5 – mavzu: Axborotlarni himoyalash




Download 82.83 Kb.
bet3/5
Sana14.12.2022
Hajmi82.83 Kb.
#34861
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-MA\'RUZA
8-мавзу.Маданият, цивилизация ва қадриятлар фалсафаси, YAMAN TURIZMI
Axborot himoyasi turlari ikki asosiy belgiga ko‘ra tasniflanadi:

  • birinchidan, axborot xususiyligi, aniqrog‘i qo‘riqlanadigan sirlar turiga ko‘ra;

  • ikkinchidan, axborot himoyasi uchun qo‘llaniluvchi kuchlar, vositalar va usullar guruhlari bo‘yicha.

Birinchi guruhga quyidagi asosiy yo‘nalishlar kiritilishi mumkin: davlat sirlarini himoya qilish, davlatlararo maxfiy maʼlumotlarni himoya qilish, tadbirkorlik sirlarini himoya qilish, xizmat sirlarini himoya qilish, mutaxassislik sirlarini himoya qilish va xususiy maʼlumotlarni himoya qilish.
Ikkinchi guruhga quyidagi asosiy yo‘nalishlar kiradi: axborotlarni huquqiy himoyalash, axborotlarni tashkiliy himoyalash, axborotlarni muhandislik-texnik himoyalash.
Huquqiy himoyalash - bu huquqiy asosda axborot himoyasini taʼminlovchi maxsus qonunlar, boshqa meʼyoriy hujjatlar, qoidalar, jarayonlar va tadbirlar.
Tashkiliy himoya - bu bajaruvchilarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy zararni bartaraf etuvchi yoki yengillashtiruvchi, bajaruvchilarning meʼyoriy-huquqiy asosdagi o‘zaro muomalasi va ishlab chiqarish faoliyatini qatʼiy belgilash.
Muhandislik-texnik himoya - bu faoliyatga yetkaziluvchi zararlarga qarshilik qiluvchi turli texnik vositalardan foydalanishdir.
3. Axborot himoyasi vositalarini va usullarini tasniflash.
Axborotni muhofaza qilishda foydalaniluvchi asosiy usullar quyidagilar hisoblanadi: yashirish, ranjirlash, noto‘g‘ri maʼlumot berish, bo‘laklash, sug‘urta qilish, hisobga olish, kodlash va shifrlash.
Yashirish - axborotni muhofaza qilish usuli sifatida amaliyotda maʼlumotlarni himoyalashning asosiy tashkiliy usullaridan biri hisoblanadi, maxfiy maʼlumotlarga ruxsat etilgan shaxslar sonini chegaralaydi. Yashirish axborotlarni himoya qilishda juda keng qo‘llaniluvchi usullardan biri hisoblanadi.
Ranjirlash axborot himoya usuli sifatida, birinchidan, maxfiy maʼlumotlarni maxfiylik darajasi bo‘yicha taqsimlaydi, va ikkinchidan himoyalangan axborotga ruxsatni chegaralaydi.
Noto‘g‘ri maʼlumot berish - axborot himoya usullaridan biri bo‘lib, biror obʼyekt haqidagi haqiqiy maʼlumot o‘rniga atayin yolg‘on maʼlumot tarqatishni anglatadi.
Axborotni bo‘laklash usuli axborotni bo‘laklarga bo‘lib, uning biror qismi orqali to‘liq maʼlumot olib bo‘lmaslikni anglatadi. Bu usul harbiy texnika va qurollanish vositalarini ishlab chiqarishda, shuningdek yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi.
Sug‘urta qilish - axborotni muhofaza qilish usuli sifatida endigina tan olinmoqda. Uning maʼnosi axborot egasi huquqlari va manfaatlarini yoki axborot vositalarini anʼanaviy tahdidlar va axborot xavfsizligi tahdidlaridan himoya qilishni bildiradi. Ushbu usul tijorat sirlarini saqlashda ko‘proq qo‘llanilishi ehtimoli mavjud. Axborotni sug‘urta qilishda u dastlab, auditorlik tekshiruvidan o‘tishi va xulosaga ega bo‘lishi talab etiladi.
Axborotlarni maʼnaviy-maʼrifiy himoyalash usuli axborotni muhofaza qilishda juda muhim rol o‘ynaydi. Aynan inson, u korxona yoki tashkilot xodimi, maxfiy maʼlumotlardan voqif bo‘lib, o‘z xotirasida ko‘plab maʼlumotlarni jamlaydi va baʼzi hollarda axborot chiqib ketishi manbaiga aylanishi mumkin hamda uning aybi bilan o‘zgalar ushbu axborotga noqonuniy ega bo‘ladilar. Axborotlarni maʼnaviy-maʼrifiy himoyalash usuli quyidagilarni nazarda tutadi:

