6-Laboratoriya ishi
Mavzu: Birlamchi o’t o’chirsh vositalari ish unmdorligini aniqlash. va ulardan foydalanishni o`rganish
Ishning maqsadi: Yong`inni o’chirish uchun qo’llaniladigan vositalarning tuzilish va ishlapsh tartibini o’rganish
Mashg`ulotni bajarish uchun kerakli asboblar, jihozlar va ko’rgazmali qurollar.
1.O’t o’chirgichlar: OXP - 10; OXVP-10; OP-1 «Moment -2P; OP-10 A;OU-2; OU-5 OUB-3;OUB-7 va ularni qirqimlari.»
2.Plakatlar
3.Uslubiy ko’rsatmalar
Mashgulotni bajarish tartibi.
1. O’t o’chirgichlarning ayrim turlarini tuzilishini o’rganish.
2. Havo - mexaniq ko’pikni karraligini aniqlash
3. O’t o’chirgichlar bilan yong`in o’chog`ini o’chirish
Hisobot rejasi (savollar)
1. Yong`inni kelib chiqish sabbalari, uning oqibatida kelib chiqadigan talofatlar to’g`risida tushunchalar bering;
2. Yong`inni o’chirishda foydalaniladigan moddalar va materiallar to’g`risida tushunchalar bering.
3. Yong`inni o’chiruvchi birlamchi texnik vositalarini tuzilishi va ishlash jarayoni to’g`risida tushuncha bering
4. Yong`inni avtomatik o’chirish vositalarining tuzilishi va ishlash prinsipi to’g`risida tushuncha bering
5. Ishning bajarish natijalari to’g`risida o’zingizni hulosangizni bering.
1-rasm
2-rasm
Yong'inlar o'z -o'zigan paydo bo'lmaydı, lekin har qanday olovning oldini olish mumkin. Olovga qarshi boshlang'ich kurashish vositasi o't o'chirgishlar demakdir. Ular barcha xonalarda va transport vositalarida o'rnatilishi zurur. O't o'chirgichlardinig har xil bo'lishini hammabilmaydi. Bundan tashqari, hammada da ulardan qanday foydalanish to'g'risida ma'lumot yo'q.
Olov sodir bo'lganda, avvalo uning turini aniqlab olish zurur. Yong'inlar quyidagi ravishda sinflanadi.
A sinf
Organik qattiq materiallar — yog'och, qog'oz, tamaki va boshqalar orasida yuzaga kelgan yong'inlar, sodir bo'lganida, qizǵish sho'x paydo bo'ladı. Bunday olovga qarshi kurashning eng samarodor vosita suvdir.
B sinf
Benzin maxsulotlari, erituvchilar, moy va moy kabi suyuq yoki suyultirilgan qattiq unsurlar yonishidan kelib chiqadigan yong'inlar. Bu holatda kukunli, pufakli va karbonat angidridli (CO2) o't o'chirgichlardan foydalanish zurur. Bunday o't o'chirgichlarni generator xonalarida, qozonxonalarda, garajlarda, laboratoriyalarda, yemakxonalarda, oson yonuvchan suyukliklar bazalarida topish mumkin.
C sinf
Gaz olovi. Bu turdagi olovti o'chirish uchun o't o'chirgichlardnn foydalanılmaydi. Bunday olovni o'chirishni boshlamasdan oldin gaz ta'minoti manbai uzilganin aniqlash taklif etiladi.
D sinf
Magniy, alyuminiy, natriy kabi metallar yongan vaqtdagi olov. Bu metallarga odatta suvlar yaxshi ta'sir etmaydi, o'sha sababli kukunli vositalardan foydalanish zarur.
E sinf
Yuqori kuchlanish ostidagi elektr vositalari nasozligi oqibatida kelib chiquvchi yong'inlar. Bunday olovga qarshi karbonat angidridli va kukunli, shuningdek galoidlangan uglevodorodlı aerozollı o't o'chirgichlar samarodor bo'ladi.
O't o'chirgichlar quvvat, massasi va hajmi bo'yicha farq qiladi. Xonadonlarda foydalanish va transport vositalari uchun vazni 20 kg gacha va hajmi 10 litraga bo'lgan ixcham modellar mos keladi.
