• 4.1.-jadval.
  • Uskunaviy ta’minot asoslari




    Download 30.46 Kb.
    bet2/8
    Sana25.03.2023
    Hajmi30.46 Kb.
    #46649
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    5-ma\'ruza
    xudo xoxlasa tushadi99%, 3-labarotoriya ishi Saralash usul va algoritmlarini tadqiq qilis, cmd buyruqlari, Incremental model nima, 1matematik, word sAM 1 savol, Документ Microsoft Word (4), Ma\'ruzalar (2), ЛАБОРАТОРНАЯ РАБОТА N1, Dasturlash 2, Ariza, Qalandarova Gulshoda, 1648631455, 1650692784, 1651669892 (2)
    4.1. Uskunaviy ta’minot asoslari. Axborot-qidiruv tizimlarini qurishda ko'plab natijalar tizim joylashtiriladigan kompyuterning texnik xususiyatlariga bog'liq. Shu sababli, biz kompyuterning texnik ta’minotini qisqacha ko'rib chiqish bilan boshlaymiz. 2007 yildagi minimal darajadagi tizimlarning ishlashi 4.1-jadvalda keltirilgan.
    4.1.-jadval. 2007 yildagi minimal darajadagi tizimlarning ishlashi. Qattiq disk kallakchasining joriy vaqtdagi joylashuvi yangi holatga o'tish tezligini belgilaydi. Baytni uzatish vaqti - bu diskning kallakchasi to'g'ri holatida bo'lganda, ma'lumotni diskdan tezkor xotiraga o'tkazish tezligidir. Belgilar Ko’rsatgichlar Qiymatlar s O'rtacha joylashish vaqti 5 ms=5x10-3 s b O’rtacha baytni uzatish vaqti Protsessorning sikl tezligi chastotasi 0,02 mks=2x10-8s 109 s -1 P Past darajadagi amallar (masalan, so'zlarni solishtiradi va o’rin almashtiradi) Asosiy xotira sig’imi Disklar sig’imi 0.01 mks=10-8s bir necha gigabayt 1 terabayt yoki undan yuqori. Axborot qidiruv tizimi arxitekturasiga ta'sir ko'rsatuvchi apparat ta’minoti xususiyatlarining ro'yxati quyida keltirilgan. • Asosiy xotiradagi ma'lumotlarga kirish diskdagi ma'lumotlarga kirishga qaraganda ancha tezroq. Xotirada yozilgan baytga kirish uchun bir nechta protsessor sikllari kifoya qiladi (ehtimol 5x10-9s), lekin baytni varaqdan yuklash ancha sekin (taxminan 2x10-8 s). Shuning uchun xotirada imkon qadar ko'proq ma'lumot, ayniqsa tez-tez murojaat qilinadigan(foydalaniladigan) ma'lumotlarni saqlash maqsadga muvofiq. Tez-tez murojaat qilinadigan(foydalaniladigan) ma'lumotlarni asosiy xotirada saqlash usuliga keshlash deyiladi(caching).
    • Diskdagi ma'lumotlarni o'qishda va diskga ma'lumotlarni yozishda ma’lum vaqt mavjud, bu vaqt ichida diskning kallakchasi ma'lumotlar saqlanadigan xotira maydoniga o'tadi. Bu vaqt joylashuvni aniqlash vaqti deb nomlanadi(seek time). Odatiy disklar uchun bu taxminan 5 ms. Disk kallakchasining joylashuvi vaqtida hech qanday ma'lumotlar uzatilmaydi. Shu sababli, birgalikda o'qiladigan ma'lumotlar blokini uzatish tezligini eng yuqori darajada oshirish uchun diskning qo'shni(yonma-yon) maydonlarida saqlash kerak. Masalan, 4.1.-jadvalda keltirilgan kattaliklarni hisobga olgan holda, agar ma'lumotlar bitta yaxlit blokda saqlansa, diskdan 10 Mb ma'lumotni xotiraga yuklash 0,2 soniya ichida bajarilishi mumkin. Shu bilan birga, agar bu ma'lumotlar bir-biriga bog'liq bo'lmagan yuzta bo'laklarga bo’linib ketgan bo'lsa, ularni yuklash uchun 0,2+100x(5x10-3) ms = 0,7 s kerak bo'ladi, chunki disk kallakchasining joylashishi yuz marta amalga oshiriladi. • Operatsion tizimlar odatda ma'lumotlarni butun bloklab o'qiydi va yozadi. Shu shaklda, diskdan bir baytni o'qish butun blokni o'qish bilan bir xil vaqtni talab qilishi mumkin. Blok o'lchamlari odatda 8, 16, 32 va 64 Kbayt. Tezkor xotiraning bloklar yozilgan va ular o'qiladigan qismi bufer deb ataladi (buffer).
    • Diskdan xotira qurilmasiga ma'lumotlarni uzatishni protsessor emas, balki tizim shinasi amalga oshiradi. Bu shuni anglatadiki, diskda kiritish-chiqarish ishlari paytida protsessor ma'lumotlarni qayta ishlashi mumkin. Siqilgan ma'lumotlarni diskda saqlasak, ushbu faktdan ma’lumotlarni uzatishni tezlashtirish uchun foydalanishimiz mumkin. Agar ma'lumotlar samarali algoritm yordamida arxivdan ochilgan bo'lsa, siqilgan ma'lumotlarni o'qish va arxivdan ochish uchun ketadigan umumiy vaqt odatda siqilmagan ma'lumotlarni o'qishga ketadgan vaqtidan kam bo'ladi. • Axborot-qidiruv tizimlarida ishlatiladigan serverlarning operativ xotirasi odatda bir necha gigabayt, ba'zan esa o'nlab gigabaytni tashkil qiladi. Diskdagi mavjud bo'sh joy miqdori odatda bir necha barobar kattaroqdir.

    Download 30.46 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 30.46 Kb.