• Chipset nima
  • 5- mavzu Ona plataning chipsetlari bilan tanishish




    Download 18,15 Kb.
    Sana23.01.2024
    Hajmi18,15 Kb.
    #143836
    Bog'liq
    chipsetlar


    Mavzu Tizimli blok qismlari bilan tanishish

    Chipset nima



    5- mavzu Ona plataning chipsetlari bilan tanishish
    Tizimli plata ko‘p qatlamli tekstolitdan tayyorlangan bosma plata ko‘rinishida bajariladi. Qatlamlarning soni 12 tagacha bo‘lishi mumkin, ammo ko‘pincha 8 ta qatlamli bosma plata ishlatiladi. Har bir qatlam orasida mikrosxemalarni, qarshiliklarni, kondensatorlarni va razyomlarni o‘zaro ulanishini ta’minlab turuvchi, yupqa metall qoplamadan ishlangan bosma o‘tkazgichlar joylashgan. 2.2-rasmda Gigabyte kompaniyasi ishlab chiqargan tizimli plataning kesimi berilgan. 2.3-rasmda tizimli plata elektronikasining an’anaviy qurish tamoyili soddalashtirilib ko‘rsatilgan. Markazda, protsessor, tezkor xotira moduli va tashqi qurilmalar orasida chipset joylashgan.
    Chipset mikrosxemalar to‘plami bo‘lib, barcha bloklar orasida signallarni taqsimlash vazifasini bajaradi. 2.3-a rasmda protsessordan tezkor xotiraga o‘tuvchi axborotlaroqimi hamda teskariga uncha katta bo‘lmagan ushlanish vaqtini kirituvchi chipset orqali o‘tadigan axborotlar oqimi tasvirlangan. Zamonaviy kompyuter tizimlari uchun bunday ushlanish ko‘plik qiladi. Shuning uchun avval AMD, keyin esa Intel korporatsiyasi xotira kontrollerini protsessor kristaliga joylashtirdi (2.3-b rasm). Tuzilishning bu tamoyilida protsessor xotira bilan bevosita ishlaydi. Bu esa o‘z o‘rnida tizimning umumiy unumdorligini oshiradi. Tizimli plataning protsessorning arxitekturasiga bog‘liq bo‘lgan boshqa variantlari ham mavjuddir. Masalan, oxirgi vaqtda grafik nimtizimning ishlash tezligini oshirish uchun videokartaning interfeysini (PCI-E uchun) chipsetdan protsessor kristaliga joylashtirilgan varianti keng tarqaldi.
    Chipset nima?
    Qisqachasiga chipset – bu mikroprotsessorli komplektdir. Agar kengroq ta’riflansa – bu protsessorning qolgan hamma elektron xo‘jalik bilan muloqot uchun zarur bo‘lgan mikrosxemalar to‘plamidir. Ilgari onalik platasini bir necha o‘nlab mikrosxemalar yoymasi qoplar edi. So‘ngra ularni bir necha ixtisoslashgan «buyurtma» mikrosxemalarga keltirish g‘oyasi paydo bo‘ldi – olingan komplektni chipset deb atashdi. Birinchi chipsetlar odatda to‘rtta mikrosxemadan iborat edi. Bugungi kunda chipsetlar odatda ikkita mikrosxemadan iborat, ulardan biri janubiy ko‘prik, ikkinchisi esa shimoliy ko‘prik deb ataladi. Agar onalik platasiga qaralsa, qiynalmasdan bu ikki juftlik topiladi – bu protsessordan keyin eng yirik mikrosxemalardir. Ular markirovkasi bo‘yicha ishlab chiqaruvchini va chipset markasini aniqlash mumkin.
    Chipset markasini va uni ishlab chiqaruvchini bilishning ahamiyati, protsessor markasi va ishlab chiqaruvchisini bilish ahamiyatidan kam emas, chunki kompyuterning funktsional imkoniyatlarini chipset aniqlaydi, protsessordan esa bu funktsiyalar bajarilishi tezligi bog‘liq emas.
    Onalik platasi chipseti protsessor bilan muvofiqlashgan bo‘lishi lozim. Istalgan protsessorga istalgan onalik platasi mos kelavermaydi va aksincha. Bugungi kunda protsessorga nisbatan chipsetdan ko‘p narsa bog‘liq. Shu sababli kompyuter sotib olinayotganda nafaqat uning protsessori qandayligini, balki, birinchi navbatda, onalik platasi chipseti qandayligini aniqlash zarur.
    Onalik platasi chipsetiga bu plata qanday chastotada ishlay olishi birinchi navbatda bog‘liq. Operativ xotirada bo‘lishi mumkin bo‘lgan hajmi va onalik platasiga ulanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha qurilmalar soni ham chipsetga bog‘liq.

    Download 18,15 Kb.




    Download 18,15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5- mavzu Ona plataning chipsetlari bilan tanishish

    Download 18,15 Kb.