Umumiy tushunchalar
1. Ishni bajarishda zaruriy adabiyotlar va uslubiy ko’rsatmalarni o’qituvchini tavsiyasi asosida o’qib o’rganish.
Moddiy va ma’naviy zarar keltirib va insonni hayotiga, uning sog`ligiga xavf tug`diruvchi boshqarib bo’lmaydigan yonish jarayoniga yong`in deb ataladi.
Yonish, murakkab kimyoviy jarayon bo’lib, uning asosida yonuvchi moddalarni oksidlanishi ya’ni reaksiyaga kirishi yotadi, ularni havo tarkibidagi kislorod yoki boshqa oksidlovchilar (ftor, brom,0 xlor va boshqalar) bilan birkishidir.
Odatda havo tarkibida 20,95% kislorod bo’ladi. Yonish reaksiyasini vujudga kelishi uchun 16% kislorod yetarli, ammo juda past konstratsiyasida ham yonuvchi moddalarning erishi sodir bo’ladi.
Havo tarkibida kislorod 8 %dan kam bo’lganda esa, yonuvchi modda yonishdan to’xtaydi. Yonishni to’xtatishni asosiy usullardan biri, yonish zonasiga inert gazlarni, bug`larni va yonmaydigan moddalar, aerazollarni kiritish yo’li bilan havodagi kislorod miqdorini konstrentatsiyasini kamaytirishdir. Yonish zonasidagi kritik temperaturasini sovo’tish bilan pasaytirib, yonish zonasidan yonuvchi moddalarni himoyalab, yonuvchi bug` va gazlarni hosil bo’lish teziligini to’xtatish hamda yonish reaksiyasini kimyoviy usulda bartaraf etish bilan yong`inni jilovlash mumkin. Barcha o’chiruvchi moddalar quyidagilarga bo’linadi: Aralashuvchi (inert gazlar, kukunli tarkib, suv bug`lari va boshqalardir), sovo’tuvchi: (suv qattiq uglerod ikki oksidi, ko’pik va boshqalar), himoyalanuvchi (ajratuvchi kimyoviy havo mexaniq ko’pikli yoki uni aralashmasi, quyuqlashtirilgan suv, kukunli tarkib va boshqalar) hamda yonish reaksiyasini kimyoviy usulda to’xtatish (galoidlangan uglevodorodlar, kukunli tarkibning ayrim markalari, galoidlangan uglevodorodlar qo’shilgan suv). Juda ko’p o’t o’chirish vositalari murakkab xususiyatlarga ega.
O’t o’chirgichlar uncha katta bo’lmagan yonish o’chog`ini yoki yong`inni boshlanish davrida o’chirish, bartaraf etish uchun xizmat qiladi. O’t o’chiruvchi vositalarni qo’llanish xiliga ko’ra ular quyidagilarga bo’linadi: ko’pikli (kimyoviy Havo-mexaniq aralashmali)
Gazli (uglekislotali, aerozoli va uglekislota-brometilli) Kukunli , murakkab va boshqalar. Ishni o’tkazish uchun o’t o’chirgichlarning quyidagi xillari qo’llaniladi: OXP-10 (KKO’-10) , OXVP - 10 (KXKO’-10), OP-1 (KO’-1), «Moment -2P», OP-10 (KO’-YuA), OU-2 (UKO’-2), OU-5 (UKO’-5), OUB-3 (UKBO’-3), OUB-7 (UKBO’-7) va uning qirqimlari.
Havo- mexaniq ko’pikni olinishini ko’rsatish va uning karraligini aniqlash (rasm) qurilmada amalga oshiriladi. Ko’pik hosil qiluvchi aralashma uchun Hajmi 5 l bo’lgan idish 5, ko’pik hosil qiluvchi modda sarfini ko’rsatuvchi o’lchov lineykali ko’rish oynagi 6, elektrodvigatel 9 bilan NSh turdagi nasos 8, shlang 10, ko’pik Hosil qiluvchi moslama (nasadka) 1 va 500 l Hajmli ko’pik uchun idish 2, orgsteklo (orgshisha) dan tayyorlanadi. Bu ishga OXVP-10 (KXKO’-10) o’t o’chirgichdan moslama (nasadka) qo’llaniladi. Yong`in o’chog`ida amaliy o’chirishni ko’rsatish, o’t o’chirgich OU-25 (UKO’-25) yordamida o’tkaziladi, uning zaryadi bir necha tajribaga (eksperimentga) yetadi, tajriba (eksperiment) po’lat listlardan payvandlangan 700x 700x200 mm o’lchamdagi maHsus yong`in kamerasida olib boriladi.
