• Faktoring operatsiyalari
  • 5-variant Banklarning vositachilik va boshqa operatsiyalari




    Download 29.76 Kb.
    bet1/3
    Sana20.12.2022
    Hajmi29.76 Kb.
    #36272
      1   2   3
    Bog'liq
    5-v
    Gimnastika turlari mashqlar, Inomjon diplom, Burg\'ilash mashina va uskunalari, Doc1, Xarajatlarini minimallashtirish-fayllar.org, 26039425, 2 kurs ishi, 2 kurs ishi

    5-variant

    1. Banklarning vositachilik va boshqa operatsiyalari.

    Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari mijozlaming moliyaviy xizmatlarga bolgan ehtiyojlarini qondirish va foyda manbasini oshirish maqsadida qator noa’nanaviy operatsiyalami bajaradi. Bunday operatsiyalar sirasiga faktoring, kredit - ijara (lizing), kontokorrent(overdraft), forfeyting, trastkabi operatsiyalami kiritish mumkin.
    Faktoring operatsiyalarida banklar tovar sotib oluvchining qarz hujjatlarini sotib oladi, unda asosan uchta tomon ishtirok etadi.
    Birinchisi, faktor - vositachi, bankning faktoring operatsiyalarini bajaruvchi bolimi. Odatda, rivojlangan mamlakatlar tajribasida faktoring operatsiyalarini amalga oshirishga ixtisoslashgan faktoring kompaniyalari tashkil etish amaliyoti ham mavjud.
    Ikkinchisi, mijoz (tovar sotuvchi yoki xizmatko'rsatuvchi), faktor - vositachi bilan kontrakt tuzuvchi sanoat yoki savdo firmasi.
    Uchinchisi, tovar sotib oluvchi.
    Mijoz sotilgan tovar yoki ko'rsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim bolgan pul mablag'ini talab qiluvchi hujjatlar asosida “faktor - vositachi” bilan faktoring operatsiyasi bo'yicha shartnoma tuzadi. Faktor - vositachi imzolangan faktoring shartnomasi asosida, malum komission tolov hisobiga mijozga sotilgan tovar yoki ko'rsatilgan xizmatlarga tolovni amalga oshiradi. Soddaroq qilib aytganda, faktor - vositachi mijozdan tovar sotib oluvchiga mablaglami tolash bilan bogliq tolov hujjatlami komission tolov asosida “sotib oladi”.
    Faktor - vositachi mijoz bilan faktoring operatsiyasini imzolayotganda tovar sotib oluvchining moliyaviy holatini oqilona baholashi juda muhim hisoblanadi. Agar sotib oluvchining moliyaviy holati yomonlashib, faktoring operatsiyasi bo'yicha faktor - vositachi tomonidan mijozga tolagan summani tolay olmasa, ushbu zarar faktor - vositachining gardaniga tushadi.
    Iqtisodiyotda faktoring operatsiyalami vujudga kelishining asosiy omillari sifatida quyidagilami talddlash mumkin:
    - sotib oluvchi korxona va tashkilotlar olingan tovar yoki ko'rsatilgan xizmatlarga tolashi lozim bolgan mablaglami o'z vaqtida tolash imkoniyatlarining mavjud emasligi. Bu qator ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar tufayli vujudga keladi;
    - tovar sotuvchi yoki xizmat ko'rsatuvchi mijozning ishlab chiqarish jarayonini doimiy ravishda davom ettirib turishi uchun moliyaviy mablaglarga bolgan ehtiyojini ta’minlashning zarurligi;
    - banklaming moliyaviy mablaglardan samarali foydalanish hisobiga qo'shimcha foydani shakllantirishga bolgan ehtiyojining mayjudligi.
    Iqtisodiy nuqtai nazardan, kredit - ijara (lizing)murakkab savdo - moliya - kredit operatsiyalarining bir shakli hisoblanadi. Kredit - ijaraning asosiy xususiyatlari sifatida lizing muddati davomida ijaraga berilgan vositalarga nisbatan egalik huquqini saqlab qolishdir. Uning asosiy shakllaridan biri mashina va jihozlami ijaraga berish, asosiy usullaridan biri investitsiyalami moliyalashtirish va ta’minotni faollashtirish hisoblanadi.
    Kredit - ijara (lizing) operatsiyasida odatda uch tomon ishtirok etadi:
    > ishlab chiqaruvchi (tovar sotuvchi), bolajak lizing beruvchiga tegishli mashina va jihozlami sotuvchi yuridik shaxs;
    > lizing beruvchi, tovar sotuvchidan mashina va jihozlami sotib oluvchi, mulkning egasi sifatida lizing shartnomasiga asosan malum muddatga va tolov evaziga mashina va jihozlami lizing oluvchiga beruvchi. Odatda, lizing beruvchi sifatida etarli darajada moliyaviy mablag'ga ega bolgan banklar, ixtisoslashgan lizing kompaniyalari, korxonalar maydonga chiqadi;
    > lizing oluvchi, lizing shartnomasiga malum muddat va tolovga asosan mashina va jihozlami oluvchi shaxs.
    Banklaming noa’anaviy operatsiyalaridan birikontokorrent operatsiyalarhisoblanadi. Kontokorrent(overdarft) operatsiyalarda mijozlaming banklardagi talabqilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaribo'yicha malum miqdorda debet qoldiq (overdraft) qolishigaruxsat beriladi. Albatta, bu iqtisodiy jarayon bank va mijozo'rtasida tegishli shartnoma asosida rasmiylashtiriladi,kontokorrent shartnomasiga binoan mijozning talab qilibolinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaridam ablaglar mayjud bolmagan holda, unga tolovlamiamalga oshirish uchun tegishli summani debet qoldig'ihisobidan o'tkazilishiga yol qo'yiladi.
    Kontokorrent(overdraft) operatsiyalarida mijozningtalab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragl-ning aktiv qismida qolgan qoldiq asosida bank hisobigategishli foiz hisoblanadi. Mijoz tomonidan sotilgan tovarlarva ko'rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan mablaglaruning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozithisobvaragl tushishi orqali debet qoldiq (overdraft)summasi yopiladi.

