|
II.BOB. SAVOD O‘RGATISH DARSLARIDA KO‘RGAZMALI VOSITALARDAN FOYDALANISH. BO‘YICHA EKSPERIMENTAL ISH VA BUNDA YUZAGA KELADIGAN MUOMMOLAR
|
bet | 4/5 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 43,06 Kb. | | #103524 |
Bog'liq “SAVOD O‘RGATISH DARSLARIDA KO‘RGAZMALI VOSITALARDAN FOYDALANISH”II.BOB. SAVOD O‘RGATISH DARSLARIDA KO‘RGAZMALI VOSITALARDAN FOYDALANISH. BO‘YICHA EKSPERIMENTAL ISH VA BUNDA YUZAGA KELADIGAN MUOMMOLAR.
2.1. Savod o‘rgatish darslarida ko‘rgazmali vositalardan foydalanish. bo‘yicha eksperimental ish.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishda qo‘yiladigan muhim talablardan biri
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma‘lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta‘lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda bu borada katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.
Ta‘limni isloh qilinishi jarayonining ajralmas, muhim qismi hisoblangan
zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar ta‘lim jarayoniga o‘zlari
bilmagan holda qiziqishi bilan kirishib ketadilar.Tajriba shuni ko‘rsatadiki , zamonaviy interfaol strategiyalar bo‘lgan bilimlarni samarali o‘zlashtiradi.
Chunki bugun sinflarni to‘ldirib o‘tirgan o‘quvchilar sho‘x, beg‘ubor bolalik
gashtini surayotgan, ba‘zan xayolparast bolalardir. Ular orasida hatto 45
daqiqalik dars jarayonining nihoyasini intiqlik bilan kutib, ta‘limga yuzaki qaraydigan o‘quvchilar ham yo‘q emas.
Interfaol metod - ta‘lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidadagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini
faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol
metodlarni qo‘llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol
ta‘limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs – munozaralar o‘tkazish, o‘quv
materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati,o‘quvchilar tashabbus
ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash
uchun topshiriqlar berish va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta‘lim –
tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Hozirda ta‘lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy
yo‘nalishlardan biri interfaol ta‘lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan
iboratdir.
Barcha fan o‘qituvchilari shu jumladan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ham
dars mashg‘ulotlari jarayonida interfaol metodlardan borgan sari keng ko‘lamda
foydalanmoqdalar.
Interfaol metodlarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash,
tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda
himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari
shakllanib, rivojlanib boradi.
Interfaol degani, o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida o‘zaro hamkorlik
tufayli dars samaradorligini oshadi, yangi darsni o‘quvchi mustaqil harakat,
mulohaza, bahs-munozara orqali o‘rganadi, qo‘yilgan maqsadga mustaqil o‘zi
darsda o‘quvchi faol ishtirok etgan holda kichik guruhlarda javob topishga
harakat qiladi,ya‘ni ham fikrlaydi, ham baholaydi, ham yozadi, ham gapiradi,
ham tinglaydi, eng keragi o‘zi faol ishtirok etadi. Interfaol usullarining
negizidagi topshiriq mazmunini anglab yetgan o‘quvchilar ta‘lim jarayoniga
o‘zlari bilmagan holda qiziqish bilan kirishib ketadilar.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan matematik ta‘limning
interfaol strategiyalari ta‘lim jarayonining yengillashuvini, aniqlashuvini, keng
jamoani qamrab olishga m o‘ljallanganligini, o‘qituvchining faqatgina yo‘l yo‘riq ko‘rsatuvchi nazoratchiga aylanishinini, o‘qitishning erkin va majburiyatsizligini hamda eng asosiysi o‘quvchilar uchun o‘ta qiziqarligini va samaradorligini ta‘minlab bera oladi. Vazifamiz taqdim etilayotgan matematikma‘lumotlar tizimini o‘quvchilar ongiga singdirishda imkon qadar oson,qiziqarli, serqirra va shu bilan birga samarali yo‘llarini ishlab chiqarishdan iborat.
Interfaol strategiyalarning qo‘llanilishi majburiy matematika darsi jarayonini
beixtiyor psixologik o‘yin yoki musobaqaga aylantirib, yuqorida tilga olingan
passiv o‘quvchilarni ham bir oz bo‘lsa–da, lekin yuritishga o‘z fikrlarini keng
ommaga izhor etishga, umuman sinfda kechayotgan bahs – munozaralarga befarq
bo‘lmasdan,faol ishtirok etishga undaydi.
