NEKSIYa VA ESPERO turidagi avtomobillarning




Download 89,63 Kb.
bet3/4
Sana17.12.2023
Hajmi89,63 Kb.
#121100
1   2   3   4
Bog'liq
5-amaliy mashg’ulot

NEKSIYa VA ESPERO turidagi avtomobillarning ta’minnot tizimiga TXK texnologiyasi
Bu avtomobillarning ta’minnot tizimi karbyuratorli dvigatellarnikidan farq qilib, ularda karbyurator o’rnida injektorlar ishlatiladi. Injektorning vazifasi yonilg’i nasosidan bosim ostida (0.5-0.8MPa) kelayotgan yonilg’ini kerakli miqdorda tsilindrga purkab berishdan iboratdir.
Ta’minnot tizimga diagnoz qo’yilganda yonilg’i nasosi hosil qilayotgan bosim, injektorning texnik holati va yonilg’i filtrining holati nazoratdan o’tkaziladi. Bunda yonilg’i nasosining texnik holati, ya’ni hosil qilayotgan bosimini tekshirish uchun, injektor blokiga kelgan yonilg’i shlangasi echilib, o’rniga monometrli o’lchov asbobi o’rnatiladi va yonilg’i nasosining maxsus "q" klemmasi kuchlanish tarmog’iga ulanadi.
Injektorlarning texnik holati, ularni birin-ketin uzish yo’li bilan aniqlanadi. Uning ishlamayotganligini dvigatelning tirsakli valini aylanishlar sonini o’zgarmasligidan bilish mumkin.
Har 10000 km dan so’ng yonilg’i filtri echib olinib, siqilgan havo bilan ishlashiga qarshi yo’nalishda purkaladi.

Avtomobillarning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari ko’p jihatdan dvigatelning yonilg’i bilan ta’minnlanish tizimidagi mexanizm va uzellarning texnik holatiga bog’liqdir.


Ta’minnlanish tizimini diagnostikalashda, birinchidan ta’minnlash tizimidagi nosozliklarni qaysi mexanizm va uzellarga bog’liqligi aniqlansa, ikkinchidan, uning texnik soz holatini ta’minnlovchi yonilg’i o’tkazgichlarning zichlikligi, yonilg’i va havo filtrlarning holati, yonilg’i nasosini, karbyuratorni, injektorni tekshirish va sozlash ishlari bajariladi. Avtomobillarga rejaviy ogohlantirish tizimi va servis xizmat ko’rsatish usullarida xizmat ko’rsatiladi. Shuning uchun biz avtomobillarga 1-TXK, 2-TXK va SXK davrida ta’minnot tizimi bo’yicha bajariladigan ishlar tarkibi bilan tanishib chiqsak maqsadga muvofiq bo’ladi.
1-TXK da benzinli dvigatellarni ta’minnlash tizimi bo’yicha quyidagi ishlar bajariladi:
1.Ta’minnlash tizimidagi asboblarni ko’zdan kechirish, ularning mahkam biriktirilganligini va qotirilganligini nazorat qilish.
2.Chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidi (SO) miqdorini o’lchash, zarur bo’lsa me’yoriga keltirish. Bu ish gazoanalizator yordamida bajariladi (№13-ATE laboratoriya ishida keltirilgan).



Ushbu shaklda karbyuratorni sozlash nuqtalari keltirilgan: 1-yonilg’i sifatini sozlash vinti:


2-yonilg’i miqdorini sozlash vinti.

2-TXK vaqtida yuqoridagi keltirilgan ishlardan tashqari quyidagilar bajariladi:
3.Karbyuratorning po’kakli kamerasidagi benzin sathini tekshirish, zarur bo’lsa sozlash.



a) K-126B karbyuratori
(ZMZ – 53 dvigateli);
b) K-88A karbyuratori
(ZIL-130 dvigateli);
v) DAAZ karbyuratorlari;
1-po’kak;
2-ignasimon klapan;
3-ko’rish oynagi;
4-shishali trubka;
5-shtutser.

4.Karbyuratorni, tirsakli valning erkin ishlash rejimidagi minimal aylanishlar chastotasiga sozlash.
5.Yonilg’i nasosining ishlashini tekshirish.
6.Karbyurator drosellini boshqarish yuritmasining ishlashini tekshirish va sozlash.

Download 89,63 Kb.
1   2   3   4




Download 89,63 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



NEKSIYa VA ESPERO turidagi avtomobillarning

Download 89,63 Kb.