|
Loyiha hujjatlarini tayyorlashda meyoriy va ko‘rsatma materiallar
|
bet | 2/4 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 38,3 Kb. | | #99420 |
Bog'liq 5-amaliyot ishi aslo\'s1.2. Loyiha hujjatlarini tayyorlashda meyoriy va ko‘rsatma materiallar
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirshda hal qilinadigan masalalar mutaxassislardan turli avtomatika vositalarining to‘zilishi va ishlash prinsiplari, avtomatik sistemalarining turli ko‘rinishlari va sinflarini yasash usullarini bilishni ham texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish soxasidagi ishlar bilan birga aniq va bir qiymatli almashish mumkin bo‘lgan texnik tilni egallashni ham talab qiladi. Bu biror texnologik jarayonni avtomatlashtirshning mantiqiy hisoblangan va texnik jihatdan asoslangan sistemasini montaj qilish, sozlash va ishlatish masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun birday tushunarli bo‘lgan shaklda ifodalanishi kerak. Bunda barcha mutaxassisliklarda yaratilayotgan avtomatlashtirish sistemasini tushunish maxsus ishlab chiqariladigan texnik hujjatlar vositasida ta’minlanadi. Loyiha hujjatlarini yaratish, shakllantirish, tasdiqlash turli meyor, qoida, standartlar bilan reglamentlashtirilgan. Bularga quyidagilar kiradi:
SPDS – qurilish uchun loyiha xujjatlarining sistemasi
SNiP – qurilish meyorlari va qoidalari
VSN – tarmoq qurilish meyori
YESKD – konstruktorlik hujjatlarining yagona sistemasi
GOST – davlat standarti
OST – tarmoq standarti
RM – ko‘rsatma materiallar
1.3. Loyihalash bosqichlari
Qurilish va ishlab chiqarishni tashqil etish, ishlatish va ta’mirlash ishlari turli-tuman texnik hujjatlar bilan bog‘liqdir. Yangi sistemani yaryatishda birinchi navbatda loyiha va konstrutorlik hujjatlaridan foydalaniladi.
Texnologik obektning murakkabligiga qarab loyiha ma’lum qismlardan iborat bo‘ladi. Loyihada texnik - iqtisodiy, texnologik, qurilish, santexnik, elektr, avtomatlashtirish kabi qismlar bo‘lishi mumkin. Avtomatlashtirish loyihaning bir qismi bo‘lib, texnologik jarayonlar parametrlarini nazorat qilish va rostlash hamda boshqarish qismi shu sohaga ixtisoslashtirilgan muassasa yoki loyihalash tashqilotining avtomatlashtirish bo‘limi amalga oshirishi mumkin. Bu loyiha texnologik jarayonlarning muqobil ishlashini va jihozlar ishidagi havfsizlikni ta’minlovchi nazorat - o‘lchov asboblarini, rostlagichlar, avtomatika va signallash qurilmalarini, loyihalashtirilayotgan obektlarda ishlatiladigan texnikaviy hujjatlarni qamrab oladi.
Loyihalash uchun loyihaning texnik qismini tuzuvchi tashqilot yoki buyuyrtmachi bergan topshiriq asos bo‘lib hizmat qiladi.
Loyihalashning texnik topshiriqlariga quyidagilar kiradi:
Loyihalashtirilayotgan texnologik ob’ktning tarkibi, jarayonning qisqacha bayoni
qurilma, jihoz va uskunalarning harakteristikasi
atrof-muhitning harakteristikasi
nazorat va rostlanadigan parametrlarning qiymatlari
nazorat va rostlashda ruxsat etilgan hatolar va asboblarning funksional belgilari (ko‘rsatish, qayd etish, integrallash, signallash va shu kabilar).
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash bosqichida texnologik obektlar mufassal tahlil etilishi kerak. Bunda jarayonni tasniflovchi kattaliklar aniqlanib, ular orasida o‘zaro bog‘lanishlar topiladi.
SNiP 1.02.01-85 talablariga asosan avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash ikki bosqichda (loyiha va ishchi hujjatlari) yoki bir bosqichda (ishchi loyiha) amalga oshiriladi.
|
| |