|
5- mavzu. Elektron jadval muharrirlari. Ms excel dasturi. Reja
|
bet | 1/5 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 338,33 Kb. | | #139002 |
Bog'liq 6-mavzu Elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari
5- Mavzu. Elektron jadval muharrirlari. MS Excel dasturi.
Reja:
MS Excel dasturini ishga tushirish.
Qator yoki ustunlarning kengligini o‘zgartirish.
Kataklarni belgilash.
Joriy yoki belgilangan katakning formatini o‘zgartirish.
MS Excel dasturida formulalar yozish.
MS Excel dasturining standart funktsiyalaridan foydalanish
MS Excel dasturida ob’ektlarni joylashtirish.
Sahifa tushunchasi.
Diagrammalar yaratish.
Makroslar-ishlarni avtomatlashtirish vositasi sifatida.
Diagrammalar va grafiklar.
Ma’lumotlarni tartiblash, filtrlash, saqlash, gipermurojaatlar
Maqsad: MS Excel jadval muharriri haqida ma’lumot berish, imkoniyatlaridan foydalanishni o‘rgatish
Ma’ruza mazmuni bo‘yicha ko‘rgazmali slaydlar.
MS Excel – jadval muharririning ishchi stoli:
Jadvallar muharriri MS Excel WINDOWS OT- da ishlash uchun yaratilgan. Uni ishga tushirish uchun biz Pusk menyusiga kirib Vse programmi bo‘limni tanlaymiz va shu bo‘limda MS office ga kirib MS Excel dasturini ishga tushuramiz, yoki S: diskdagi programm Files ichidagi MS office papka ichidagi Excel.exe faylni ishga tushiramiz. Natijada dastur ishga tushadi. Dastur ishga tushgach siz ekranda uning oynasini ko‘rasiz. Oynaning asosiy qismlari bu nom satri, menyu satri, yordamchi tugmalar satri, formulalar satri, ish sohasi va ma’lumotlar satri
Nom satrida aktiv bo‘lgan jadvalning nomi yoziladi, agar aktiv jadval yangi yaratilgan bo‘lsa u holda uning nomi KNIGA 1 ko‘rinishida bo‘ladi.
2.2-ilova
Tanlangan xona quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Kursor 3 xil bo‘lishi mumkin:
• Oq rangli katta plyus - xona tanlash uchun. Xonani ustiga sichqonchani olib kelganimizda paydo bo‘ladi,
• Strelka - xona yoki ob’ektlarni tanlab boshqa joyga ko‘chirib olish uchun. Xona tagidagi chegarasiga yoki ob’ektning ustiga sichqonchani olib kelganimizda paydo bo‘ladi,
• Qora rangli kichkina plyus - xona ichidagi ma’lumotlarga o‘xshash ma’lumotlar bilan boshqa yonidagi xonalarni avtoto‘ldirish. Xonaning pastki o‘ng tomondagi burchagida joylashgan nuqtaga sichqoncha bilan ko‘rsatganimizda paydo bo‘ladi
2.3-ilova
Excel dasturdagi har bitta xona o‘zining xususiyatlariga ega. Ushbu xususiyatlarni ko‘rish va o‘zgartirish uchun shu xonani tanlab «CTRL» tugmalarni bosamiz. Natijada ekranda oyna paydo bo‘ladi.
Shu oynaning
|
| |