Umumiy dasturiy mahsulotlar,dasturiy maxsulot,uning mo’ljallanishi,qo’llanish doirasi




Download 30.3 Kb.
bet3/4
Sana19.02.2023
Hajmi30.3 Kb.
#42795
1   2   3   4
Bog'liq
51. Dasturda yuz beradigan xatoliklar. Sintaktik xatolar
approk, Fotometrik usulda nodir metallar aniqlash, Estetik tarbiya, k1323, 12121212, 11-sinf ona tili Umarova, “Ochiq kodli operatsion tizim xavfsizligi” fanidan “Axborot xavf, 22-мектеп Нашебентлик протокол, 2. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari, 4 -а синф 77, O‘quvchilarga “Yog‘och tuzilishi va turlari” mavzusini o‘qitish metodikasi, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-fayllar.org, Oʻquvchilarga duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar ularni ishga tayyorlash” mavzusini oʻqitish metodikasi. , 1. Arra va uning turlari haqida ma’lumot. Arralash va arralardan-fayllar.org
59. Umumiy dasturiy mahsulotlar,dasturiy maxsulot,uning mo’ljallanishi,qo’llanish doirasi

Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirishning asosi hisoblangan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim sharti sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Hayotimizning har jabhasida faol qo‘llanilayotgan axborot almashinuv texnologiyalaridan samarali foydalanish ulardagi dasturiy ta’minotlarning o‘ziga xosligi, ommabopligi va innovatsion yangiligiga bog‘liq. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “EHM dasturlari va ma’lumotlar bazasini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Bugun yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kirib bormagan sohaning o‘zi yo‘q. Bu esa, o‘z navbatida, softver sanoatining izchil rivojlanishiga keng yo‘l ochmoqda. Xususan, hozirgi kunda mamlakatimizda dasturiy mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish va joriy qilish bilan shug‘ullanuvchi 260 dan ziyod tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritmoqda.
Mamlakatimizda dasturiy ta’minot sanoatini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar, sohaga daxldor mustahkam qonunchilik bazasini yaratishga e’tibor qaratilmoqda. Hozirgacha 10 dan ziyod qonun, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qator farmon hamda qarorlari qabul qilindi. Dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida muntazam chora-tadbirlar amalga oshirilayotir.Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 20 sentyabrida imzolangan “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu yo‘ldagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.
Ma’lumki, dasturiy ta’minot yaratuvchilarining asosiy daromadi xodimlarga ish haqi to‘lash, zarur moddiy-texnik bazani muntazam mustahkamlab borishga sarflanadi. Shu ma’noda, qarorga binoan Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiquvchilar 2017 yilning 1 yanvariga qadar muddatda barcha turdagi soliqlar hamda majburiy ajratmalar to‘lashdan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologiya hujjatlari, dasturiy ta’minot vositalariga boj to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilingani, ayniqsa, e’tiborlidir. Mazkur mablag‘lar dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining xodimlarini rag‘batlantirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga yo‘naltiriladi.

Download 30.3 Kb.
1   2   3   4




Download 30.3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumiy dasturiy mahsulotlar,dasturiy maxsulot,uning mo’ljallanishi,qo’llanish doirasi

Download 30.3 Kb.