    Forfeyting operatsiyalari asosan yirik banklar vakompaniyalar o‘rtasida uzoq muddatga, juda kattamiqdordagi moliyaviy mablaglami tolashda qollaniladiganoperatsiyalar hisoblanadi. Forfeyting operatsiyasida, faktoring operatsiyasidagikabi uch tomon ishtirok etadi. Birinchisi, mol etkazibberuvchi, ikkinchisi, mol sotib oluvchi va uchinchisi,vositachi - bank yoki moliyaviy muassasa. Forfeyting operatsiyalarining faktoring operatsiyalari-dan asosiy farqi sifatida ushbu operatsiyalar uzoqmuddatga (6 oydan 5 - 6 yilgacha) va yirik summalargatuzilishini talddlash mumkin. Forfeyting iqtisodiy termeni odatda majburiyatni sotibolish ma’nosida qollaniladi, uni so'ndirish tovar vaxizmatlami sotib olish jarayonida kelgusida yuz beradi. “aforfait” so‘zi frantsuzchadan vujudga kelgan bolib,“huquqdan voz kechish” ma’nosini anglatadi. Forfeytingdapul mablag'ini olishga talabgor bolgan sotuvchiotkaziladigan veksel inodassamentiga81 “tolovni qaytarishshartisiz” so'zini qayd etish orqali tolov regressidan82 o'zinihimoya qiladi. Forfeyting vekslini sotuvchi asosan yirikeksporterlar hisoblanib, ular vekselni tolov hujjati sifatidaaktseptlab sotilgan tovar yoki ko'rsatilgan xizmatlamingsummasini diskont asosida zudlik bilan tolash hisobigabarcha risk va majburiyatlar bilan birgalikda forfetterga(ya’ni vekseldagi summani tolab beruvchi va o'zida qaydetib boruvchi bankka) o'tkazadi.
    Agar importer birinchi darajali tolov qobiliyatiga vayuqori moliyaviy mavqiega ega bolmasa, har qandayforfetterlangan qarz summa aval83 shaklida kafolatlanganyoki chaqirib olinmaydigan bank kafolatiga ega bolishilozim. Vekselni forfeterlash paytida undagi summa forfetkrediti berilayotgan toliq muddatga diskont asosidaforfetter tomonidan avans tarzida ushlab qolinadi. Eksporter forfet krediti bo'yicha hech qanday majburiyatnio'ziga olmaydi, faqatgina u jo'natayotgan tovarlar vakoVsatilayotgan xizmatlarning sifati va tuzilayotganhujjatlaming qonuniyligi hamda haqoniyligini ta’minlashgamas’ul hisoblanadi.Forfeyting operatsiyalariga misol sifatida AQShningBoing samolyotini ishlab chiqaradigan kompaniya bilanyirik avikompaniyalar o'rtasidagi o'zaro oldi - sotdilamikeltirish mumkin. Chunki, boeng samolyotlarining bahosijuda yuqori bolishi aviakompaniyalarga ushbumablaglami birdan tolash imkoniyatini bermaydi, biroq o'znavbatida ishlab chiqarilgan samolyot uchun tegishlitolovni ololmagan samolyotsozlik kompaniyasida ishlabchiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashdamuammolar vujudga keladi.




    1. Download 29.76 Kb.
      1   2   3




    Download 29.76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-variant Banklarning vositachilik va boshqa operatsiyalari

    Download 29.76 Kb.