6 – laboratoriya ishi taqsimlovchi tarmoqda kuchlanish og‘ishini tadqiq qilish




Download 208.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana20.01.2023
Hajmi208.54 Kb.
#38728
  1   2
Bog'liq
6 – laboratoriya ishi taqsimlovchi tarmoqda kuchlanish og‘ishini
18-23, 3.Kamolov N. K 4, Y.U .Soatov Oliy Matematika 3 qism. Rasulova va boshqalar Extimollar nazariyasi va matematik statistika . A.Abdurazzoqov va boshqalar Oliy matematika, Elektr o’zatish kabel liniyasini ishlatish va montaji Reja, 3АБваРНА маруза, Адаптивные системы управления, ЭЛЕКТРОЭНЕРГЕТИК, 1, Sultonaliyev Xumoyinmirzo (sket) (2), Elektr energetikasi, transformatorlarni tamirlash, elektr mashinalarni saqlash, 2-sinf ingliz tili ish reja YANGI, Axunov


6 – LABORATORIYA ISHI 
TAQSIMLOVCHI TARMOQDA KUCHLANISH OG‘ISHINI TADQIQ 
QILISH. 
Ishdan maqsad: tarmoq elementlarida kuchlanish isrofini aniqlash va 
ta’minlovchi transformator shinasida ruxsat etilgan kuchlanish og‘ish diapazonini 
hisoblashda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish. 
6.1. Qisqacha nazariy ma’lumot 
Elektr tarmog‘ida o‘rnatilgan kuchlanish og‘ishi uzoq muddatli ravon 
kuchlanish o‘zgarishi deb nomlanadi. Ishchi kuchlanishni darajasi elektr energiya 
iste’molchilarining texnik–iqtisodiy ko‘rsatgichlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Kuchlanish og‘ishi uchun ikki turdagi normallangan qiymati o‘rnatilgan: normal 
ruxsat etilgan (±5%) va oxirgi ruxsat etilgan (±10%). 
Bu ko‘rsatgichlar shuni ko‘rsatadiki, elektr energiya har bir sutkaning 95 % 
davomida normal ruxsat etilgan og‘ishdan ko‘p bo‘lmagan holda uzatiladi (22 soat 
28 minut). Qolgan 5% (1 soat 12 minut) davomida og‘ish ±5% dan oshishi, lekin 
±10% dan oshmasligi kerak. 
Elektr ta’minoti shartnomasi elektr energiyani sotuvchi (energiya ta’minlovchi 
birlashma) va sotib oluvchi (abonent, iste’molchi) o‘rtasidagi munosabatlarni 
o‘rnatadi. SHartnoma elektr energiya nuqtasi uchun (hisoblash asboblari 
o‘rnatiladigan nuqta) elektr energiyaning sifat ko‘rsatgichlari talablarini hisobga 
oladi. Elektr energiyani qabul qiluvchi abonentlar chiqishlarigacha bo‘lgan ushbu 
nuqta orqali bir necha iste’molchilar joylashgan bo‘lib, undan turli masofada 
ta’minot oladi. 
SHuni ta’kidlaymizki, GOST asosan, 0,4 kV kuchlanishli tarmoqlardagi elektr 
iste’molchilar chiqishlaridagi kuchlanish og‘ishini me’yorlarini o‘rnatadi. 
SHuning uchun standartga mos ravishda tarmoq nuqtasining yuqori bo‘lgan 
kuchlanishida hisobga olish nuqtasi zaruriy kuchlanish og‘ishini hisoblash, ushbu 
iste’molchilarning chiqishlaridagi kuchlanish og‘ishini me’yorlashtirishni 
ta’minlash zaruriyligidan kelib chiqadi. 
Iste’molchi va hisoblash nuqtasi orasida joylashgan tarmoq turli elektrik 
xarakteristikalarga ega bo‘lishi mumkin, shuning uchun 0.4 kV tarmoq va undan 
yuqori bo‘lgan kuchlanishli tarmoq uchun standartda o‘rnatilgan kattaliklarning 
farqi bo‘lganda, bunga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Aniq bir vaqt uchun bitta liniya va 
yuklamadan tashkil topgan tarmoqning biror nuqtasi uchun kuchlanishni hiqiqiy 
og‘ishini hisoblash unchalik qiyin emas. 
SHunday bo‘lsada, amaliy hisoblashlarni bajarishda u quyidagilarga bog‘liq 
bo‘lgan ma’lum qiyinchiliklarni keltirishi mumkin: 
– murakkab ko‘rinishga ega tarmoq va abonentning ichki tarmog‘iga qabul 
qilgichlarni xilma–xil nuqtalari ulanishi, ularning kuchlanish isrofi turlicha. 


