|
5- amaliy mashg’ulot. Ishchi texnik loyiha bosqichlarida loyiha-hisoblash ishlari
|
bet | 1/4 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 38,3 Kb. | | #99420 |
Bog'liq 5-amaliyot ishi aslo\'s 5- amaliy mashg’ulot.
Ishchi texnik loyiha bosqichlarida loyiha-hisoblash ishlari
Amaliy mashg’ulotining maqsadi: Talabalarni darsga mashg’ulotida tayyorlash, talabalarga bilimni uzatish yo’li bilan o’quv jarayonini tashkillashtirish, mar’uza materiallari boyicha bilim va ko’nikma hosil qilish, ushbu mashg’ulotni o’zlashtirishi uchun izlanish, ularning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish
Reja:
1. Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash bosqichlari asoslari xususida ko’rsatmalar
2. Loyiha hujjatlarini tayyorlashda meyoriy va ko‘rsatma materiallar
3. Loyihalash bosqichlari mazmuni va tayyorlash tartibi.
Kirish
Yangi sanoat korxonalarini yaratish va amaldagilarini zamon talablari darajasiga keltirish ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirishni ham qamrab olib, u mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, sarf-harajatlar miqdorini kamaytirish, ishlab chiqarish sharoitlarini talab darajasiga keltirish kabi ijobiy samaralarga olib keladi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish to‘xtovsiz rivojlanib, u fan-texnikaning ko‘pchilik sohalari bilan bevosita bog‘langandir.
Moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni qo‘llash, ma’naviy eskirganlarini yangilash va amaldagi avtomatika vositalarini yanada zamonaviy hamda takomillashganlari bilan almashtirish uzluksiz davom etadigan jarayondir. Har qanday avtomatlashtirish sistemalarining hayotiy siklini shartli tarzda to‘rt bosqichga ajratish mumkin, bular: loyihalash, montaj qilish, sozlash ishlari va foydalanish (ekspluatatsiya) bosqichlaridir. Ushbu fanda asosan avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash, o‘rnatish va sozlash bosqichlari o‘zlashtiriladi.
Bu fanni o‘rganish natijasida talabalar quyidagilarni bilishlari kerak:
meyoriy, standart va ko‘rsatma hujjatlar tarkibi bilan
avtomatlashtirish sistemalari loyiha hujjatlarining mazmuni bilan
loyihalash uchun zarur bo‘lgan topshiriqlarni tuzish
ishchi va texnik loyihalash bosqichlarida hisoblash ishlari
texnologik jarayonlarning avtomatlashtirish darajasini oshirish va uni baholash
Bu fanni o‘zlashtirish o‘quv rejasida nazarda tutilgan quyidagi fanlar bilan uzviy bog‘langan:
avtomatik boshqarish nazariyasi
sanoat elektronikasi
avtomatikaning texnik vositalari
metrologiya, texnologik parametrlarni o‘lchash usullari va asboblari
soha texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish.
|
| |