Ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish istiqbollari




Download 1.42 Mb.
bet14/26
Sana08.05.2023
Hajmi1.42 Mb.
#57471
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
VILOYAT TA
maruza-3 DT.Windows OT(1), Reja Kirish. Flotatsiya jarayoni haqida tushuncha-fayllar.org

3.2.Ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish istiqbollari.

Hozirgi kunda xalq ta’limi tizimida ERP tizimlari va kundalik.com platformalaridan foydalanilib kelinmoqda mazkur platformadan. Mazkur platformalar ta’lim jarayonlarni raqamlashtirishni dastlabgi omili sifatida foydalanib kelinmoqda. Kundalik.com platformasi 2020-2022-o‘quv yilida viloyatimizdagi 322 ta ta’lim muassasalarida foydalanilgan bo‘lib


2022-2023-o‘quv yilidan barcha ta’lim muassasalari qamrab olinadi. Quyida ERP va kundalik.com platformalari to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
ERP so'z qisqartmasi inglizcha Enterprise Resource Planning System so'zlarining bosh harfidan olingan bo'lib, "korxona resurslarini rejalashtirish tizimi" degan ma'noni bildiradi. Deylik bir korxona qandaydir mahsulot ishlab chiqaradi. Ushbu mahsulotni ishlab chiqarishda korxona ichidagi bir qancha bo'limlar, sexlar va boshqa korxonani tashkil etivchi qismlarini ishtirokini talab qiladi. Ya'ni korxona bo'limlarining funksiyalari va boshqa imkoniyatlarini qandaydir kompyuter tizimida shakllantirish zarurati tug‘iladi. Aynan shu tizim orqali korxonadagi haqiqiy vaziyatni kuzatish va boshqarish mumkin. Masalan, omborxonada qandaydir xom-ashyoda kam miqdorda qolgan, va agar yana xuddi shunday xom-ashyo keltirilmasa, korxona ma'lum muddatdan so'ng ishlashdan, mahsulot ishlab chiqarishdan to'xtab qoladi. Bu esa korxona uchun juda katta moddiy ziyon keltirib chiqarishi mumkin. Aynan shunday holatlarda ERP tizimlar yordamga keladi. Ushbu tizimga korxonaning har bitta bo'limi ulanadi va bu tizim yordamida korxona bo'limlari o'rtasida doimiy ma'lumot almashinuvi jarayoni sodir bo'ladi.


Ushbu holatda korxonaning xom-ashyolarni yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi bo'limi omborda xom-ashyodan qancha qolganligini aniqlaydi. Keyin u korxonadagi mahsulot ishlab chiqarish bo'limi yordamida (ularni mahsulot ishlab chiqarish tezligini bilgan holda), omborda qolgan xom-ashyo qancha muddatga yetishini hisoblashadi va ishlab chiqarish bo'limi ma'lum vaqt to'xtovsiz ishlashi uchun(yoki korxonaga tushgan buyurtmalarni bajarish uchun) yana qancha xom-ashyo kerak bo'lishi hisoblab chiqishadi. So'ng ular xom-ashyo yetkazib beruvchi boshqa korxonalar bilan bog‘lanib kerakli xom-ashyolarni buyurtma berishadi.
Ko'p hollarda ERP tizimlarni ma'lum bir vazifani bajaruvchi boshqa dasturiy ta'minot vositalari bilan almashtirib qo'yishadi. Masalan, ERP tizimlarni CRM (Customer Relationship Management) tizimi bilan yoki ERP tizimlarni buxgalteriya va soliq dasturlari bilan bir xil dastur deb hisoblashadi. ERP tizimlarning asosiy boshqa tizimlardan asosiy farqi, ERP tizimlar korxona resurslarini biron-bir qismini emas, balki uning barchasini boshqarish uchun mo'ljallangan. Ya'ni quyidagicha sanab chiqish mumkin:

  • korxonaning barcha bo'limlari vazifalari va ma'lumotlar bazalarini integratsiya qiladi, birlashtiradi;

  • korxonani yaxlit axborot-dasturiy tizimga birlashtiradi;

  • korxonadagi har qanday muammolarni hal qilishga yordam beradi.

ERP tizimlari korxona uchun muqobil yechim bo'lib, bunda korxona masshtabi, unda filiallar bor-yo'qligi va ularni bir-biridan qanchalik uzoqda joylashgani muammo tug‘dirmaydi:

  • korxona ichida bo'limlari o'rtasidagi hujjatlar almashinuvini tezlashtiradi;

  • axborot va ma'lumotlarni tezkorlik bilan ko'rish imkonini beradi;

  • boshqa joyda ishlovchi bo'limlar, filiallar va xodimlarni samarador boshqarish uchun xizmat qiladi.


Korxona rahbari korxona faoliyati bo'yicha moliyaviy ma'lumotlarni ko'rmoqchi bo'lsa, u korxona bo'limlari tayyorlagan ko'plab hisobotlarni olishi, o'rganishi mumkin. Chunki korxonadagi har bitta bo'lim o'z hisobotini yuritadi va bu bilan ular umumiy faoliyatga ma'lum bir miqdorda o'z hissalarini qo'shishadi. Demak, korxonadagi aynan biron bo'lim qanchalik samarador ishlayotgani, u foyda keltiryaptimi yoki ziyonga ishlayaptimi aniqlash ERP tizimlari orqali juda oson va aniq kechadi. Chunki korxonada ma'lumotlar bazasi yagona bo'lib, biron-bir bo'lim yoki xodim undagi ma'lumotlarni o'zboshimchalik bilan deyarli o'zgartira olmaydi.
ERP tizimlarida hamma vazifalarni xodimlar bilan birlashtirish imkoniyati mavjud bo'lib, ular yordamida xodimlarni tanlab olish, ularni qayta tayyorlash, ularni kelajakdagi professional rivojlanishlarini belgilab qo'yish mumkin. Bundan tashqari, ERP tizimlar orqali har bitta xodim ish faoliyatini samaradorligini hisoblash (aniqlash) mumkin.
ERP tizimlarni korxonalarga tadbiq etish korxona faoliyat olib boradigan sohaga bog‘liq. Kichikroq, "oddiy" korxona yangi faoliyatini boshlagandan darrov u korxonada ERP tizimni joriy etish shart emas. Korxona faoliyati kattalashib borgani sari, yuqorida keltirilgan vazifalar, jarayonlar ko'payib boradi. Va bunda korxona ichidagi bo'limlar (kadrlar, buxgalteriya va boshqalar)da o'zlarini ichki ma'lumotlar bazasi paydo bo'lishi va ular kattalashishi boshlanadi. Korxona bo'limlari o'rtasidagi axborotlar almashinuvini qiyinlashtiradi va sekinlashtiradi. Va yordamga ERP tizimlar keladi. ERP tizim korxona yoki kompaniya ichida yagona, yaxlit ma'lumotlar bazasini shakllantiradi. ish jarayoni optimallash, samaradorlikni aniqlash va uni yaxshilash uchun xizmat qiladi.


Download 1.42 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Download 1.42 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish istiqbollari

Download 1.42 Mb.