Mavzu: O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektromagnitlari haqida tushunchalar




Download 31,73 Kb.
bet3/6
Sana03.12.2023
Hajmi31,73 Kb.
#110440
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektromagnitlari haqida tu-fayllar.org (1)

ERKIN ELEKTROMAGNIT TEBRANISHLAR.
Zаryadlаngаn jism elеktr mаydоn enеrgiyasigа egа bo‘lgаni kаbi, tоkli o‘tkаzgichning аtrоfidа hоsil bo‘lgаn mаgnit mаydоn hаm enеrgiyagа egа bo‘lаdi. Mаgnit mаydоnning enеrgiyasini hisоblаshni quyidаgi misоldа qаrаb chiqаmiz. Induktivligi L bo‘lgаn g‘аltаk tоk mаnbаyigа reostat orqali kеtmаkеt ulаngаn bo‘lsin. G‘аltаkdаn o‘tаyotgаn tоk enеrgiyasining bir qismi undа mаgnit mаydоnni hоsil qilishgа sаrflаnаdi. Enеrgiyaning sаqlаnish qоnunigа ko‘rа, tоk hоsil qilgаn enеrgiya mаgnit induksiya оqimini hоsil qilish uchun sаrflаngаn ishigа tеng bo‘lishini bildirаdi, ya’ni: W = A. Ф 0 ∆I I0 I. Reostat jilgichini surib, g‘altakdan o‘tayotgan tokni tekis oshiramiz. G‘аltаkdа hоsil bo‘lgаn mаgnit оqimi (Ф = L·I) undаn o‘tаyotgаn tоkkа to‘g‘ri prоpоrsiоnаl, ya’ni tоk оrtgаn sаri mаgnit оqimi hаm chiziqli оrtib bоrаdi. Chizmаdа kеltirilgаn uchburchаk yuzining geometrik ma’nosi bаjаrilgаn ishni izоhlаydi. Bu yuzаning sоn qiymаti: A= I·Ф 2 . (2–8). U hоldа tоkli o‘tkаzgich аtrоfidа hоsil bo‘lgаn mаgnit mаydоn enеrgiyasini hisоblаsh fоrmulаsi quyidаgi ko‘rinishgа kеlаdi: W = A= I·Ф 2 = L I  2 2 . (2–9) Dеmаk, tоkli kоnturning mаgnit mаydоn enеrgiyasi uning induktivligi bilаn kоnturdаn o‘tаyotgаn tоk kuchi kvаdrаti ko‘pаytmаsining yarmigа tеng ekаn. (2–9)dаn ko‘rinib turibdiki, tоkning mаgnit mаydоn enеrgiyasining ifоdаsini hаrаkаtlаnаyotgаn jismning kinеtik enеrgiyasi Ek m =       ⋅ υ2 2 36 ifоdаsi bilаn tаqqоslаb, induktivlikning mехаnikаdаgi mаssаgа o‘хshаsh fizik kаttаlik ekаnligini ko‘rаmiz. Yuqorida aytilganidek, mехаnikаdа jism mаssаsi uning tеzligini o‘zgаrtirishdа qаndаy rо‘l o‘ynаsа, induktivlik hаm kоnturdа tоk kuchining o‘zgаrishidа shundаy rо‘l o‘ynаydi. Elektromagnitning asosini solenoid g‘altagi tashkil qiladi. Solenoidning ichiga kiritilgan ferromagnit o‘zagi uning induktivligini keskin oshiradi. Natijada elektromagnit g‘altak atrofida magnit maydon ham kuchayadi va u og‘ir yuklarni bemalol ko‘taradi. Tokli g‘altakning atrofidagi magnit maydon hosil bo‘lishiga asoslanib, yuklarni ko‘tara oladigan elektromagnit kranlar xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng qo‘llanilmoqda
Oddiy elektromagnit tebranishlarni kondensator va induktiv g‘altakdan iborat bo‘lgan elektr zanjirida hosil qilish mumkin. Kondensator, induktiv g‘altak, o‘zgarmas tok manbayi va uzib-ulagichdan iborat elektr zanjirini tuzaylik. Bunda soddalashtirish uchun zanjirning elektr qarshiligini hisobga olmaymiz. Uzib-ulagich chap tomonga ulanganda С kondensator qoplamalari batareyadan zaryadlanib oladi. Bunda kondensator qoplamalari orasida energiyasi maksimal bo‘lgan We = q C m 2 2 elektr maydon hosil bo‘ladi. So‘ngra uzib-ulagichni o‘ng tomonga ulaymiz, bu holda zaryadlangan kondensator L g‘altak bilan ulanadi. Keyingi boradigan jarayonni batafsilroq qaraylik.
