• E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
  • 5-mavzu scorm. TinCan. Masofaviy ta`lim standartlari




    Download 3.89 Mb.
    Sana22.12.2023
    Hajmi3.89 Mb.
    #126959
    Bog'liq
    1-mavzu LMS tizimlari
    Зайцев Мультимедийные технологии, multimediya, selection, Ахборот хавфсизлиги - кўчирма хорижлик ўқитувчи асосийга, pedagogicheskaya-komparativistika-vchera-segodnya-zavtra (1), 16-variant, С ОЙП, 5.1, bulutli texnologiyalar hamda telekommunikatssiya tizimlari va tarmoqlarining ozaro integratsiyalari tahlili (1), Маъруза14, 1-Ma’ruza Biznesda axborot tizimlari asoslari. Reja Axborot ti, 1-Ma’ruza Biznesda axborot tizimlari asoslari. Reja Axborot ti (1), Экспоненциальная устойчивость, Реформирование и модернизация армии, Валерия Лысенко

    Mavzu. LMS. LMS Moodlega kirish


    “Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari” kafedrasi
    O’qituvchi: Choriyorov Nurbek

    LMS tizimlarining rivojlanish tarixi


    Darslik
    Audio va vidiodarsliklar
    Web-saytlar
    Elektron kutubxonalar
    Matnlar va elektron darsliklar
    Masofadan o‘qitishning uslubiy vositalari quyidagilar:
    SCORM paketlari
    SCORM (angl. Sharable Content Object Reference Model -birgalikda foydalanish uchun ob'ekt tarkibidagi namunali model.
    Bu o'quv materiallari orqali bilim oluvchining o'rganilayotgan o'quv kontent ustida bajaradigan xarakatlarini o'qitishni boshqaruvchi tizim (LMS, bizning misolimizda Moodle) ga hisobot ko'rinishda yuborib turadi. Masalan bilim oluvchi kontentda mavjud bo'lgan slayd(bet)larning hammasi bilan tanishgan yoki tanishmaganligi, har bir slayd(bet)ni talaba qancha vaqt davomida o'rganganligini nazorat qilish mumkin. Ushbu standartda (ya'ni SCORM yoki AICC) yaratilgan o'quv kontentni boshqa LMS tizimiga eksport qilish imkoniyati ham mavjud.
    Hozirgi vaqtda mavjud bo'lgan taniqli mualliflik uskunalarining (authoring tools) ko'pchiligi yaratiladigan o'quv kontentni aynan SCORM yoki AICC standarti ko'rinishda eksport qilish imkoniyati mavjud. LMS tizimlari uchun elektron ta'lim resurslarini aynan SCORM, TinCan API yoki AICC standart paketlari asosida yaratish tavsiya etiladi
    TinCan ning protokoli yaqinda ishlab chiqilgan, ushbu tizim xatolarga kamroq sezgir bo'ladi. LearnUpon biz tez-tez katta brauzerlarda va yozuvchilik vositalari bilan SCORM masalalar bilan mijozlarga yordam beradi. Biz TinCan bilan bog'liq juda kam so'rovlarni ko'rib o`tishimiz mumkin. TinCan faqat bizning tajriba mijozlari uchun eng tez ishlashi mumkin.
    TinCan ko'proq ishonchli hisoblanadi.
    Ta’limda erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar tahlili
    So‘nggi yillarda G‘arbda ta’lim tizimini boshqarishda qo‘llanilib kelinayotgan Internet yoki Intranet tarmog‘i orqali elektron shakldagi ta’lim turi e-Learning (elektron ta’lim) atamasi bilan kirib keldi. Elektron ta’lim — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosidagi ta’limning turli ko‘rinishlarini anglatuvchi keng tushunchadir. Elektron ta’limni tashkillashtirishning ko‘pgina manbalari orasidan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools); Virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning Management Systems); Ichki kontentni boshqaruvchi tizimlari CMS (Content Management Systems).
