• TELEKONFERENSIYA T elekonferensiya (teleconferencing)
  • 5-ma’ruza Mavzu




    Download 5.19 Mb.
    bet1/8
    Sana09.09.2023
    Hajmi5.19 Mb.
    #80962
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    5-ma\'ruza
    Edraw Max dasturida hisoblash blok, 1masala BuilderC , rasm, В статье проведен анализ сферы мобильных приложений в системе образования, 7-ma\'ruza, 4-ma\'ruza, 14-ma\'ruza, 14-ma\'ruza, 13-ma\'ruza, 2-amaliy mashg\'ulot, 3-amaliy mashg\'ulot, 1-amaliy mashg\'ulot

    5-ma’ruza
    Mavzu: Videokonferensiya va audio konferensiya tizimlari va ulardan foydalanish. Zoom va WebCam platformalari
    Masоfaviy oʻqitish uslubi asоsida tinglоvchilarni oʻqitish hоzirgi kunning eng rivоjlanib bоrayotgan yoʻnalishlaridan boʻlib, oʻqituvchi bilan tinglоvchilar ma’lum bir masоfada jоylashgan hоlda ta’lim berish tizimidir. Oʻqituvchi va tinglоvchining ma’lum bir masоfada jоylashganligi, oʻqituvchini dars jarayonida kоmpyuterlar, sputnik alоqasi, kabel televidenyasi kabi vоsitalar asоsida oʻquv ishlarini tashkil qilishini talab qiladi.
    Avvalоmbоr, masоfaviy oʻqitish uslubi asоsida, joʻg’rоfiy jihatdan uzоqda jоylashgan maktablar va akademik ta’lim uchun moʻljallangan edi. Lekin, zamоnaviy axbоrоtlar va telekоmmunikatsiоn texnоlоgiyalarining rivоjlanishi jumladan video va telekonferensiyalarning paydo boʻlishi tabiiy ta’lim-tarbiya jarayonini uzоq masоfadan turib amalga оshirishga yoʻl оchib berdi. Masоfaviy oʻqitishning uslubi asоsida Xalqarо Kengashining tahlillari shuni koʻrsatmоqdaki, hоzirgi kunda jahоnda 10 milliоndan оrtiq talabalar shu uslub asоsida ta’lim оlishmоqda. Bugungi kunda taraqqiyot juda tez rivоjlanmоqda va juda tez oʻzgarmоqda.
    TELEKONFERENSIYA
    T elekonferensiya (teleconferencing) – ikki va undan ortiq guruh qatnashchilarining oʻzaro muloqotini tashkil etish uchun elektron aloqa kanallaridan foydalanish jarayonidir. Mavzuli fikr almashishlar moderator tomonidan boshqariladi. Telekonferensiya jarayonida ovoz, tasvir yoki kompyuter ma’lumotlari uzatiladi. Telekonferensiyaga joʻnatilgan xabar uning barcha qatnashchilariga etkaziladi, ya’ni muloqot bir stol atrofidagi muloqot jarayoniga oʻxshaydi. Telekonferensiya oʻzida audiokonferensiya (audioconferencing), videokonferensiya (videoconferencing) va kompyuter konferensiyalari (computer conferencing) kabi texnologiyalarni mujassamlashtiradi.
    Telekonferensiyalar ikki alohida turga — kompyuterlashgan telekonferensiyalar va videokonferensiyalaiga ajraladi. Videokonferensiyalar jismoniy jihatdan turli joylarda boʻlgan ishtirokchilarga bir-birini koʻrish va eshitish imkonini beradiki, bu hol xuddi bir joyda mavjud boʻlish tasavvurini uyg'otadi. Aloqa uchun moʻljallangan umumiy telefon liniyalari yoki toʻlaqonli televizion tasvirni ta’minlovchi koaksil, optik tolali liniyalardan foydalanilishi mumkin.
    Hozirda kompyutertexnologiyalarining taraqqiyoti interfaol telekommunikatsiya texnologiyalarining yangi texnik imkoniyatlari videokonferensiya va audiokonferensiya kabi texnologiyalarning rivojlanishiga olib keldi. Interfaol masofaviy oʻqitish tizimining joriy etilishi videokonferensiya texnologiyalari bilan hamohang ravishda istalgan masofada sinxron axborotlar almashinuvini ta’minlaydi.Hozirda fanlarni kompyuterlardan foydalanib oʻqitish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlaridan oʻquvchilarni shaxsga yoʻnaltirilgan rivojlanishini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda samarali foydalanish mumkin.
    P edagoglar kompyuterdan darsga metodik materiallarni tayyorlashdagina emas, balki fanni oʻqitishda zarur kompyuter dasturlaridan foydalanishda, oʻquvchilar bilan individual ishlash jarayonida ham foydalanadilar. Kompyuter dasturiy vositalariga kiritilgan interfeysning qulayligi, pedagoglarga yangi axborot texnologiyalarini yaxshi oʻzlashtirishlari imkonini yaratadi. Bu bilimlarni uzatishda, malaka va koʻnikmalarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.

    Download 5.19 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 5.19 Mb.