• Taramni ajratish
  • Ezuvchi vallar
  • Tolalarni bosh barabandan ajratuvchi barabanga o‘tish shartlari




    Download 1,61 Mb.
    bet2/3
    Sana16.11.2023
    Hajmi1,61 Mb.
    #99997
    1   2   3
    Bog'liq
    5-Amaliy mashg\'ulot

    Tolalarni bosh barabandan ajratuvchi barabanga o‘tish shartlari.

    1. Bosh baraban bilan ajratuvchi baraban o‘tishlarining o‘zaro qarama- qarshi joylashganligi va ularning harakat yo‘nalishlari teskariligi.

    2. Bosh baraban sirtida hosil bo‘ladigan markazdan qochma kuchning ajratuvchi baraban sirtidagidan 400-500 marta ko‘pligi.

    3. Ajratuvchi baraban garnitura tishlarining qiyalik burchagi kattaligi tufayli tolalarni ushlab qolish imkoniyatiga egaligi.

    4. Ajratuvchi baraban garniturasi tolalar qatlamini ajratib olish uchun tamomila tozalangan holda kelishi.

    5. Havo bosimi kuchining kattaligi, havo kuchi yunalishining tola ajralishiga ijobiy ta’siri.

    6. Bosh va ajratuvchi barabanlar orasidagi razvodka kichikligi.

    Taramni ajratish
    Ajratuvchi baraban sirtidagi tolali taram quyidagi moslamalar yordamida ajratib olinadi: tebranma taroqli mexanizm, valikli mexanizm, rotatsion mexanizm, pnevmatik moslama, elektrostatik moslama.
    Pilta shakllantirish mexanizmi
    Tarash mashinasining ajratuvchi baraban sirtidagi tolali qatlam
    (taram) ajratuvchi valik, ezuvchi vallar, zichlagich, cho‘zish asbobi yordamida piltaga aylantirilib so’ngra pilta taxlagichda tazga joylanadi.
    TS-03 tarash mashinasida taramni ajratish tizimi takomillashgan bo‘lib, taram ajratuvchi barabandan Webspeed pilta shakllantiruvchi moslamaga avtomatik yo‘naltiriladi. Webspeed taramni bir joyga to‘plab uni o‘lchovchi zichlagichga yo’naltiradi.





    1-ajratuvchi baraban, 2-ajratuvchi valik, 3-Nepcontrol moslamasi, 4-ezuvchi vallar, 5-taramni ko‘tarib turuvchi lotok, 6-pilta shakllantiruvchi Webspeed qurilmasi,
    7-datchik, 8-jipslovchi vallar.



    Nepslar miqdorini aniqlovchi Nepcontrol TC-NCT qurilmasini ajratuvchi baraban zonasida yo’naltiruvchi profil o‘rniga o‘rnatish mumkin.
    Bu moslama nepslar miqdori, xas-cho‘p, iflosliklar va maydalangan chigit bo‘laklarini aniqlab boshqarish tizimiga axborot uzatadi.
    Ezuvchi vallar
    Tolali taram tarkibida tozalanmay qolgan iflosliklar va xas-cho‘plarni ezuvchi vallar katta kuch ta’sirida maydalaydi, ularning tola bilan ilashish kuchi kamaytiriladi. Natijada maydalangan xaslar cho‘zish asbobigacha o‘z og‘irligi bilan tushib ketadi. Ezuvchi vallar diametri 76 mm bo‘lib, qattiq platdan tayyorlanadi va sirti nikel yoki xrom bilan qoplanadi. Ularning aylanishdagi chayqalishi 0,01 mm dan oshmasligi kerak.
    Zichlagich
    Tolali taramdan pilta shakllantirish zichlagichlar yordamida amalga oshiriladi. Zichlagich taralgan tolalarni (taramni) bir joyga (markazga) yig‘adi va harakat yo‘nalishi bo‘ylab zichlashishiga xizmat qiladi. Zichlagichlarning konstruksiyasi turlicha bo‘lib, ularning takomillashgani mahsulot qalinligini o‘lchash va nazorat qilish funksiyalarini ham amalga oshiradi. Eng muqobili ellips shaklidagi uzaytirilgan zichlagichlar hisoblanadi.





    1-pilta, 2-o‘lchovchi zichlagich, 3- o‘lchovchi richag, 4- signal o‘zgartirgich,
    5-datchik.

    Download 1,61 Mb.
    1   2   3




    Download 1,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tolalarni bosh barabandan ajratuvchi barabanga o‘tish shartlari

    Download 1,61 Mb.