|
-MAVZU:An’anaviy pochta xizmati
|
bet | 7/46 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 361,8 Kb. | | #235531 |
Bog'liq 46-90 mustaqil ishi52-MAVZU:An’anaviy pochta xizmati
An’anaviy pochta xizmati bizga ma’lum bo‘lgan va har bir shahar va markazlarda joylashgan pochta aloqasi korxonalari orqali amalga oshiriladi. Bunda jo‘natilishi rejalashtirilayotgan xat maxsus konvertga solinib, yuboruvchi va qabul qiluvchining indeksi, manzili va kimga mo‘lljallanganligi yoziladi. Shu ma’lumotlarga asoslangan holda pochta korxonasi kelgan xatni markaziy pochta korxonasiga yuboradi va u yerda saralanib tegishli manzilga eltib berishni ta’minlaydi. Kamchiligi shundaki yuborilgan xabar yoki xat manzil uzoqligiga qarab kunlab, oylab borishi, ba’zi hollarda umuman yetib bormasligi ham mumkin.
Elektron pochta tarixi. Elektron pochta, elektron xabarlarni yuborish va qabul qilish uchun ishlatiladigan bir kommunikatsiya shaklidir. Bu xizmatning asosiy tarixi 1960-yillarda boshlandi. 1960-yillarda, elektron pochta xizmati, kompyuter tarmog'i orqali xabarlarni bir joydan boshqasiga yuborish imkoniyatini berdi. Bu tizim, elektron pochta protokollari va elektron pochta serverlari yordamida ishlaydi. Ushbu tizimlar, elektron pochta xizmatini dunyodagi bir nechta kompyuterlar orasida o'zaro aloqalarni tashkil etishga imkon berdi. Keyinchalik, 1970-yillarda elektron pochta xizmati Internetning asosiy qismini tashkil etdi. Bu davrda, elektron pochta xizmati odatda universitetlar, korporatsiyalar va hukumat tashkilotlari tomonidan ishlatilardi. Elektron pochta xizmati, Internetning o'sishiga paralel ravishda o'sdi va dunyodagi bir nechta insonlar uchun muhim bir kommunikatsiya vositasi bo'ldi. So'nggi yillarda, elektron pochta xizmati katta o'sish bilan birga, yangi xususiyatlarga ega bo'ldi. Bugungi kunda, elektron pochta xizmati, foydalanuvchilarga xabarlarni yuborish, fayllarni bir-biriga ulashish, ko'plab boshqa imkoniyatlarni taklif etadi. Shuningdek, elektron pochta xizmati mobil qurilmalar va ilovalar orqali ham qulaylik bilan foydalanish imkoniyatini beradi. Bu tarixiy o'zgarishlar bilan birga, elektron pochta xizmati dunyodagi bir nechta odamlar uchun muhim bir kommunikatsiya vositasi bo'ldi va hali ham foydalanilmoqda.
Elektron pochta xizmati va uning afzalliklari. Elektron pochta, internet orqali xabarlarni yuborish va qabul qilish uchun ishlatiladigan bir kommunikatsiya turi hisoblanadi. Bu xizmat orqali foydalanuvchilar elektron xabarlarni yuborish, qabul qilish, saqlash va boshqarish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Elektron pochta xizmati, elektron pochta protokollari (masalan, SMTP, POP3, IMAP) yordamida ishlaydi. Foydalanuvchilar elektron pochta xizmati orqali xabarlarni yuborish uchun elektron pochta manzillarini ishlatadi. Bu manzillar, foydalanuvchining ismi, domen nomi va boshqa identifikatsiya ma'lumotlardan iborat bo'ladi (masalan, adham@example.com).
Internet–xalqaro tarmog‘ining asosini Electronic mail (E-mail) - elektron pochta xizmati tashkil qiladi. Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek bo‘lib, faqat bunda xatni qog‘ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va so‘zlarni terib, ma’lum elektron yozuv ko‘rinishiga keltiriladi. Elektron pochta maxsus dastur bo‘lib, uning yordamida Internet tarmog‘i orqali dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, ya’ni ixtiyoriy ma’lumotni tezda (bir necha soniya va daqiqalarda) jo‘natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochtaning kamchiligi shundan iboratki, xat jo‘natuvchi va qabul qiluvchining har ikkalasi ham foylanayotgan kompyuter Internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi zarur. Xabar va pochta qutisi tushunchalari. Xabar, umuman olganda, foydalanuvchi pochta orqali yuborishi kerak bo‘lgan ma’lumot xisoblanadi va oldindan boshqa dasturda (masalan Word) tayyorlab, keyin elektron pochta orqali jo‘natishi maqsadga muvofiqdir. Pochta serveri ham o‘zining matn terish oynachasiga ham ega bulib, xabarni shu oynada yozish mumkin.
