protokol turi u foydalanadigan dasturning vazifalari va himoya parametrlari
to'plami sifatida ishlatiladi.
Lokal tarmoqlarni kiruvchi trafik va ruxsatsiz kirishdan himoya qilish uchun
turli xil tarmoqlararo ekranlar qo'llaniladi. Amalga oshirish uslubiga qarab, ular
dasturiy yoki apparat-dasturiy bo'lishi mumkin.
Dasturiy Firewall - bu kompyuterga o'rnatilgan va tarmoqni tashqi
tahdidlardan himoya qiladigan maxsus dastur. Bu xususiy kompyuterlar
uchun, shuningdek, uy yoki kichik ofis kabi kichik lokal tarmoqlar
uchun qulay va arzon yechim hisoblanadi. Ular ofisdan tashqarida
ishlatiladigan korporativ kompyuterlarda ishlatilishi mumkin. Windows
operatsion tizimlarida ham o’zining dasturiy tarmoqlararo ekarani
mavjud. Ushbu amaliy mashg’ulotda Windows Defender Firewall
tarmoqlararo ekran vositasi sozlashni ko’rib chiqiladi.