An‘anaviy usulda tuzilgan darsga o‘quvchilarning faqat bilim olishiga talab
qo‘yilgan bo‘lsa, matematika ta‘limining yangi modelida bilim bilan birga ta‘lim
samarasini oshirishda tanqidiy, mustaqil fikrlashga o‘rgatish ham yuqori o‘ringa
qo‘yiladi. Bunda dars mobaynida o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidagi
an‘anaviy, majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashiga katta e‘tibor
qaratiladi, buning uchun esa o‘quvchiga tanqidiy, mustaqil fikrlash malakasini
singdirib borish zarur. Bu borada quyidagilarni hisobga olish muhim ahamiyat
kasb etadi:
matematikada o‘qitish jarayoni zamonaviy pedagogik texnologiyalar
yordamida tashkil qilinishini talab etadigan ma‘lum tizimga ega bo‘lgan
yondashuvlar tamoyillari;
uzluksiz matematika ta‘limini tizimiga pedagogik texnologiyalarni samarali
qo‘llash zarurati haqidagi ilg‘or pedagogik g‘oyalari;
o‘qitish jarayonini faollashtirish hamda uzluksiz ta‘limda pedagogik
texnologiyalar nazariyasi;
tanqidiy tafakkurni rivojlantirish nazariyasi;
shaxsning ijobiy rivojlanish nazariyasi;
Umuman olganda,matematika o‘qitishda eng yuqori rivojlantiruvchi samaraga erishish mumkin, agar:
- uzluksiz matematik ta‘lim tizimida o‘qitishning interfaol metodlari
o‘qitilayotganlarning mustaqil, tanqidiy tafakkurini rivojlantirish vositasi
sifatida qo‘llanilsa;
- uzluksiz matematik ta‘lim tizimida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash
jarayonini o‘qitilayotganlar haqiqiy o‘quv imkoniyatlarini iloji boricha aniq
hisobga olgan holda,ularda matematik bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan
mustahkam qiziqishlarni shakllantirish imkoniyatlari ta‘minlasa;
- uzluksiz ta‘lim tizimida matematika o‘qitish jarayoni murakkab aqliy
faoliyat sifatida qaralib, u faqatgina ahdozali darsdagi da‘vat, anglash va
fikrlash bosqichlari to‘g‘ri amalga oshirilgandagina to‘laqon bo‘ladi, deb
qaralsa;
- uzluksiz ta‘lim tizimida amaliy mazmunga ega bo‘lgan matematik
tushunchalarni o‘qitishdan 3 ta asosiy (ta‘limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi)
maqsadlarni amalga oshirish vositasi sifatida foydalanilsa.
Buning uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
1) o‘quvchilarni matematika o‘qitishda pedagogik texnologiyalarning
ta‘limiy – rivojlantiruvchi rolini aniqlash;
2) o‘quvchilarni matematika o‘qitishda interfaol metodlarni tanlash mezonini
va ularni qo‘llash tamoyillarini aniqlash;
3) uzluksiz matematik ta‘lim tizimida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni
qo‘llashda mavjud darslik va o‘quv qo‘llanmalardan foydalanish usullarini
aniqlash;
4) matematika o‘qitish jarayonida interfaol metodlarni qo‘llash bo‘yicha
maktablarga mo‘ljallangan o‘quv – metodik , didaktik tarqatma materiallarni ishlab chiqish.
Bugungi milliy tarbiyashunoslikka “ Interfaol usullari” nomi bilan kirib kelayotgan usullar o‘quvchi o‘qituvchidan ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Qisqa vaqt mobaynida ma‘lum nazariy bilimlarni o‘quvchiga yetkazish, unda ayrim faoliyat yuzasidan ko‘nikma, malaka hasl qilish, ma‘naviy sifatlarni shakllantirish shu bilan birga ularni nazorat qilish, hamda baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat va chaqqonlik talab qiladi.
Interfaol dars jarayoni shunday tashkil etilishi kerakki, bunda sinfdagi barcha o‘quvchilar faollashishi zarur, ya‘ni dars o‘tish jarayonida o‘quv materiallarining ma‘lum bir qismi o‘quvchilar tomonidan mustaqil o‘rganiladi( yakka, juft – juft yoki guruh bo‘lib ), so‘ngra bu material sinfda har tomonlama muhokama etiladi.