Kondensatorning yuqorigi qoplamasi musbat, pastki qoplamasi manfiy ishorada zaryadlangan bo‘lganligidan tok manbayi bo‘lib qoladi (1-holat). Natijada kondensatorning musbat qoplamasidan, induktiv g‘altak orqali man- 43 fiy qoplamasiga tomon zaryadlar ko‘chishi, ya’ni tok vujudga keladi. Bu tok atrofida magnit maydon hosil bo‘ladi. Bu tok, g‘altakning induktivligi tufayli asta-sekin ortib, o‘zining maksimal qiymatiga erishadi. G‘altakdan o‘tayotgan tok atrofida hosil bo‘lgan magnit maydon ham o‘suvchi bo‘ladi (2-holat). Bu holda kondensator qoplamalari orasidagi elektr maydon energiyasi nolgacha kamayadi. G‘altak atrofidagi magnit maydon energiyasi ortib borib, o‘zining maksimal Wm = LIm 2 2 qiymatiga erishadi. Oldingi mavzulardan ma’lumki, elektromagnit induksiya hodisasiga ko‘ra, o‘zgaruvchan magnit maydonda joylashgan g‘altakda induksion kuchlanish vujudga keladi. Ток kuchi kamaya borib, induksion kuchlanish kondensatorni avvalgisiga nisbatan teskari ishorada zaryadlaydi (3-holat). Zaryadlangan kondensator yana induktiv g‘altak orqali tok hosil qiladi (4-holat). Bu tok ham o‘suvchi bo‘lib, uning hosil qilgan magnit maydoni g‘altakda induksion kuchlanish hosil qiladi. Tok kamaya borib, induksion kuchlanish, kondensatorni qayta zaryadlaydi (5-holat). 5-holat va 1-holatlarda kondensator zaryadi ishoralari bir xil. Demak, keyingi jarayonlar oldingidek ketma-ketlikda davom etadi. Ko‘rib o‘tilgan jarayonlardan quyidagi xulosalarni chiqaramiz: 1. Kondensator va induktiv g‘altakdan iborat zanjirda, bir marta o‘zgarmas tok manbayidan kondensatorga berilgan zaryad, berk zanjirda o‘zgaruvchan tokni hosil qiladi. 2. Dastlab manbadan olingan energiya kondensator qoplamalari oralig‘ida elektr maydon energiyasi sifatida to‘plansa, keyinchalik g‘altak atrofidagi magnit maydon energiyasiga aylanadi. So‘ngra magnit maydon energiyasi, elektr maydon energiyasiga va h.k. davriy ravishda aylanib turadi. C L 3.3-rasm. 10-sinfda har qanday takrorlanuvchi jarayonga tebranish deyilishi aytilgan edi. Demak, kondensator va g‘altakdan iborat zanjirdagi jarayon ham tebranma xarakterga ega. Uni elektromagnit tebranishlar deyiladi. Elektromagnit tebranishlar hosil bo‘layotgan g‘altak (L) va kondensator (C)dan iborat berk zanjir tebranish konturi deb ataladi. Tebranish konturida hosil bo‘layotgan elektromagnit tebranishlar davri (chastotasi)ni aniqlash formulasi ingliz fizigi U. Tomson tomonidan aniqlangan. T=2π LC yoki v = 1 T = 1 2p LC . (3–1) 44 Bunda: T–tebranishlar davri sekundlarda, v – tebranishlar chastotasi 1 s = 1 Hz da o‘lchanadi. Elektromagnit tebranishlar yuz berayotganida konturda davriy ravishda elektr maydon energiyasi, magnit maydon energiyasiga va aksincha aylanar ekan. Ideal tebranish konturida energiya sarfi bo‘lmaganligi sababli tebranishlar so‘nmaydi. To‘la energiya saqlanib qoladi va uning qiymati istalgan paytda quyidagiga teng bo‘ladi: W = q C 2 2 + Li2 2 = q C m 2 2 = LIm 2 2 = const. (3–2) Bunda: L–g‘altakning induktivligi, C–kondensator sig‘imi, i va I m – tok kuchining mos ravishda oniy va maksimal qiymatlari, q va qm – kondensatordagi zaryadning mos ravishda oniy va maksimal qiymatlari. Tebranish konturida kondensatordagi elektr maydon energiyasining g‘altakdagi magnit maydon energiyasiga va aksincha, g‘altakdagi magnit maydon energiyasi kondensatordagi elektr maydon energiyasiga aylanib turishi hodisasini 10-sinfda qaralgan prujinali mayatnikda cho‘zilgan prujina potensial energiyasining, yukning kinetik energiyasiga va aksincha aylanib turishiga qiyoslash mumkin. Shunga ko‘ra, mexanik va elektr tebranishlarning parametrlari orasidagi o‘xshashlikni quyidagi jadvalda keltiramiz.
  • Tok kuchi va yo’nalishi vaqt o’tishi bilan davriy ravishda o’zgaradigan elektr toki ;keng ma’noda- vaqt bo’yicha o’zgaradigan har qanday elektr toki. O’zgaruvchan tokni o’zgartirish,uzoq masofaga uzatish, to’g’rilash, chastotasini o’zgartirish kabi amallarning bajarilishi nisbatan oddiyligi uning afzalligi hisoblanadi. Asosiy ko’rsatkichlari ;chastotasi va tok kuchining ta’sir etuvchi qiymati.


