5-Mavzu: Kompyuterlarning dasturiy ta’minoti Reja




Download 371.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana15.03.2024
Hajmi371.15 Kb.
#173138
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-ma\'ruza
ШАХСИЙ РЕЖА KITOBCHA, истиқболли режа З.Бозоров, Informatika 7-sinf. 1-Mavzu axborot tushunchasi va bilish haqid, AXBOROT TUSHUNCHASI VA BILISH HAQIDA, 7-sinf, Ta`lim muassasasi menejmenti Reja, Pedagogik mahorat. Mavlonova, Sinfdan tashqari o‘qish uchun mavzular bo‘yicha badiiy asarlar ro‘yxatini tuzish, TUG’ILISH DAVRI INQIROZI, 6277 403 5112000-Жисмоний маданият узбек 2021, “Bir million dasturchi”, 1-mavzu amaliy hemis, 8742dd91-7cd2-429e-adb3-a15c062acb18, 270dc967-8e4e-40e0-8914-aa118f3de539, kerio-control-userguide
DT turi 
Imkоniyat
Misоl 
Word processing 
Mаtnli hujjаtlаrni yarаtish, tаhrirlаsh vа chоp 
etish
Microsoft Word 
Corel WordPerfect 
Google Docs 
Apple Pages 
Sun Writer
Spreadsheet 
Stаtistik, mоliyaviy, mаntiqiy, mа’lumоtlаr, 
grаfiklаr, shuningdеk vаqt vа sаnа hisоblаrini 
uchun kеng imkоniyatli funktsiyalаrni 
tа’minlаsh. 
Microsoft Excel 
IBM Lotus 1-2-3 
Google Spreadsheet 
Apple Numbers 
Sun Calc 
Financial 
Management 
Kirim vа chiqimni kuzаtishni tа’minlаsh vа 
mоnitоringini vа byudjеt rеjаsi (аyrim 
dаsturlаr хаttо invеstitsiоn pоrtfеllаrni 
bоshqаrish funktsiyalаrigа egа) hisоbоtini 
оlib bоrish uchun mo’ljаllаngаn. 
Intuit Quicken 
Desktop 
publishing 
(DTP) 
SHахsiy kоmpyutеr vа printеrlаrni yuqоri 
sifаtli bоsmа mаhsulоtlаr tyyorlаsh uchun, 
jumlаdаn, mаtnlаr vа grаfiklаr; chоp 
etilаdigаn sаhifаdа bоshqа dаsturlаrdаn bаdiiy 
vа mаtnli fаyllаr o’zаrо bоg’lаnishi mumkin.
Quark XPress 
Microsoft Publisher 
Adobe PageMaker 
Corel Ventura 
Publisher 
Apple Pages 
Kichik nаshriyot tizimlаri "kоmpyutеrli nаshriyot fаоliyati" ахbоrоt tехnоlоgiyasini 
tа’minlаydi, mаtnni fоrmаtlаsh vа tаhrirlаsh, аvtоmаtik rаvishdа bеtlаrgа аjrаtish, хаt bоshlаrini 
yarаtish, rаngli grаfikаni mаtn оrаsigа qo’yish vа hоkаzоlаrni bаjаrаdi.  
Dasturlashtirish tizimlari taqida tushuncha. 
Dasturlashtirish tizimlari nima va ular qanday ishlarni amalga oshirishga yordam beradi 
hamda ular qanday asosiy tarkibiy qismlardan iborat? Yuqorida olgan bilimlaringizdan ijodiy 
ravishda foydalangan xolda ushbu savolga javob topishga xarakat qiling va bunda guruhdagi 
talabalar bilan fikr almashing. 
Dasturlashtirish tizimsining asosiy predmeti - matematik tizim ta’minotining nazariy va 
amaliy usullarini ishlab chiqish va dasturni ekspluatatsiya qilishdir. 
“Dasturlash tizimsi” deganda, dasturlashni avtomatlashtirish va dasturlashni EHMga 
o’tkazishni ta’minlovchi kompleks vositalari tushuniladi. 
Dasturlash tizimlariga standart qo’shimcha dasturlar kutubxonasi, dasturlash tillari va 
translyatorlar hamda dasturni otladka qiluvchi vositalar kiradi. 
Bir qancha dasturlarda yoki bir dasturni bir qancha joylarida aniq amallarni bajarishi uchun 
foydalaniladigan mashinalar tilidagi buyruqlar ketma-ketligi “qism dastur” deb ataladi. 
Har xil dasturlarda qabul qilinadigan qism dasturlar yagona konuniyatlar asosida 
shakllantiriladi va “standart qism dasturlar” deb ataladi. 
kompyuterning xotirlash qurilmalarida saqlanadigan standart qism prgrammalar to’plami 
standart qism dasturlar kutubxonasini tashkil etadi. Bu tipdagi kutubxonalar tarkibiga bir necha 
yuzlab qism dasturlar kiradi. 