Kamerada buraluvchi,q mustahkam yotuvchi qopqoq mavjud bo’lib, o’t o’chirgich ishlamay qolgan hollarda yong`inni tezda (ekstren) bartaraf (o’chirish) etish uchun mo’ljallangan. Ishning bu qismi tajriba xonasidan tashqarida, binodan yetarlicha uzoqlikda belgilangan masofadagi ochiq maydonchada o’tkaziladi.
O’t o’chirgichlarni ayrim xillari tuzilishini o’rganish.
Kimyoviy ko’pikli o’t o’chirgich OXP-10 (KKO’-10) va kimyoviy Havo-ko’pikli o’t o’chirgich OXVP- 10 (KXKO’-Yu)ning tuzilishi va ishlash jarayoni bilan tanishamiz.
Turli xildagi materiallar, jumladan yengil alangalanuvchi suyuqliklar yonganda o’chirish uchun qo’llaniladigan OXP- 10 (KKO’- 10) kimyoviy ko’pikli o’t o’chirgichni ishlashi, zaryaddagi ishqor va kislotaning o’zaro aralashishi natijasida ko’pikni Hosil bo’lishiga asoslangan. Havo yetarli bo’lmagan Hollarda yonadigan moddalarni o’chirishda bunday o’t o’chirgichlardan foydalanish samarasizdir. Ularni kuchlanish ostidagi elektr qurilmalaridan chiqkan yong`inni o’chirishda, shuningdek ishqorli metallarni o’chirishda Ham qo’llash mumkin emas. O’t o’chirish samaradorligi, yonuvchi moddalarni Himoyalash (izolyatsiyalash) va ko’pik pufakchalarini buzilishidan (yorilishidan) ajralib chiqadigan uglerod ikki oksidi SO2 ning yordamida yonish zonasidagi kislorod konsentratsiyasini kamaytirish orqali erishiladi.
OXP – 10 (KKO’-10) o’t o’chirgichni konstruksiyasi po’lat qobig` 1dan tashkil topgan bo’lib, unga zaryadni ishqorli qismi (8,5l) joylashgan. U (400g) gidrokarbonat natriyni NaNSO3 suvli aralashmasi va (50g) soladkali ekstraktdan iborat bo’ladi. Ko’pikni turg`unligini oshirish uchun ishqorli qismiga ozroq miqdorda ko’pirtirgich qo’shiladi (RAS pastasi yoki karboksimetilsellyuloza). Zaryadni kislotali qismi (450g) polietilenli stakanga joylashtirilgan bo’lib, sulfat kislota (N2SO4), temir sulfati (Fe2SO4)3 va alyuminiy sulfati (Al2SO4)3 aralashmasidan iborat bo’ladi.
Rasm. OXP-10 (KKO’- 10), o’t o’chirgichni sxemasi.
1. – qobig`; 2. – dastak; 3.- stakan; 4.- klapan; 5.- stakandan chiqish teshigi; 6.-ishga tushirish dastagi; 7.- vdtok; 8.- sachratgich; 9.- tiraluvchi (zapornaya) membrana.
Ishlamaydigan (ishsiz) holatida zaryadni kislotali qismi stakanda klapan 4 bilan yopik (bekitilgan), klapan vdtok 7ga qotirilgan va stakanni o’yig`iga (o’rindig`iga) prujina bilan qisilgan. Klapan shtogi boshqa tomondan (uchidan) ekssentrik dastak 6 ga maHkamlangan. O’t o’chirgichni ishga tushirish uchun uning dastagi 6 ni yuqoriga burash va o’t o’chirgichni to’ntarish lozim.