Amaliy ishlar ham shu tariqa bajariladi. O‘quv jarayonida o‘quvchilar
o‘qiyotganliklarini, muallim ularga o‘qish va o‘rganishlari uchun yordam
berayotganini anglasinlar. O‘qituvchi – o‘quv jarayonini tashkilotchisi, rahbari,
nazoratchisi hamdir. O‘quvchining sinfda o‘zini erkin his qilishi va o‘quv faoliyati
uni emotsional jihatdan qoniqtirishi lozim, ana shundagina u o‘zining fikrlarini
erkin bayon qila oladi. Bundan tashqari o‘qituvchi o‘quvchining bilimini sinashi,
ko‘nikma va malakalarini aniqlashi, uning shaxsiy fikrini bilishi uchun albatta
to‘g‘ri savol qo‘ya olishi kerak.
O‘quvchilarni faollashtirish uchun dars jarayonida qo‘llaniladigan usullarni
to‘g‘ri tanlash va savollarni aniq tuzish katta samara beradi. Buning uchun darsga,
mavzuga qo‘yiladigan maqsad aniq belgilanib, shu maqsadga erishish yo‘li, usuli
puxta ko‘rib chiqilishi lozim. Demak, o‘qituvchi har bir foydalanadigan interfaol
usulni o‘quvchiga nima berishini oldindan ko‘ra olishi va darsni to‘g‘ri tashkil
qilishi kerak. Bunda quyidagi qoidalarga rioya qilishi darkor:
1 – qoida: Sinfdagi hamma o‘quvchilarning texnologik jarayonga faol
qatnashishlariga erishish kerak. Buning uchun hamma o‘quvchi ishtirok eta
oladigan mavzuni va unga mos metodni tanlash kerak bo‘ladi. O‘yinlar ham shu
asosda tanlanadi, agar rolli o‘yinlar o‘ynalsa, har bir o‘quvchi hamma rolga bo‘lib
chiqishi uchun o‘yin bir necha marta takrorlanadi.
2 – qoida: Interfaol o‘yin texnologiyalardan foydalanish uchun o‘quvchilarni
psixologik tomondan tayyorlash masalasiga e‘tibor berish kerak. Chunki hamma
o‘quvchi ham darsda faol ishtirok etishga, biror rolga kirish va fikrini erkin
bildirishga tayyor bo‘lavermaydi. Uyalash, qisilib – qimtinish, odatda tashqaridan
cho‘chish kabi holatlar yuz berishi mumkin. Buning oldini olish uchun avval
kichik hajmdagi, qisqa vaqtli mashqlardan foydalanish, faolligini rag‘batlantirish
va ixtiyoriylikdan ko‘ra navbat bilan ishtirok etishni joriy qilish kerak bo‘ladi. 39
3 – qoida: Aslida interfaol metodlar kichik guruhlar bilan ishlashda ko‘proq
samara beradi. Shuning uchun ularni 30 kishidan ortiq bo‘lmagan o‘quvchili
sinflarda o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki o‘qitishning sifati
o‘quvchilar soniga teskari proporsional bog‘liq bo‘lishi mumkin. Har bir o‘quvchi
fikrini eshitish, har birini faoliyatga jalb qilish, har bir o‘quvchining harakatlarini
kuzatib borishi uchun sinfda o‘quvchilar juda ko‘p bo‘lmagan ma‘qul. Xonada
o‘quvchi tomonidan kichik guruhlarga bo‘lingandan aylanib yurushi uchun, erkin
harakatlanish uchun yetarli kenglik ham bo‘lishi kerak.
4 – qoida: Sinf xonasini ham alohida tayyorlash kerak. Kichik guruhlar uchun
stol va partalarni birlashtirish, ularni nomerlash va nomlash, atrofda joy almashtirish, ijodiy ishlash uchun yetarli yo‘lkalarni qoldirish kerak. Agar doska
va ,,sahna’‘ da ishlash kerak bo‘lsa, stullar doskaga qaratib yoki yarim qaratib
qo‘yiladi, o‘quvchilarning doskaga orqa o‘girib o‘tirishi noto‘g‘ri hisoblanadi.
O‘yin uchun va metod uchun kerakli hamma jihozlar oldindan o‘qituvchi
tomonidan kerak bo‘lsa, o‘quvchilar ishtirokida tayyorlanadi.
5 – qoida: Metodning mohiyati va o‘yinning qoidalari avval yaxshilab
tushuntirishi va hamma shartlar oldindan aytib kelishib olinishi kerak. Masalan
guruhda ishlansa, guruhning vazifalari, natijalarni e‘lon qilish shakli, har bir ish
turi va ajratiladigan vaqt, baho mezonlari e‘lon qilinadi. Demak, har bir o‘quvchi
o‘zining vazifasini aniq bilgan va uni bajarishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishi
kerak. Yana bir masalaga alohidan e‘tibor berish kerakki, har qanday fikr –
mulohaza, taklifni sabr bilan eshitishi, bir – birini hurmat qilish va bahamjihat
bilan ishlashga ham kelishiladi va o‘rganib boriladi.
