5-laboratoriya mashg`uloti Doiraviy bosh yoritish faraning tuzilishini tushuntiring




Download 1.42 Mb.
Sana23.05.2023
Hajmi1.42 Mb.
#63638
Bog'liq
6-laboratoriya


5-laboratoriya mashg`uloti
1.Doiraviy bosh yoritish faraning tuzilishini tushuntiring.
2.To`rtburchakli bosh yoritish faraning tuzilishini tushuntiring.
1. Bosh yoritish faralar asosan korpus, optik element va rostlovchi me- xanizmdan tashkil topgan. Optik element tarkibiga nur qaytargich, nur tar- qatgich, to‘g‘ri nurlarni to‘suvchi ekran va bir yoki ikki rejimli yorug‘lik manbai kiradi. Faralarning optik elementi doira yoki to‘g‘ri burchakli shakl-ga ega bo‘lishi mumkin. Avtomobillarda uzoq vaqt davomida doira shakli-dagi faralar o‘rnatilib kelib, ularga ikki farali tizim uchun 178 mm bo‘lgan to‘rt farali tizim uchun esa 146 mm bo‘lgan optik element qo‘llanilgan. MDX da keng tarqalgan Yevropa yorug‘lik taqsimlanish tizimiga ega bo‘lgan doira shaklidagi FG140 belgili faraning tuzilishi 5.8-rasmda keltirilgan. Korpus 5 ning ichki qismidagi qovurg‘alariga optik elementning tayanch halqasi o‘rnatilgan. Tanyach halqaning chekka qismida rostlash murvatlari 3 ning qalpoqchalari kirishi mo‘ljallangan o‘yiqlar ishlangan. Murvatlar korpusga mahkamlangan gaykalarga buraladi va faraning yorug‘lik dastasini gorizontal va vertikal tekisliklarda 4030 burchak doirasida rostlash imkoniyatini beradi. Optik element tayanch halqada ichki gardish 1 yordamida uchta murvat 14 bilan mahkamlanadi. Optik elementni doimo bir xil muayyan o‘rnashishini ta’minlash uchun tayanch halqasi uchta nosimmetrik joylashtirilgan darchaga ega. Metall shishali optik element fokus masofasi 27 mm bo‘lgan paraboloid qaytargich 10, qaytargichga elimlangan tarqatgich 11 va lampa 2 dan iborat. Qaytargich po‘latdan shtampalash yo‘li bilan tayyorlanadi. Qaytargichni korroziyadan asrash uchun avval uni yaxshilab sayqallangan yuziga lak va lak ustidan vakuumda bug‘lash yo‘li bilan yupqa qatlamli (3-5 mkm) alyuminiy qoplanadi. Alyuminiylangan yuzni oksidlanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun u maxsus lak bilan qoplanadi. Alyuminiylangan yuz, unga tushayotgan yorug‘lik nurini 90 % gacha qaytarish xususiyatiga ega. Faraning optik elementining paraboloidsimon qaytargichning cho‘qqi qis- miga yorug‘lik manbai 6 o‘rnatilib, uning uzoqni yoritish tolasi qaytargich fokusiga, yaqinning yoritish tolasi fokusdan oldinroq va yuqoriroqqa joylashtiriladi.

