|
Axborot resurs markazi (ARM) –
|
bet | 5/6 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 44,08 Kb. | | #149231 |
Bog'liq AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA YOSHLARDA MA’NAVIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHAxborot resurs markazi (ARM) – bu ta’lim muassasasida markazlashtirilgan, to‘langan bosma va audiovizual materiallar majmuasidir. ARM kompyuter va aloqa vositalari yordamida qo‘shimcha aloqa manbalari va materiallariga kirish imkonini beradi.
Axborot tarmog‘i (AT) – aloqa tizimlarida kompyuterlar yordamida axborotlashishga xizmat qiluvchi qurilmalarning bir-biri bilan bog‘langan holati.
Axborot tizimi (AT) – axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va undan foydalanish imkonini beradigan tashkiliy jihatdan tartibga solingan axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridir.
Axborot texnologiyasi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash va unga ishlov berish hamda uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami usullar va jarayonlardir.
Dasturiy ta’minot – AT ishini amalga oshirishda zarur bo‘lgan kompyuter dasturlari to‘plamidir.
Texnik ta’minot – AT ning o‘z funksiyasini amalga oshirish jarayonida ishlatiladigan barcha texnik vositalar majmuidir.
Matematik ta’minot – AT dan foydalanishda amaliy masalalarni echishda qo‘llaniladigan matematik modellar, usullar va ma’lumotlar bazasini boshqarish algoritmlari to‘plamidir.
Axborot ta’minoti – hujjat aylanmasi va hujjatlar shaklini ratsional holga aylantirishni o‘z ichiga olgan axborotni joylashtirish hamda tashkil qilish bo‘yicha uslub va vositalar yig‘indisidir.
Lingvistik ta’minot – inson va tizim orasidagi muloqotni ishlab chiqish hamda ta’minlash uchun axborotlarga ishlov berishda va foydalanishning turli bosqichlarida ishlatiladigan til vositalari yig‘indisi.
Tashkiliy ta’minot – AT dan foydalanish, unga samarali axborot xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar va boshqarish hujjatlari majmuasidir (Usmonov A.N.).
Huquqiy ta’minot – AT ni yaratish va funksiyalashtirishni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar yig‘indisi.
|
| |