6 – qoida: o‘quvchilarga vazifalarni va rollarni taqsimlash, o‘quvchilarni
guruhlarga ajratishi masalaga e‘tibor bilan qarash kerak. Agar faqat o‘quvchilar
ixtiyoriga qo‘yib berilsa, guruhlar tarkibi doimiy bir xil bo‘lib qoladi, o‘yindan esa
faqat dadilroq, faol va qiziquvchan o‘quvchilar ishtirok etadi va uyatchan, passiv
o‘quvchilar chetda qoladi. Guruhda ham ayrim o‘quvchilar doimiy lider bo‘lib,
ba‘zi o‘quvchilarning deyarli ishtiroki sezilmay qoladi. Shuning uchun ham tanlov
tasodifiy bo‘lishi va harakat qilishi kerak. Masalan: guruhlarga orqasi o‘girilgan 40
jetonlarni olib, ularga chizilgan rasm, nomeri, rangi bo‘yicha ajratiladi, roller
konvert ichiga yozilib tanlab olinishi mumkin bo‘ladi. Misol uchun quyidagilar:
,,Adashgan zanjirlar’‘ usuli boshlang‘ich sinflarda biror bir ketma – ketlikni
tiklash uchun qo‘llanadi. Bunda o‘qituvchi biror mavzu, tushuncha, algoritmga oid
ketma – ketlikni alohida – alohida va tartibsiz qo‘yadi. O‘quvchilar tartibsiz
joylashgan so‘zlarga mantiqiy bog‘langan zanjirni tuzishlari kerak. Bu metodni 4-6
kishilik guruhda qo‘llash ham, butun sinf bilan ishlash ham mumkin.Masalan 4-
sinf darsligidan ,,Noma‘lum qo‘shiluvchini toppish’‘ qoidasi: ,,Noma‘lum
qo‘shiluvchini topish uchun yig‘indidan ma‘lum qo‘shiluvchini ayirish kerak’‘,
shunday o‘zgartiriladi: qo‘shiluvchini ayirish topish noma‘lum uchun yig‘indidan
ma‘lum kerak qo‘shiluvchi’‘ So‘zlar alohida qog‘ozlarga yoziladi va ko‘rgazma
taxtasiga betartib joylashtiriladi.O‘quvchilar tartibni tiklaydilar, yoki har bir
guruhga so‘zlar to‘plami beriladi va guruhlar tartibini tiklaydilar.
,,Bahs – munozara’‘ da o‘quvchilar bilan biror muammoni yechish yo‘lini
qidirishda foydalaniladi, masalan: masala yechish, o‘lchash ishlarini bajarish,
yechimning qulay usulini topish va hokazo. Sinfni to‘rtliklarga bo‘lish va
guruhda ishlash mumkin.
“Muammoli savollar” sinfda muammoli vaziyatni yaratish, bir muammoni
mustaqil o‘quvchilar tomonidan yechilishiga erishish uchun qo‘llanadi. Muammoli
savol va topshiriq o‘qituvchi tomonidan aniq aytiladi, doskaga yoziladi,yechimni
juft – juft bo‘lib qidirish taklif qilinadi. Har bir guruh javobi eshitiladi va
umumlashtirib yagona yechimga kelinadi.
Dars vaqtining taqsimlanishi, ishni tashkil qilish qoidalari oldindan o‘quvchilar bilan kelishilgan holda rejalashtirib olinadi va sinf doskasiga yozib qo‘yiladi:
O‘zaro hurmat. O‘ng qo‘l qoidasi. Navbatma – navbat so‘zga chiqish.
Dars jarayonida mustaqil, ijodiy fikrlash. FaollikO‘zgalar fikrini tanqid qilmaslik.
Yangi g‘oyalarni o‘zlashtirish. Barcha sinf o‘quvchilarini dars jarayonida faol ishlashlariga erishish. Mavzu bo‘yicha kichik guruhlar taqdimotini asoslab, dalillab so‘zlashga erishish.
Qiziqarli g‘oyalarni taklif qilish.
Ijodiy yondashish.
Samarali ishlash.
