maxsus ximoyalash vositalari bor. Lekin ba’zi xollarda SQL yordamida tashkil qilinadigan ximoya usullaridan foydalanish mumkin. Bunda bir necha SQL operatorlari tranzaksiya deb nomlanuvchi bitta bloka birlashtiriladi.
Tranzaksiyada yoki barcha opreatorlar bajariladi, yoki birortasi xam bajarilmaydi.Oxirgi xolda MB tranzatsiya bajarishgacha bo‘lgan boshlang‘ich xolatga qaytariladi.Boshqacha aytganda tranzaksiyada birorta operator bajarilmasa, unda bu tranzatsiyada barcha bajarilgan operatorni barcha ishlari bekor qilinadi. Buni otkat (orqaga qaytish) deyiladi. Tranzaksiyada SQL barcha operatorlarini ishlatish mumkin. Bundan tashqari
COMMIT - Bajarishni yakunlash;
ROLLBACK - Orqaga qaytish komandalari xam ishlatiladi.
Malumotlar Qayta Ishlashni Taqsimlangan tizimlar tarqqiyoti jarayonida ma’lumotlarga murojaat modellari ham rivojlanib bordi. Hozirgi kunda uchta asosiy modeli ishlatilmoqda. 1. Fayl – server modeli
2. Ma’lumot baza serveri modeli
3. Ilova serveri modeli
Fayl – server asosida hozirgi kunda FoxPro, Clipper, Paradox kabi MBBT ishlaydi. Bu sinf MBBT ancha arzon, ularni o‘rnatish engil, o‘zlashtirish oson. Lekin ular bir qancha kamchiliklarga ega.
Bu MBBT asosida ishlab chiqarilgan tizimlar ishlab chiqarish past, chunki barcha oraliq ma’lumotlar past tezlikka ega bo‘lgan tarmoq shinalari bo‘yicha uzunlikatiladi, amaliy dastur va MBBT yadrosi kam quvvatli ishchi stansiyalarda bajariladi.
Bunday MBBT taqsimlangan qayta ishlashni ta’minlamaydi.
Ma’lumot baza serveri modeli. Ma’lumot baza serveri modelida, ilova ham asosan ishchi stansiyalarda bajariladi. Ilovaga foydalanuvchi va biznes – qoida bilan muloqot tashkil qilish uchun model kiritilgan. MBBT yadrosi barcha ishchi stansiyalar uchun umumiy bo‘lib, u serverda ishlaydi. MBBT murojaat qilish operatori (SQL – operatorlar) AD – amaliy dasturga kodlanib kiritilgan bo‘lsa ham, ishchi stansiyada bajarilmaydi. U qayta ishlash uchun serverga jo‘natiladi. MBBT yadrosi indekslar va boshqa qo‘shimcha (oraliq) ma’lumotlar murojaat qilib, so‘rovni translyasiya qiladi va uni bajaradi.
Ilova serveri modeli. Ilova sereverini saqlovchi protseduralar yordamida ham tashkil qilish mumkin, lekin ularni amalga oshirish uchun yuqori bosqichli tillar ishlatiladi (masalan, ORACLE – PL/SQL tili). SHuning uchun ilovalar ko‘p resurslar talab qiluvchi (resursoemkimi) shu bilan birga bu tillarning imkoniyatlari cheklangan;ular yordamida ma’lumotlar “nozik” qayta ishlashni (masalan, bitlar darajasida) tashkil qilib bo‘lmaydi.
Ma’lumotlar bazasini administratori imkoniyatlari va vazifalari.
MB korxonaning umumiy axborot resursi sifatida doimo ish holatida bo'lishi kerak. U muhim ahamiyatga ega bo'lgan resurs sifatida, alohida boshqarishni talab qila boshladi. Ko'pgina hollarda uning kundalik ishlashini, korxonaning o'sib borayotgan ehtiyojlariga mos ravishda rivojlanishini ta'minlash zarur edi. Bundan tashqari, ma'lumotlar bazasi va uni rivojlantirish texnologiyasi doimiy ravishda takomillashtirilib turar edi va ma'lumotlar bazasiga aylangan ancha murakkab ob'ekt uchun yuqori darajadagi maxsus bilimlar talab qilinardi. Bunnan kelib chiqib MB ni boshqarish funktsiyasi "Ma'lumotlar bazasini administratorlash" deb nomlandi va uni boshqaruvchi shaxs "Ma'lumotlar bazasi administratori (ma'muri)" deb nomlana boshladi.
Ma'lumotlar bazasini administratorlash (boshqarish) - bu ma'lumotlar bazasini boshqarish funktsiyasi. Ma'lumotlar bazasini boshqarish uchun mas'ul shaxs "Ma'lumotlar bazasi administratori" (MBA) yoki “Database Administrator” (DBA) deb nomlanadi.
Ma'lumotlar bazasi administratori (MBA) yoki Database Administrator (DBA) - ma'lumotlar bazasiga qo'yiladigan talablarni ishlab chiqish, uni loyihalashtirish, amalga oshirish, samarali foydalanish va saqlash, shu jumladan ma'lumotlar bazasi foydalanuvchilari qaydlarini boshqarish va ruxsatsiz kirishdan himoya qilish uchun mas'ul shaxsdir. MBA ning yanada muhim vazifasidan biri bu - ma'lumotlar bazasining yaxlitligini ta'minlashdir.
Xulosa
Ushbu mustaqil ishning mavzusi Tranzaksiyalarni boshqarish va Ma’lumotlar bazasini adminstratorlash va xavfsizligini ta’minlash bu mavzular haqida ma’lumotga ega bo’ldim.
|
| |