Bunda shtok klapan 4 bilan birga siquvchi prujinani qisib, kallakka (golovkaga) tomon ko’chadi (siljiydi) va teshik 5 orqali zaryadni kislotali va ishqorli qismlarni birikishini ta’minlaydi. Reaksiya natijasida ko’p miqdordagi uglerod ikki oksidi ajralib, aralashmani intensiv ko’piklantiradi va bunda bosim 0,1 MPa ga erishganda, tiraluvchi (zapornaya) membrana 9 ni yirtadi (yoradi) Hamda sachratgich (sprgsk) 8 orqala ko’pikni chiqarib yuboradi. Ko’pik Hosil bo’lish karrali 6 ga teng, uning Hajmi esa 43 l, ko’pikni otilish uzoqligi 6 m, ko’pik chiqarib yuborish vaqti 60 sek. O’t o’chirgichdan foydalanish Harorati +2°S dan +30° S gacha. O’t o’chirgich zaryadini ishqorli qismiga, muzlashga qarshilik ko’rsatuvchi etilenglikoli qo’shib, undan (-) minusli Haroratda Ham foydalanish mumkin.
OXVP-10 (KXKO’-10) Kimyoviy Havo-ko’pikli o’t o’chirgichlarni konstruksiyasi Ham xuddi OXP -10 (KKO’-10) nikiga o’xshash bo’lib, faqatgina farqi shundan iboratki OXVP-10 (KXKO’- 10) o’t o’chirgichlarni (rasm) sachratgichiga ko’piklatuvchi moslama (nasadka) burab o’rnatiladi, u kimyoviy ko’pikni Havo bilan aralashtiradi. OXVP-10 (KXKO’-10), o’t o’chirgichni ishchi zaryadi quyidagilardan tashkil topgan: a) ishqorli qism, unga (450g) gidrokarbonat natriy, ko’pik Hosil qiluvchi PO- 1 (500sm3) va (8l) suv, b) (200 sm3) sulfat kislotasini suvdagi eritmasi, zichligi 1,51 ga teng.
O’t o’chirgich OXVP-10 (KXKO’-10) Ham xuddi OXV-10 (KKO’ -10) o’t o’chirgichidek ishga tushiriladi. Ishqor va kislotali qismni aralashtirish natijasida Hosil bo’lgan ko’pik, uglerod ikki oksidini, ortiqcha bosimi ta’sirida tiraluvchi (zapornaya) membrana 6 ni yirtadi (yoradi) va ko’piklatuvchi moslama 9 ga o’tadi. Sachratgich 7 orqali o’tib, u kichkina tomchilarga bo’linadi, moslama orkasidagi (teshik) 8 orqali Havo muxitini so’rib, u bilan aralashadi, to’r 10 orqali siqiladi va tashqariga chiqarib yuboriladi. Ishlab chiqariladigan ko’pikni Hajmi 500 l, otilish (struya) uzunligi 3-5 m, o’t o’chirgichni ishlash vaqtini davomiyligi 40-60 sek. Endi uglekislotali o’t o’chirgichlar UKO’-2 ,(OU-2), UKU-5 (OU-5) ni tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishamiz.
Uglekislotali o’t o’chirgichlar UKO’-2 (OU-2), UKO’-5 (OU-5); turli xildagi moddalar (xavosiz Holatda yonuvchi moddalardan tashqari) va 1000 V dan yuqori bo’lmagan kuchlanish ostidagi elektr qurilmalaridan chiqkan uncha katta bo’lmagan yong`inni o’chirish uchun mo’ljallangan va 40dan +50°S gacha bo’lgan oraliqdagi haroratlarda qo’llaniladi.
Rasm. 3 OXVP - 10 (KXKO`-10) o`t o`chirgich sxemasi. Qobiq; 2.stakan; 3. klapan; 4. chiqish teshigi; 5. ishga tushirish dastasi; 6. to`siq membrana; 7. sachratgich; 8. havoni ejektrlovchi tuynik;
O U-2 (UO’O’-2), OU-5 (UO’O’-5) o’t o’chirgichlar qalin devorli po’lat ballondan tashkil topgan bo’lib, (rasm). Hajmlari 2l va 5l ga teng, uning bo’yniga sifonli quvur va kengaytirgich quvur (rastrub) bilan bekitgich kallagi burab maxkamlangan. Bekitgich kallakda 16-19 MPa yaroqlicha Hisoblangan (mo’ljallangan) saqlagich membrana o’rnatilgan.
O’t o’chigichni ishchi zaryadi sifatida 6,0 MPa bosim ostidagi suyultirilgan uglekislotali gazdan foydalaniladi.