5.8-rasm. ФГ140 belgili avtomobil farasi
fokusiga, yaqinning yoritish tolasi fokusdan oldinroq va yuqoriroqqa joylashtiriladi.
Hozirgi zamon faralarida A12-45+40 turidagi oddiy yoki H4 turdagi galogen lampalar ishlatiladi. Tok lampaga shtekker dasta 7 va korpusdan ushlagich 9 dan o‘tkazilgan simlar orqali uzatiladi.
Fara lampasining cho‘g‘lanish tolalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqqan yorug‘lik nurlar ta’sirida ro‘paradan kelayotgan avtomobil haydovchisining ko‘zini qamashishini kamaytirish maqsadida ushlagich 13 ga parchin mixlar yordamida to‘suvchi ekran 12 o‘rnatilgan. Ekran sfera shaklidagi yupqa metall tasmadan tayyorlanadi.
Optik elementning nur tarqatgichini odatda rangsiz silikat shishadan tayyorlanib, uning ichki yuzi silindrik va sferik linzalar, prizma va prizmalinza shaklidagi nur sindirkich elementlar bilan qoplanadi. O’tgan asrning 90 yillaridan taqsimlagich sifatida polimer materiallar turkumiga taalluqli bo’lgan polikarbonat ishlatila boshlandi. Bu faralarning og’irligini deyarli 1 kg gacha kamaytirish imkonini berdi.
2. 1960 yillardan boshlab avtomobillarda doira shaklidagi faralar bilan birga to‘g‘ri burchakli faralar ham tatbiq topa boshladi. Bu turdagi faralarning konstruksiyasining o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, ularda qaytargich sifatida yorug‘lik teshigining diametri katta bo‘lgan (250 mm gacha) kesik paraboloid ishlatilgan. Bu qaytargichning gorizontal yo‘nalishda ishlaydigan qismlarining yuzini ancha oshishiga va yaqinni yoritish rejimidagi yorug‘lik taqsimlanishini sezilarli darajada yaxshilanishiga olib keladi. Bundan tashqari, to‘g‘ri burchakli faralar vertikal o‘lchamlarining nisbatan kichik bo‘lishi avtomobilning aerodinamik xususiyatlarini yaxshilaydi, yonilg‘i tejamkorligini oshiradi. Shu bilan birga tayyorlash texnologiyasini nisbatan murakkabligi, tannarxi balandligi va o‘rnatilish uchun kattaroq joy talab qilinishi bu turdagi faralarning kamchiligi hisoblanadi.
To‘g‘ri burchakli faralarning tuzilishi 5.9-rasmda ko‘rsatilgan.

5-9-rasm. To’g’ri burchakli faralarning tuzilishi

Plastmassadan tayyorlangan korpus 2 ga gardish vositasida murvatlar bilan tarqatgich 1 mahkamlangan. Qaytargich 3 prujinaning ichki qismiga uchta sharsimon tayanch sharnirlari 10 ga o‘rnatilgan.


Sharsimon sharnir 4 qo‘zg‘almas tayanch vazifasini bajaradi. Qaytargichni gorizontal tekislik bo‘yicha aylantirish, sharnir 7 ni harakatlantiruvchi murvat 6 ni burash hisobiga amalga oshiriladi. Bu holda qaytargich, 4 va 5 sharnirlarning markazidan o‘tadigan vertikal o‘q atrofida buriladi. Qaytargichning eng chekka holati shtrix chiziq bilan ko‘rsatilgan.
Faraning yorug‘lik dastasining qiyaligi ikkita murvat 8 va 9 bilan rostlanadi. Dastlabki rostlash murvat 9 bilan amalga oshiriladi. Bunda qaytargich 4 va 7 sharnirlar markazidan o‘tgan gorizontal o‘q atrofida buriladi. Faraning yorug‘lik dastasini qiyalik burchagiga tuzatish kiritish (masalan, avtomobilning yuklamasi o‘zgarganda), ya’ni yorug‘lik dastasining vertikal tekislikdagi holatini o‘zgartirish murvat 8 yordamida amalga oshiriladi. Ba’zi avtomobillarda murvat 8 haydovchi kabinasidan boshqariladigan yuritma bilan jihozlangan.
Oxirgi vaqtda avtomobillarda to‘g‘ri burchakli faralar asosida tayyorlangan blok-faralar (5.10-rasm) tobora keng tadbiq topmoqda. Blok-faralar bitta korpusda avtomobilning oldingi yorug‘lik asboblarining hammasini yoki asosiy qismini birlashtiradi. Blok-faralarning tarqatgichi umumiy yoki qo‘shma konstruksiyaga ega bo‘lishi mumkin. Blok-faralarni turli avtomobillar uchun unifikasiya qilib bo‘lmasligi asosiy kamchilik deb hisoblanadi. Avtomobilning o‘ng va chap tomonidagi blok-faralarni o‘zaro almashtirilib bo‘lmaydi.
Download 1.42 Mb.




Download 1.42 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-laboratoriya mashg`uloti Doiraviy bosh yoritish faraning tuzilishini tushuntiring

Download 1.42 Mb.