– liniyada hisob nuqtasi va elektr qabul qilgichlarni ulanish nuqtalari orasida 
kuchlanishni rostlash qurilmasini mavjudligi. 0,4 kVli taqsimlovchi transformatorlar 
(RT) beshta rostlovchi shaxobchadan (0±2,5% va ±5%) iborat. Ushbu 
transformatorlar uzoq vaqt intervali davomida o‘zgarmas shaxobchada ishlaydi va 
ishchi shaxobchani o‘zgartirish uchun ularni tarmoqdan uzish kerak. Agar 
iste’molchiga tegishli bo‘lgan hisob nuqtasi transformatorning 35–220 kV tomonida 
joylashgan bo‘lsa, u holda 10 kV li shinada kuchlanishni rostlash uni o‘chirishsiz 
amalga oshiriladi. Bunaqa rostlash yuklama ostida rostlash (RPN) deb nomlanadi. 
110 kV kuchlanishli transformator uchun diapazon ± 16% tashkil etadi.
– yuklamani sutkali o‘zgarishi, bu elektr energiyani hisob nuqtasi va 
iste’molchilarni ulanish nuqtasi orasida kuchlanish isrofini keltirib chiqadi. Buning 
natijasida kuchlanish og‘ishining umumiy diapazoni hisob nuqtasi uchun to‘liq 
bo‘lmaydi. Bu esa sutkaning turli davri uchun kuchlanish og‘ishining diapazonini 
aniqlash talab etadi. 
Kuchlanish og‘ishining ruxsat etilgan chegaraviy diapazoni sifatida 
quyidagilarni qabul qilamiz: yuklama eng katta bo‘lgan rejimda V
b1
(quyi) va V
b2
(yuqori), yuklama eng kichik bo‘lgan rejimda V
m1
(quyi) va V
m2
(yuqori) 
belgilaymiz. 
Keyin esa hisoblash uchun metod ishlatamiz, unga muvofiq avvalo tarmoqning 
tugunlaridagi ma’lum yuklamalari asosida kuchlanish isroflari hisoblanadi, keyin 
esa olingan natijalar asosida talabga muvofiq hisoblash nuqtasida kuchlanish 
og‘ishini darajasini aniqlaymiz. 
Taqsimlovchi tarmoq misolida kuchlanish og‘ishining ruxsat etilgan diapazonini 
hisoblash metodini ko‘rib chiqamiz, uning sxemasi 6.1–rasmda keltirilgan. 
6.1–rasmdagi sxema uchun yuklama minimal rejimda va ushbu rejimda 
kuchlanish isrofi tarmoq maksimal yuklamasidan 30% tashkil etadi. 
6.1–rasm. 10/0,4 kV li taqsimlovchi tarmoq sxemasi 
Taqsimlovchi tarmoqning kuchlanish og‘ishini ruxsat etilgan diapazonini 
hisoblashning ketma–ketligi. 
1. YUklama eng katta bo‘lgan rejimda asosiy pasaytiruvchi transformatorning 
10 kVli shinasidan har bir RT ning 0,4 kVli shinasigacha kuchlanish isrofi quyidagi 
formuladan aniqlanadi 


(7.1) 
2. Hisobiy nuqtada kuchlanishning maksimal darajasi hisoblanadi, ya’ni hisobiy 
nuqtada kuchlanish og‘ishining isrofi eng kichik bo‘ladigandagi talab aniqlanadi. 
Hisobiy nuqtada kuchlanishning og‘ishi +5% dan oshirmasa, agarda hisobiy nuqtada 
u quyidagidan katta bo‘lmaydi 
(7.2) 
3. YUklama eng katta bo‘lgan rejimda RT1–RT5 ning 0,4 kV li shinasida 
kuchlanish og‘ishi quyidagi formuladan aniqlanadi 
(7.3) 
4. YUklama eng katta bo‘lgan rejimda hisobiy nuqta uchun kuchlanish 
og‘ishining quyi chegarasi aniqlanadi, u ushbu rejimda 0,4 kV li tarmoqning eng 
uzoqdagi nuqtasining kuchlanish darajasi uchun talab aniqlanadi. Ushbu nuqtalar 
uchun kuchlanishning og‘ishi daraja bo‘yicha aniqlanadi 
(7.4) 
minimal bo‘ladigan tarmoq kuchlanish og‘ishini ruxsat etilgan 
diapazonining quyi chegarasini topishning aniqlovchisi hisoblanadi, u quyidagi 
formula orqali hisoblanadi 
(7.5) 
5. YUklama eng kichik bo‘lgan rejimda hisobiy nuqtadan RT1–RT5 ning 0,4 kV 
li shinasigacha oraliqda kuchlanish isrofi maksimal rejimning isrofidan 30 % gacha 
kamayadi, u quyidagi formuladan aniqlanadi 
(7.6) 
ning minimal qiymati kuchlanishning eng yuqori darajasini ko‘rsatadi, 
shuning uchun aynan ushbu qiymat yuklama eng kichik bo‘lgan rejimda ruxsat 
etilgan kuchlanish og‘ishining yuqori chegarasini aniqlaydi, u quyidagi formuladan 
aniqlanadi 
(7.7) 
6. YUklama eng kichik bo‘lgan rejimda RT1–RT5 ning 0,4 kV li shinasida 
kuchlanish og‘ishining qiymati quyidagi formula orqali hisoblanadi 
(7.8) 
РТk
k
i
i
k
U
U
U

+

=


=1
'
'
min
1
2
5


+
=
k
б
U
V
'
1
2
'
U
V
V
б
k


=

ck
k
ky
U
U
U


=
'
'


'
ky
U

'
min
1
2
1
5

+

=
k
б
б
U
V
V

'
''
3
,
0
k
k
U
U

=

''
k
U

''
min
2
5



=
k
м
U
V
''
2
''
k
м
k
U
V
U


=



6.1–rasm. Ruxsat etilgan kuchlanish og‘ishi grafigining umumiy ko‘rinishi 

Download 208.54 Kb.
  1   2




Download 208.54 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6 – laboratoriya ishi taqsimlovchi tarmoqda kuchlanish og‘ishini tadqiq qilish

Download 208.54 Kb.
Pdf ko'rish