“Kichik guruhlarga bo‘lish metodi” – bu o‘qituvchi tajribasi, mahorati, ijodiy yondashuviga ko‘ra turli xil metodlar asosida qo‘llanishi mumkin. Guruhlarga bo‘lishda sinf o‘quvchilarini ranjitmaslik, kamsitmaslik, ularni estetik did nuqtai nazaridan, kelishmovchiliksiz, guruhlarga bo‘lishga harakat qilinadi. Bu maqsadda turli xil o‘yinlar asosida yoki masalan: rangli qog‘ozdan har xil shaklda, kichkina hajmda, sinf o‘quvchilarning jami sonini hisobga olgan holda, oldindan
tayyorlangan kesma shakl ( doira, uchburchak, to‘rtburchak,beshburchak va
hokazo ) lardan foydalaniladi. Tayyorlab qo‘yilgan rangli shakllar o‘quvchilarga
tarqatiladi ( bu holda har xil o‘quvchi ixtiyoriy ravishda o‘zi xohlagan rangdagi
shaklni tanlab oladi). O‘quvchilar tanlab olgan shakllar yoki ranglar asosida
o‘qituvchi o‘quvchilarni osongina guruhlarga ajratib oladi.
Masalan: Oq rang 1 –guruh, Yashil rang 2 –guruh, Ko‘k rang 3 –guruh, Jigar rang 4- guruh Sariq rang, 5-guruh Qizil rang 6- guruh Sinf xonasidan eng qulay kichik guruh – bu bir partada o‘tirgan o‘quvchilar jufti yoki, ketma-ket 2 ta partadagi o‘quvchilar to‘rtligidir. Ba‘zi muammolarniqilish ayniqsa, shu kichik guruhlar kuchidan foydalanish sinfni alohida va partalarni surib, joylarni o‘zgartirish majburiyatidan o‘qituvchini ozod qiladi. Agar shunday tartibda ishlash o‘rganilsa, sinfni guruhlarga bo‘lish,guruhlarni tuzishga ortiqcha vaqt sarflanmaydi.
Guruhda ishlash uchun taklif qilish mumkin bo‘lgan eng samarali usullaridan biri mavzu yuzasidan savol va javob berishga undash, undan ham samaraliroq usul esa, o‘tilgan mavzuga oid mustaqil savol tuzishga undashdir. Agar guruhlarga mavzu yuzasidan savol tuzish, misol va masala tuzib sinfga taklif qilish vazifasiberilsa, o‘quvchining darsga e‘tibori oshadi, fikri uyg‘onadi, agar savol tuzisb berish va unga to‘g‘ri javobni o‘zlari bilishi ham kerak bo‘lsa,( albatta hamma vaqt emas, ba‘zi muammoli savollarning javobini o‘quvchi bilmasligi mumkin) bolalar darsda e‘tiborliroq bo‘ladi, berilayotgan savollar sifatini tahlil qilishga o‘rganadi.
”Klaster” metodi ham o‘quvchilarga ixtiyoriy mavzular xususida erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Bunda o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil
etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. ,,Klaster’‘ metodi
o‘quvchilarning tushunchalar orasidagi bog‘liqlikni aniqlashga, mavzuga oid
hamma tushunchalarni eslashga o‘rgatadi. ,,Klaster’‘ so‘zi bog‘lam, dasta
ma‘nosini bildiradi. Bu metod orqali biror mavzuga oid o‘quvchilar biladigan
tushunchalarni aniqlashda biror – bir mavzu o‘rganilgandan keyin o‘quvchilar
o‘rganib olgan tushunchalarni aniqlash mumkin. Metodni amalga oshirish uchun
doska o‘rtasiga asosiy so‘z yoki gap yozib qo‘yiladi. O‘quvchilarga shu so‘z bilan
bog‘liq hamma so‘z va so‘z birikmalarini eslab doskaga yozish taklif qilinadi.
Bog‘lamlar ko‘p bo‘lishiga harakat qilinadi, hamma so‘zlar ( oxirgi so‘z
qolmaguncha) yoziladi, xatolarga e‘tibor berilmaydi, hamma o‘quvchiga imkoniyat
beriladi. Ishni misollardan boshlash maqsadga muvofiq. Masalan 3 -sinfda
bo‘lishga oid asosiy misol turlarini yig‘ishni taklib qilaylik. O‘quvchlar barcha
misollarni taklif qilgandan so‘ng, o‘qituvchi o‘z variantini namoyish qiladi va bu
ishlar taqqoslanadi. O‘qituvchi variant:
“Klaster” metodi ,,Vaqt birliklari’‘, ,,Tenglama’‘, ,,Masala turlari’‘ va boshqalarga oid bo‘lishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
II.BOB. SAVOD O‘RGATISH DARSLARIDA KO‘RGAZMALI VOSITALARDAN FOYDALANISH. BO‘YICHA EKSPERIMENTAL ISH VA BUNDA YUZAGA KELADIGAN MUOMMOLAR
|