Mavzu: O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektromagnitlari haqida tushunchalar




Download 31,73 Kb.
bet1/6
Sana03.12.2023
Hajmi31,73 Kb.
#110440
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektromagnitlari haqida tu-fayllar.org (1)


Mavzu: O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektromagnitlari haqida tushunchalar. Reja

Mavzu:

O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektromagnitlari haqida tushunchalar.



REJA:



  1. Elektr maydon, Magnit maydon


  2. MAGNIT MAYDON ENERGIYAS


3. ERKIN ELEKTROMAGNIT TEBRANISHLAR

Elektr maydon, Magnit maydon
Ma’lumki, ikki jism bir-biriga faqat sirtlari orqali ta’sir etadi. Lekin, agar jismlar zaryadlangan bo‘lsa, ya’ni jismlar sirtida ortiqcha manfiy yoki musbat zaryad to‘plangan bo‘lsa, ular bir-biridan ma’lum masofada turganda ham ta’sir ko'rsatadi. Bu ta’sir moddiy muhit — elektr maydon orqali amalga oshadi. Qo‘zg‘almas zaryadlangan zarracha yoki jism atrofida elektr maydon hosil bo‘ladi (1.1- rasm). Fransuz fizigi Kulon 1785- yilda ikkita elektrlangan zarracha (jism) ning o'zaro ta'sir kuchini ifodalovchi qonunni yaratdi. Bu kuch olim nomi bilan — Kulon kuchi deb ataladi. bu yerda: F — zaryadlar orasidagi o'zaro ta’sir kuchi, N, q{ va q2 — o‘zaro ta’sir etuvchi zaryadlar qiymati, C, r— zaryadlar orasidagi masofa, m, k — proporsionallik koeffitsiyenti, e a — muhitning absolut dielektrik singdiruvchanligi. Bu kattalik zaryadlar orasidagi elektr maydon muhitini xarakterlaydi. Elektr maydonni xarakterlovchi kattaliklardan yana biri elektr maydon kuchdon kuchlanganligi vektor kattalik bo‘lib, uning qiymati musbat zaryadlangan zarrachaga ta’sir etuvchi kuchning uning zaryadiga nisbatiga tengdir. langanligidir. Elektr mayb) d) E = F Jo Elektr maydon potensiali elektr maydon har bir nuqtasining energetik imkoniyatini ifodalovchi kattalikdir. Elektr maydon kuchlari ta'siri ostida biror-bir sinov zaryadini ko‘chirish uchun sarflangan ish miqdorining shu zaryad miqdoriga nisbati elektr maydon potensiali deyiladi, ya’ni A (p = _ , 9 bu yerda: A — ish miqdori, J, q — zaryad miqdori, C. Birlik zaryadni maydonning bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga ko'chirish uchun 1 Joul ish bajarilsa, shu ikki nuqta orasidagi kuchlanish 1 Voltga teng bo‘ladi. Ikki nuqta orasidagi potensiallar ayirmasi shu nuqtalar orasidagi kuchlanish deyiladi va U bilan belgilanadi: U=
1820-yil daniyalik olim G. Ersted tokning magnit ta’sirini kashf qilgach, ingliz olimi Maykl Faradey magnit maydon orqali elektr tokini hosil qilishni o‘ziga maqsad qildi. U bu masala ustida 10 yildan ortiq ishlab, 1831-yili uni ijobiy hal qildi. Ko‘rgazmali asboblardan foydalangan holda Faradey tomonidan o‘tkazilgan tajribani qaraylik. U g‘altak va galvanometrni ketma-ket ulab, berk zanjir hosil qildi. G‘altak ichiga doimiy magnit kiritilayotganda, galvanometr strelkasining og‘ishi kuzatiladi. Bunda g‘altakda tok hosil bo‘ladi. Agar magnitni harakatlantirmay g‘altak ichida tinch tutib turilsa, galvanometr strelkasi nolni ko‘rsatadi, ya’ni g‘altakda tokning yo‘qolganligi kuzatiladi. Magnit g‘altak ichidan sug‘urib olinayotganda esa, yana g‘altakda tokning hosil bo‘lganligi kuzatiladi. Bunda galvanometr strelkasi teskari tomonga og‘adi. Agar magnit tinch holda bo‘lib, g‘altak harakatga keltirilsa ham, shu hodisani kuzatamiz. Demak, g‘altakni kesib o‘tayotgan magnit oqimi har qanday yo‘l bilan o‘zgartirilganda g‘altakda elektr yurituvchi kuch hosil bo‘lar ekan.