Pochta qutisi – bu foydalanuvchi uchun elektron pochta xizmatini taqdim etuvchi kompyuterda qayd qilingan nomdir. Ushbu nom kompyuter xotirasida papka ko‘rinishida shakllantiriladi va u o‘zida kiruvchi va chiquvchi xabarlarni vaqtinchalik saqlaydi. Elektron pochta manzillaridagi elektron pochta manzili belgisidan ( ______ @ ________.__ ) oldin kelgan yozuv pochta qutisi nomini anglatadi.
Xabarlarning turlari. Xabarlar turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin masalan: matn, grafik, rasm, ovoz va video ma’lumotlar. Yuborilishi rejalashtirilayotgan ma’lumotlarning hajmi bo‘yicha ham chegaralanish mavjud. Har bir pochta provayderi o‘zining siyosatiga ega bo‘lib bitta xabarning 2, 5, 10Mb hajmgacha bo‘lgan xabarlarni yuborishni ta’minlaydi. Agarda bu hajm oshib ketsa katta hajmdagi xabarlarni Rar yoki Zip dasturlari yordamida arxivlab yuborish tavsiya etiladi.
Elektron pochta manzili. Elektron manzil @ belgisi bilan ajratilgan ikki qismdan iborat, ya’ni manzilgoh @ foydalanuvchi nomi. Elektron manzilga misol tarikasida. pharmi@pharmi.uz, pharmi@inbox.uz larni keltirish mumkin, bu elektron manzillar “tuit” nomli ishlatuvchining http://mail.pharmi.uz, http://umail.uz pochta serverida joylashgan pochta kutisi xisoblanadi.
Xabarlarni uzatish va qabul qilish. Tashkil qilingan elektron pochta orqali boshqa elektron manzilga xat jo‘natish ketma-ketligini ko‘rib chiqamiz: dastlab, mail.ru Web sahifasi ishga tushiriladi va ekranda hosil bo‘lgan ishchi oynaning Imya darchasida foydalanuvchi elektron manzili va Parol darchasida paroli kiritiladi va Voyti tugmachasi bosiladi. Komu darchasiga xat jo‘natilishi kerak bo‘lgan elektron manzil, Kopiya darchasiga, agar shu xat boshqa manzilga ham jo‘natilishi kerak bo‘lsa, o‘sha manzil, Tema darchasiga xat mavzusi yoziladi. Xat mazmuni pastki bo‘sh oynaga yoziladi va Otpravit tugmachasi bosiladi. Agar xat to‘g‘ri jo‘natilgan bo‘lsa, u holda ekranda Uspeshno otpravlen ma’lumoti paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi elektron manzil orqali kompyuter xotirasidagi ixtiyoriy fayllarni ham jo‘natishi mumkin. Buning uchun Prikrepit tugmachasi bosiladi. Agar bir nechta faylni jo‘natish kerak bo‘lsa, qolgan fayllar ham shu tartibda tanlanadi.Foydalanuvchi elektron pochtasiga kelgan xatlarni ko‘rishi uchun Vxodyaщiye buyrug‘i tanlanadi. Ekranda pochtaga kelgan xatlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Unda xat kimdan, mavzusi, pochtaga qachon kelib tushgan va fayl o‘lchami to‘g‘risida ma’lumot saqlangan. Foydalanuvchi xatni o‘qishi uchun, Tema bandida sichqonchaning chap tugmachasi bosiladi. Ekranda xat mazmuni paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi xatni o‘qishi va agar zaruriyat bo‘lsa FaylPechat buyrug‘i orqali printerda chop qilishi mumkin. Elektron pochtadagi keraksiz xatni o‘chirish uchun dastlab u belgilanadi va Udalit tugmachasi bosiladi. o‘chirilgan fayl Korzinaga borib tushadi. Korzinani tozalash Ochistit Korzina buyrug‘i orqali amalga oshiriladi.
|
| |