|
5-mavzu. Moodle tizimining interfaol imkoniyatlari Reja
|
bet | 5/8 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #147632 |
Bog'liq 5-mavzu. Moodle tizimining interfaol imkoniyatlari RejaЧат (Chat) – elementi kurs ishtirokchilari o`rtasida o`zaro yozma muloqot qilish imkonini yaratadi. Kursga kirish imkoni bo`lgan foydalanuvchilar chat modulidan ham faol foydalanishlari mumkin. Chat modulini yaratishda chatning ishlash vaqtini ko`rsatish zarur. Chat faol bo`ladigan vaqtlar oldindan belgilanadi. Masalan: bir marta, har kuni belgilangan vaqtda hamda har hafta belgilangan vaqtda. Chat faollashish vaqti hamda undagi xabarlar bilan bog`liq sozlash ishlarini professor-oq`ituvchi chatni yaratish vaqtida belgilaydi. Chat modulidan kurs ishtirokchilari bir-birlari bilan ko`rishishning imkoni bo`lmay qolganda foydalanish tavsiya etiladi. Chat modulidan quyidagi holatlar yuz berganda foydalanish mumkin: turli joyda yashovchi bir kurs ishtirokchilari bir-birlari bilan axborot almashish maqsadida; talaba o`qituvchining yoniga suhbat uchun borishni imkonini topa olmaganda; talabalar erishgan yutuqlarini talabalar va o`qituvchilar bilan muhokama qilish zarur bo`lganda; talabalardan mavzuga tayyorgarlik ko`rish uchun yordam olish maqsadida.
Лекция (Ma’ruza) – o`quv elementi masofaviy ta’lim tizmining asosiy mazmunini yoritib beruvchi elementlardan biri hisoblanadi. Uning yordamida ma’ruza, amaliy mashg`ulot darslarining ma’lumotlari tashkil etiladi. Ma’ruza sahifalar to`plami asosida tashkil etiladi. Odatda, sahifalarning har biri savollar bilan yakunlanib, savollarga berilgan javobga qarab, talabalar keyingi bosqichga o`tishi yoki oldingi bosqichni qayta o`zlashtirishi aniqlanadi. Ma’ruza elementi quyidagi funksiyalarga ega: har bir dars baholanish imkoniga ega bo`lib, olingan natijalar baholar jurnaliga yozilib boriladi; har bir dars tarkibida bir necha sahifalar yaratish imkoni mavjud; o`zlashtirilgan darslarga bajarilganlik haqida belgi qo`yiladi; yangi mavzularni mustaqil o`rganish mumkin; darslarni nazorat qilish uchun turli xildagi test savollaridan foydalanish mumkin.
Внешний инструмент (Tashqi uskuna)– elementi boshqa web-saytlarda joylashgan ta’lim resurslari va faol namunaviy elementlarni kursga bog`lash imkonini yaratadi. Masalan, tashqi uskuna kursga tegishli bo`lgan yangi ma’lumot yoki ilova bo`lishi mumkin. Tashqi uskuna elementi Гиперссылка resursidan quyidagi ko’rsatgichlar bilan farqlanadi:
Tashqi uskuna uzoqda joylashgan resurni o`z resursi kabi namoyon etadi;
Tashqi ilovalarni o`qish, yangilash hamda o`chirish natijasida baholarga ega bo`linadi;
Mazkur tizim bilan tashqi ilova o`rtasida o`zaro aloqa o`rnatilib, ularning birbiriga ishonchli deb topilgandagina bog`lanish paydo bo`ladi.
|
| |