Simli ramkaning uchlari bir-biriga to‘g‘ridan to‘g‘ri (yoki ularning uchlari biror asbob orqali) ulangan bo‘lsa, uni berk kontur deb atash mumkin. U holda galvanometrga ulangan g‘altak o‘zaro ketma-ket ulangan berk konturni tashkil qiladi. Magnit maydonning oqimi o‘zgarishi tufayli berk konturda elektr tokining hosil bo‘lish hodisasini elektromagnit induksiya hodisasi, konturda yuzaga kelgan tok esa induksion tok deb ataladi. Faradey o‘zi amalga oshirgan tajriba natijalarini tahlil qilib, quyidagi xulosaga keldi: induksion tok berk konturda faqat o‘tkazgich konturi orqali o‘tayotgan magnit induksiya oqimi o‘zgarganda yuzaga keladi, ya’ni magnit oqimi o‘zgarib turgan vaqt davomidagina mavjud bo‘ladi. Ma’lumki, elektr zanjirida tok uzoq vaqt mavjud bo‘lib turishi uchun zanjirning biror qismida elektr yurituvchi kuch (EYuK) manbayi bo‘lishi kerak. Konturda doimiy ravishda magnit oqimining o‘zgarib turishi natijasida hosil bo‘lgan EYuK unda induksion tokni vujudga keltiruvchi tashqi manba vazifasini bajaradi. Induksion tokni hosil qiluvchi EYuK, induksiya elektr yurituvchi kuch deyiladi. Elektromagnit induksiya qonuni, yopiq konturda hosil bo‘lgan EYuKni miqdoriy jihatdan belgilaydi. Yopiq konturda hosil bo‘lgan elektromagnit induksiya EYuK, son qiymati jihatidan shu konturni kesib o‘tgan magnit oqimi o‘zgarishiga teng va ishorasi jihatidan qarama-qarshidir. Bunga elektromagnit induksiya qonuni yoki Faradey–Maksvell qonuni deyiladi. ifodadagi (–) ishora konturda vujudga kеladigan induksiоn tоkning уo‘nalishi bilan bog‘liq bo‘lib, u Lens qoidasiga ko‘ra tushuntiriladi. XBSda induksiya elektr yurituvchi kuchning birligi qilib volt (V) qabul qilingan.
Materiallaming magnit xossalarini xarakterlovchi kattalik nisbiy magnit kirituvchanlik deyiladi va n harfi bilan belgilanadi. Vakuum muhitning absolut magnit kirituvchanligi magnit doimiysi deyiladi. Istalgan muhit yoki materiallaming nisbiy magnit kirituvchanligi |aa bilan solishtiriladi va quyidagicha aniqlanadi: MO Atrofimizdagi barcha materiallar o‘zlarining magnit xossalari bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi. Agar moddalaming (materiallarning) nisbiy magnit kirituvchanligi birdan kichik H < 1 bo‘lsa, bunday materiallar diamagnit materiallar deyiladi. Mis diamagnit material, uning magnit kirituvchanligi H = 0,999. Agar materiallaming magnit kirituvchanligi birdan katta (x > 1 bo‘lsa, bunday materiallar paramagnit materiallar deyiladi. Havo paramagnit materialga misol boiadi, uning magnit kirituvchanligi p = 1,003. Elektrotexnikada asbob, uskuna va tuzilmalarda ferromagnit materiallardan keng foydalaniladi. Ular kuchli magnitlash xususiyatiga ega, ularning magnit kirituvchanligi p » 1 boiib, milliongacha yetadi. Ferromagnit materiallar paramagnit materiallardan muhim xossalari bilan farq qiladi. Bu xossalardan biri ferromagnit materiallarda