  • xodimni tarbiyalash, u bilan maʼlum sifatlarni, qarashlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan maxsus ishlarni olib borish (vatanparvarliq axborotni muhofaza qilish uning shaxsan o‘zi uchun ham qanday ahamiyat kasb etishini tushuntirish);

  • xodimni axborotni muhofaza qilish qoidalari va usullariga o‘rgatish, konfedensial axborot tashuvchilar bilan amaliy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish.

Hisobga olish axborotni muhofaza qilishning muhim usullaridan biri bo‘lib, konfedensial maʼlumotlar tashuvchilarning hamda undan foydalanuvchilarning ixtiyoriy vaqtda qayerda joylashganligi haqida maʼlumot olish imkonini beradi. Ushbu usulsiz himoya muammosini hal etish juda qiyin. Sir saqlanuvchi axborotlarni hisobga olish tamoyillari:

  • himoyalanuvchi axborotlarni tashuvchilarning barchasini ro‘yxatga olish majburiyligi;

  • muayyan axborot tashuvchini ro‘yxatga olish bir marta bo‘lishligini (takrorlanmasligini) taʼminlash;

  • ro‘yxatda konfedensial maʼlumot tashuvchining ayni vaqtda qaysi manzildaligini ko‘rsatish;

  • har bir himoyalangan axborot tashuvchining saqlanishiga yagona javobgarlik va hisobda ushbu axborotni ishlatgan foydalanuvchi haqida maʼlumotni aks ettirish.

Kodlash - himoyalanuvchi axborotni raqibdan yashirish maqsadida, axborotni kanal orqali uzatish jarayonida o‘zgalar tomonidan tutib olinishi xavfi mavjud bo‘lganda, uni kodlash usuli yordamida ochiq matnni shartli axborotga aylantirish usulidir. Kodlash uchun odatda belgilar to‘plami (belgilar, raqamlar va boshqalar), shuningdek axborotni tushunarsiz belgilar to‘plami ko‘rinishiga aylantirish imkonini beruvchi maʼlum qoidalar tizimi foydalaniladi. Bu axborotni o‘qish uchun esa uni yana o‘z xoliga keltirish, yaʼni kodni ochish (kalit) kerak bo‘ladi. Axborotni kodlash texnik vositalar yordamida yoki qo‘lda amalga oshirilishi mumkin.
Shifrlash - axborotni muhofaza qilish usuli bo‘lib, ko‘pincha axborotlarni radioqurilmalar vositasida uzatishda, raqib tomonidan tutib olish xavfi bo‘lganda qo‘llaniladi. Axborotni shifrlash, uni o‘zgalar tomonidan tutib olinganda ham kalitsiz maʼnosini tushunib bo‘lmaydigan holatga o‘tkazishni anglatadi.
Axborotni muhofaza qilish vositalari - bu axborotni muhofaza qilish masalalarini hal etish uchun foydalaniluvchi muhandislik-texniq elektr, elektron, optik va boshqa qurilma vositalar to‘plamidir.
Axborotni muhofaza qilishning kadr va resurs taʼminoti. Davlat sirlarini tashkil etuvchi axborotni muhofaza qilishni tashkil etuvchi kadrlar tayyorlash tizimiga quyidagilar kiradi:

  1. Tashkilot va bo‘linma rahbarlari.

  2. Axborotni muhofaza qilish bo‘yicha maxsus komissiyalar.

  3. Yagona xavfsizlik xizmati tarkibiga kiruvchi ixtisoslashgan bo‘linmalar.

Boshqa sohalar kabi axborotni muhofaza qilish sohasi ham kadrlar tayyorlashdan tashqari moddiy, iqtisodiy va axborot resurslari bilan taʼminlanishi kerak.
Moddiy resurslar axborotni muhofaza qilishda maxsus ahamiyatga ega. Unga maxsus ajratilgan bino, maxsus qurilmalar, qabul qilingan meʼyorlar asosida attestatsiya qilingan kompyuter va orgtexnika, apparat vositalari, dastur vositalari, axborotni muhofaza qilish vositalari va boshqalar.

Download 82.83 Kb.
1   2   3   4   5




Download 82.83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5 – mavzu: Axborotlarni himoyalash

Download 82.83 Kb.