• “Relation” ro‘yxatidan muvofiq belgini tanlash;
• “Value” maydoniga bizni qiziqtiradigan qiymatni kiritish (misol:
192.168.4.249);
• “OK”
tugmasini bosish;
• Filter maydoni qurilgan filter ifodalanadi (ip.src = 192.168.4.249);
• “Apply”
ni bosish;
• Oyna faqat ushbu filterga moslarini ko‘rsatadi.
6.9.- rasm. Maydonlar qiymatlari darajasida filtrlashni qo‘llash.
Quyidagi ko‘rinishda mantiqiy operatorlarni qo‘llab filtrda bitta yoki ko‘plab
elementar shartlar kombinsiyasi qo‘llanishi mumkin.
Shart 1 Mantiqiy operator Shart 2
Kombinatsiyalangan filtrga misol:
• ip.src == 192.168.4.249 and ip.dst == 192.168.4.239
• ip and ip.src == 192.168.4.249
Asosiy oynaning ma’lumotlar paneli
Wireshark asosiy oynasi uchta panelga ega – qism oynalar.
6.10.- rasm.
Wireshark qism
oynalari
Wireshark oynasi quyidagi qism oynalarga ega:
• Birinchi oyna - ushlab olingan paketlar ro‘yxati paneli (Protocol Data Unit -
PDU)
• Ikkinsi oyna - to‘liq ma’lumotlar paneli, ushlab olingan paketlar ro‘yxati
panelida ko‘rsatilgan joriy paket tarkibini ko‘rsatadi
• Uchinchi oyna - baytli taqdim qilish paneli ushlab olingan paketlar ro‘yxati
panelida ko‘rsatilgan joriy paket tarkibini ko‘rsatadi