molekular tok hosil qiluvchi zarrachalarning borligidir. Molekular tok magnit momentini hosil qiladi. Mikroskopik hajmlarda hosil bo‘ladigan magnit momentlari „domen“ deb ataladi. Tashqi magnit maydon bo‘lmaganda domenlarning natijaviy magnit maydoni nolga tengdir. Ferromagnit materialni tashqi magnit maydonga kiritganimizda domenlar magnit momentlarining yo‘nalishi tashqi magnit maydon qutblari tomon buriladi. Natijada tashqi 8 magnit maydon domenlar magnit momentlari hisobiga kuchayadi. Bu jarayon ferrom agnit materiallarning magnitlanishi deyiladi. Demak, ferromagnit materiallarda tashqi magnit maydon domenlar magnit maydoni hisobiga kuchayar ekan. Shu sababli barcha elektr uskuna va apparatlarning turli shakldagi o‘zaklari ferromagnit materiallardan yasaladi. Masalan, keltirilgan misolda magnit maydon kuch chiziqlarining asosiy qismi ferromagnit o‘zak orqali tutashtirilgan. Chunki, ferromagnit o‘zakning magnit kirituvchanligi havoning magnit kirituvchanligiga nisbatan ancha katta bo‘lgani uchun uning magnit maydoni havodagi magnit maydondan bir necha marta ortiqdir. Demak, chulg‘am atrofidagi fazoviy muhitning magnit maydonini nazaiga olmasdan, magnit maydon faqat ferromagnit o'zakning geometrik o‘lchamlari bilan cheklangan, desak bo‘ladi. Yuqorida qo‘zg‘almas zaryadlangan zarracha elektr maydonini hosil qiladi, deb ta’kidlab o‘tdik. Lekin birorbir zarracha muhit temperaturasi faqat 0° K boMganda qo‘zg‘almas holatda bo‘lishi mumkin. Bu qiymat Selsiy shkalasida 273 °C demakdir. Demak, muqarrar sharoitda hech bir zarracha tinch holatda turishi mumkin emas. Hamma zaryadlangan zarrachalar doim harakatda bo‘ladi va elektr maydon bilan birga magnit maydonni ham hosil qiladi. Elektr va magnit maydonlar orasida chuqur ichki bog‘lanish mavjud bo'lib, bu bog‘lanish bu maydonlaming bir-biriga aylana olishida namoyon bo‘ladi. Elektr maydonning har qanday o'zgarishi doimo magnit maydon paydo bo‘lishi bilan yuz beradi va aksincha, magnit maydonning har qanday o‘zgarishi elektr toki paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu mulohazalarga asoslanib, mantiqan fikr yuritadigan bo‘lsak, elektr va magnit maydonlar bir-biridan ajralmas bo'lib, ular bir jarayonning ikki tomonini anglatar ekan. Bunday maydon elektromagnit maydon deb ataladi. Elektromagnit maydon materiyaning alohida bir turidir. Materikning mavjudligi bevosita odamzodning sezgi a’zolari orqali his qilinadi. Elektromagnit maydon to‘lqin xossalariga ham ega, ya'ni bu maydon to‘lqin kabi fazoda tarqaladi. Elektromagnit induksiya qonuni Elektromagnit induksiya qonuni tabiatning muhim qonunlaridan biri. Ko‘pchilik elektr asboblaming ishlash prinsipi manashu qonunga asoslangan. Masalan, o'zgaruvchan tok generatorlari, sinxron generatorlar, asinxron dvigatellar, transformatorlar, radio-teleapparaturalar shular jumlasidandir. Agar o‘tkazgichli kontumi o‘zgaruvchan elektromagnit maydonga kiritsak, bu konturda elektromagnit induksiya elektr yurituvchi kuchi e (EYK) hosil bo‘ladi.


Download 31,73 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 31,73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektromagnitlari haqida tushunchalar

Download 31,73 Kb.