Barcha dasturlar, ular tayyorlashning qanday bosqichidaligiga qarab tegishli kutubxonada 
saqlanishi mumkindir. Dasturli modulning har bir tipi o’z kutubxonasiga ega: dastlabki modullar 
kutubxonasi va yuklovchi modullar kutubxonasida dasturli fazoli ko’rinishda operatsion tizim 
o’zining komponentlari va shuningdek foydalanuvchilarning bajarishiga tayyor ish dasturlari 
saqlanadi. Bu kutubxona albatta bo’lishi shart. Chunki har qanday dastur navbatdagi bajarilish 
uchun operativ hotiraga faqat yuklovchi modul kutubxonasidan keladi; qolgan 2 ta kutubxona 
bo’lmasligi ham mumkin. 
Yuqorida kompyuterda foydalaniladigan asosiy dasturlar majmuasi bilan tanishib 
chiqdingiz. Lekin o’z-o’zidan ma’lumki ushbu dasturlar xali kompyuter bilan ishlash uchun 
unchalik etarli emas. U xolda foydalanuvchining ishini engillashtirish maqsadida yana qanday 
turdagi dasturlar ishlatilishi kerak bo’ladi? Bu muammoni xal qilish uchun tashqi qurilmalarga 
xizmat qiluvchi, disklar bilan ishlovchi, ma’lumotlarni ximoyalash uchun mo’ljallanilgan va 
boshqa bir qancha turdagi dasturlar ham bo’lishi mumkinligi xaqida fikrlab ko’ring. 
Kompyuterning ishlashini ta’minlash uchun turli qo’shimcha dasturlar zarur bo’ladi. 
Masalan, kattik disk (vinchester) bilan turli ishlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar zarur. 
Vinchesterni bo’laklarga bo’lish, uning ma’lum bo’laklarini parol bilan ximoyalash uchun Disk 
Manager deb ataluvchi dastur ishlatiladi. 
Diskning xolatini tekshirish uchun esa NDD (Norton disk doctor) dastursi ishlatiladi. Bu 
dastur yordamida disk segmentlari tekshirilib, undagi xatoliklar topiladi va bartaraf etiladi. 
Diskdagi ma’lumotlarni optimizatsiya qilish, ya’ni bir tartib bilan joylashtirib chiqishga 
xizmat qiluvchi SD (Speed Disk) dastursi mavjuddir. Uning yordamida diskdagi ma’lumotlar 
tartibga keltiriladi, bu esa diskdagi ma’lumotlarga murojaat qilishni engillashtirib, kompyuter 
ishini tezlatadi. 
Yuqorida sanab o’tilgan dasturlarni ishlatish qulay bo’lib, dialog darchasida hosil bo’ladigan 
menyu punktlaridan mosini tanlash va ishlatishdan iboratdir. 
Utilitlar guruhlarga birlashtirilib, ularning eng ko’p ishlatiladiganlari Norton Utilities, PC 
Tools Deluxe, Mace Utilities lar bo’lib hisoblanadi. Utilitlarni quyidagi tartibda guruhlarga bo’lib 
chiqish mumkin: 
- Upakovka qiladigan dasturlar maxsus usullarni qo’llagan xolda ma’lumotlarni siqilgan 
xolda joylashtirib, ularning arxiv nusxalarini xosil qilishga yordam beradilar. Masalan, PKZIP, 
PKUNZIP va ARJ dasturlari bularga misol bo’la oladi. 
- Disklardagi ma’lumotlarning rezerv nusxalarini xosil qiladigan dasturlar qattiq diskka 
yozilgan ma’lumotlarni tezlik bilan disketlarga yoki strimmerlarga nusxalash uchun yordam 
beradilar. Masalan, Norton Backup, Fast Back Plus. 
- Antivirus dasturlari, ular xilma-xil turdagi viruslarga qarshi samarali kurashish uchun 
xizmat qiladilaryu 
- Kommunikatsion dasturlar kompyuterlararo ma’lumotlarni almashinish uchun 
ishlatiladilar. Masalan, Brooklin Bridge, DeskLink, LapLink, Fast Link. Telemate, Procomm, 
Dataline dasturlari kompyuterlarning telefon qanallari orqali muloqot qilinishiga yordam bersa, 
WinFax Pro, Bit Fax, Fax It dasturlari telefon ma’lumotlarini faks modem orqali uzatish 
imkoniyatini yaratadilar.
- Kompyuterni diagnostika qilish dasturlari uning konfiguratsiyasini va ishga layoqatliligini 
tekshirishga imkon beradi. Masalan, Cheeck It, ND lags, Control Room, System Sleuth 
dasturlarini shu dasturlar turkumiga kiritish mumkin. Disklarni tekshirish uchun Disk Technician 
Advance, Calibrate dasturlari qo’llanilishi mumkin. 
- Disk uchun mo’ljallanilgan dastur-kesh diskdan ma’lumot o’qishni ancha tezlashtirishga 
imkon beradi, chunki ushbu xolda operativ hotirada diskning tez-tez ishlatilib turadigavn 
bo’laklarini o’z ichiga olgan kesh-bufer xosil qilinadi. Masalan, Smart Drive, NKache, Super PC 
Kwik. 
- Disklarni optimizatsiya qilish dasturlari disklarda saqlanadigan ma’lumotlar xajmini ancha 
oshirishga va ma’lumotlarni tezroq topishga yordam beradi. Masalan, Speed Disk yoki Fast Trax 
dasturlari. 


- Disklarni dinamik siqishtirishga imkon beruvchi dasturlar disklarda saqlanilishi mumkin 
bo’lgan informatsiya xajmini ancha oshirishga yordam beradi. Masalan, Stacker, Double Space, 
Super Stir dasturlari. 
- Avtonom ravishda chop qilish dasturlari (skulerlar) fayllarni chop qilishni boshqa ishlar 
bilan bir vaqtda amalga oshirishga imkon beradi. Masalan, Print Cashe dastursi. 
- Xotirani boshqarish uchun mo’ljallanilgan operativ xotirani yaxshiroq boshqarish uchun 
ishlatiladi. Masalan, Software Carousel va Switch It dasturlari xotiraga bir qancha dasturlarni 
yuklashga va biridan ikkinchisiga osonlik bilan o’tishga yordam beradi.

Download 371.15 Kb.
1   2   3   4   5




Download 371.15 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-Mavzu: Kompyuterlarning dasturiy ta’minoti Reja

Download 371.15 Kb.
Pdf ko'rish