42-VARIAND 1-AMALIY ISH
Ma’lumotlar bazasi dasturlarini o‘rnatish va sozlash
(PostgreSQL, Oracle, Microsoft SQL Server).
Ishdan maqsad: Ma’lumotlar bazasi nima ekanligi haqida talabalarga amaliy ko’nikmalar
taqim etish. Ma’lumotlar bazasi dasturlarini o‘rnatish va sozlash jarayonidagi muammolarni hal
etish.
Masalani qo‘yilishi: Ma’lumotlar bazasi dasturlarini o‘rnatish va sozlash. Uslubiy
ko`rsatmalar: Ma’lumotlar bazasi bu — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi
axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir hil turdagi axborotlarni o‘zida saqlovchi
va berilgan so‘rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun,
kitoblar javoni, bu
ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni bir hil turdagi (kitoblarni) obyektlarni o‘zida saqlaydi, yoki
bo‘lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon
raqam kabi bir hil tipdagi
ma’lumotlar saqlanadi, bu ham ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi — bu
ma’lumotlar bazasini hosil qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim
hisoblanadi.
Qisqa qilib aytganda, MBBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar
bazasi faqat ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi. Ma’lumotlar
bazasidagi ma’lumotlar, SQL so‘rov tillari orqali boshqariladi, bu tilda MBBT’ga so‘rov beriladi,
bu so‘rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun ma’lumotlar bazasiga murojaat qiladi, u yerdan
so‘rovga mos ma’lumotni olib, so‘rovga javob beradi: So‘rov berish: SQL so‘rov -> MBBT ->
Ma’lumotlar bazasi Natija olish: Ma’lumotlar bazasi -> MBBT — > So‘rovga javob Quyidagi
dasturlar MBBTga misol bo‘la oladi: — PostgreSQL; Oracle; —I — Microsoft Office Access; —
MariaDB; — Microsoft SQL Server; Xulosa shuki, siz o‘ylagan bu dasturlar, ma’lumotlar bazasi
emas, balki MBBT hisoblanadi Amaliy qism PostgreSQLni o‘rnatish va sozlash. Videoma’lumot:
https://ai.mohirdev.uz/courses/ds/lesson/windowsgapostgresql-ornatish/
PostgreSQL
-
bu
Microsoft SQL, Oracle kabi pullik ma'lumotlar bazalari bilan raqobatlashish imkonini beruvchi
kuchli funksionallikka ega bo'lgan bepul ob'ektga aloqador MBBTdir. PostgreSQL foydalanuvchi
ma'lumotlari, funktsiyalari,
operatsiyalari, domenlari va indekslarini qo'llab-quvvatlaydi. Biz
PostgreSQL ma'lumotlar bazasini Windows 10 ga o'rnatamiz, yangi ma'lumotlar bazasini
yaratamiz, unga jadvallar qo'shamiz va foydalanuvchilar uchun kirishni sozlaymiz. Shuningdek,
biz SQL qobig'i va PgAdmin vizual boshqaruv tizimi yordamida PostgreSQLni boshqarish
asoslarini ko'rib chiqamiz.
Umid qilamanki, ushbu maqola PostgreSQL bilan ishlash va undan
ishlab chiqish va sinov loyihalarida foydalanishni o'rganish uchun yaxshi boshlanish nuqtasi
bo'ladi.