O’zgaruvchan tok keng ma’noda vaqt bo’yicha o’zgaradigan har qanday tokdir. Biroq o’zgaruvchan tok termini ko’pincha vaqt bilan garmonik qonun bo’yicha bog’lanuvchi kvazistatsionar toklarga qo’llaniladi.

  • O’zgaruvchan tok keng ma’noda vaqt bo’yicha o’zgaradigan har qanday tokdir. Biroq o’zgaruvchan tok termini ko’pincha vaqt bilan garmonik qonun bo’yicha bog’lanuvchi kvazistatsionar toklarga qo’llaniladi.


  • kvazistatsionar deb shunday tokka aytiladiki butun zanjir bo’yicha uning qiymati bir xilda bo’lgunicha ketgan vaqt tebranish davridan ancha kam bo’ladi.


Doimiy tok uchun bo’lganidek, kvazistatsionar tok uchun ham tarmoqlanmagan o’tkazgichning istalgan kesimidagi tokning kuchi bir vaqtning o’zida bir xil , deb hisoblanadi. Ular uchun Om qonuni o’rinlidir, biroq zanjirning qarshiligi tokning o’zgarish chastotasiga bog’liq. Bu tokning elektr magnit nurlanishga ketgan energiyasini e’tiborga olmaymiz.

  • Doimiy tok uchun bo’lganidek, kvazistatsionar tok uchun ham tarmoqlanmagan o’tkazgichning istalgan kesimidagi tokning kuchi bir vaqtning o’zida bir xil , deb hisoblanadi. Ular uchun Om qonuni o’rinlidir, biroq zanjirning qarshiligi tokning o’zgarish chastotasiga bog’liq. Bu tokning elektr magnit nurlanishga ketgan energiyasini e’tiborga olmaymiz.


  • O’zgaruvchan tokka majburiy elektr magnit tebranishlari kabi qarash mumkin.


  • Uchta har xil zanjirlarni tasavvur etaylikki, ularning har biriga o’zgaruvchan kuchlanish qo’yilgan bo’lsin.


  • U=Umax cons wt


  • Rezistorli zanjirdagi tok kuchi qo’yilgan kuchlanish bilan bir fazoda o’zgaradi, deb isbotsiz ta’kidlaylik.


  • I=Imax cos wt



  • G’altakli zanjirdagi tok kuchi qo’yilgan kuchlanishdan faza jihatidan orqada qoladi.


  • I= Imax cos (wt-pi/2)


  • Kondensatorli zanjirdagi tok kuchi esa kuchlanishdan faza jihatidan pi/2 ga oldinga boradi.


  • kuchlanishning amplituda qiymatining tok kuchining amplituda qiymatiga Umax nisbatan Om qonunini ifodalaydi.



Download 31,73 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 31,73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektromagnitlari haqida tushunchalar

Download 31,73 Kb.