    Elektron ta’limni tashkillashtirishda ishlatiladigan dasturiy ta’minotlar strukturasi
    LMS tizimlarining asosiy funksiyalari
    LMS/LCMS tizimlari elektron ta’limni (masofaviy ta’lim jarayonini) tashkil etishning asosiy funksiyalarini o‘z ichiga oladi. Bunday funksiyalarga o‘quvchilarning (o‘qituvchilarning, kurs yaratuvchi pedagoglarni va boshqalarni) ro‘yxatga olishi, foydalanuvchilarni o‘quv kurslardan chetlashtirish, o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish muhitini yaratish, o‘quvchi va o‘qituvchilarning o‘zaro individual yoki/va guruh bo‘lib, hamkorlikda ishlashini (Web2 elementlarini ishlatish orqali) tashkil etish, guruhlar yaratish va ularni boshqarish, oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish va elektron nazorat turlarini yaratish (elektron nazorat turlariga yopiq turdagi test,
    ochiq turdagi nazorat, moslikni topishga oid, ketma-ketlikni to‘g‘ri joylashtirish, bo‘sh qoldirilgan joyni to‘ldirish va boshqa turlari kiradi), har xil turdagi ijtimoiy so‘rovlar tashkillashtirish, o‘quvchilarning bilim darajasini monitoring qilish, sertifikatlar (diplomlar) berish imkoniyati, elektron axborot resurslarini (elektron kutubxonalar) tashkillashtirish, elektron o‘quv resurslarini eksport/import qilish imkoniyatlari, tizim foydalanuvchilarining (o‘quvchilar, o‘qituvchilar (tyutorlar), kurs yaratuvchi pedagoglarning) tizimga qachon, qancha vaqt davomida o‘quv kontentlar bilan tanishganligi, qaysi IP-manzil orqali kirganligini (bu esa qaysi davlatdan tizimga kirganligini aniqlashga yordam beradi), brauzer va qaysi operatsion tizim orqali kirganligi, tizimda mavjud foydalanuvchilarning faolligini maxsus grafiklar orqali monitoring qilish imkoniyati, o‘qituvchi (tyutor yoki elektron
    kurs yaratuvchi pedagoglar) tomonidan elektron o‘quv-resurslarni yaratishi, Authoring toolslarda SCORM, TinCan yoki boshqa standartlar asosida yaratilgan elektron o‘quv resurslarini yuklashi, o‘quvchilarning boshqa o‘quvchilar/o‘qituvchilar bilan (Chat, Forum, videokonferensiya, umumiy elektron doskalar yoki tizimning ichki/tashqi xabarlar almashish moduli orqali) muloqotini tashkillashtirish, o‘quv jarayonida bo‘ladigan yangiliklarni barcha foydalanuvchilarga ommaviy xabar yuborib turuvchi modullarning mavjudligi, iqtisodiy va marketingga oid operatsiyalarni boshqarish va boshqa imkoniyatlarni sanab o‘tish mumkin.
    Dunyoning nufuzli universitetlari taqdim etayotgan bepul “onlayn” kurslari:
    • Coursera.org – https://www.coursera.org/
    • EdX – https://www.edx.org/
    • Udemy – https://www.udemy.com/ LinguaLeo – http://lingualeo.ru/busuu–http://www.busuu.com/enc/
    • TED – http://www.ted.com
    • https://www.khanacademy.org

    atutor
    Cloraline
    Dokeos
    LAMS
    OLAT dasturiy majmuasining umumiy ko‘rinishi
    Moodle dasturiy majmuasining umumiy ko‘rinishi
    Chamilo dasturiy majmuasi umumiy interfeysining ko‘rinishi
    eFront dasturiy majmuasi umumiy interfeysining ko‘rinishi
    Admin qismidan kirish
    Modulga kiritilgan
    ma`lumotlarni
    tahrirlash

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!


    Download 3.89 Mb.




    Download 3.89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-mavzu scorm. TinCan. Masofaviy ta`lim standartlari

    Download 3.89 Mb.