O’t o’chirgichni ishga tushirish uchun 8-chi halqali saqlagich chekani torting, ishga tushirish dastasini bosing, U esa tiralish klapani 4ni ochadi. Shundan keyin uglerod ikki oksidi sifon quvur 2, kengaytiruvchi quvur 9 orqali o’tib, tashqariga harorati-78,5°S da oq qorsimon massa Holatida chiqarib tashlanadi.
Rasm.4 OU-2 (UO`O`-2) o`t o`chirgichni sxemasi. 1. ballon; 2. sifonli trubka (quvur) 3. saqlagich membrana; 4. klapan; 5. shtok; 6. ishga tushiruvchi moslama; 7. ishga tushirgich dasta; (r'shag); 8.halqali saqlagich, cheka; 9. kengaytirgich quvur
kengaytiruvchi quvur
Zaryadning o’t o’chiruvchanlik samaradorligi, yonish zonasida kislorodni aralashtirilgan konsentratsiyasiga (Havodagi uglerod ikki oksidini konsentratsiyasi 30% dan kam bo’lmaganda yonish to’xtaydi) va uglerod ikki oksidini qattiq holatdan gaz holatiga o’tishida issiqlikni yutib, yonish o’chog`ida haroratni pasayishiga asoslangan.
O’t o’chirgichlar OU-2 (UO’O’-2) va OU-5 (UO’O’-5) da zaryadlarning massasi 1,4 va 3,5 kg. ni, zaryadning purkash uzunligi 1,5 va 4,5m ni, purkash vaqtining davomiyligi 15 sek. ni tashkil etadi.
Uglekislotali o’t o’chirgichlarni ishlatishda shuni esga tutish kerakki, uglerod ikki oksidi-zaHarli gaz, uning Havodagi 10% li miqdori xavfli, 20% li miqdori esa insonni o’lishga olib keladi.
OUB-3 (UBO’O’-3), OUB-7 (UBO’O’-7) xildagi uglekislotali-brometilli o’t o’chirgichlarni tuzilishi va ishlash prinsiplari bilan tanishish.
OUB-3 (UBO’O’-3), OUB-7 (UBO’O’-7) o’t o’chirgichlari barcha turdagi yonuvchi va eriydigan mahsulotlarni unchalik katta bo’lmagan yong`inlarni, shuningdek 380 V kuchlanish ostidagi elektr qurilmalaridagi yong`inni o’chirish uchun mo’ljallangan. Bu o’t o’chirgichlar ishqorli, ishqoriy metallar va ularni asosidagi qotishmalardagi yong`inni o’chirishga yaroqsizdir, chunki bu holatda portlash yoki yong`inni kuchayishi vujudga kelishi mumkin, shuningdek havosiz Holatda Ham yonuvchi boshqa materiallarni o’chirish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Bunday o’t o’chirgichlar-60°S dan +55°S gacha bo’lgan haroratda qo’llaniladi. OUB-3 (UBO’O’-3), OUB-7 (UBO’O’-7)o’t o’chirgichlari yupqa devorli ballon 1 dan iborat bo’lib, ballon ichiga sifonli quvur 2 va purkagichli (ishga tushuruvchi kallak) dastak o’rnatilgan (rasm).
O’t o’chiruvchi zaryad sifatida 4ND tarkib (97%) bronli etil va 3% suyuq uglerod ikki oksidi) qo’llaniladi. O’t o’chirgich qobig`ini ichiga zaryadni yuborish uchun 0,8MPa bosim ostida Havo so’riladi (tortiladi). O’t o’chirgich samaradorligi brometil yordamida yonish reaksiyasini kimyoviy tormozlanish orqali erishiladi, uning samarasi uglekislotali o’t o’chirgichlarga nisbatan bir necha marta yuqori. Sepishni yaxshilash uchun zaryadga uglerod ikki oksidi qo’shiladi.
O’t o’chirgichni ishga tushirishda halqali saqlagich chekani chiqarib olish kerak, ishlatish dastasi (riag) 5ni bosing, u shtok 6 yordamida tiralish (bekitish) klapani 3 ni ochadi. qisilgan Havota’sirida zaryad sifon quvur 2 bo’ylab o’tadi va kichkina dispersli aerozol ko’rinishida sachratkich 4 orqali tashqariga tashlanadi.
OUB-3 (UBO’O’-3) o’t o’chirgichini hajmi 3,2 l ga teng, OUB-7 (UBO’O’-7) o’t o’chirgichini Hajmi esa, 7,4 l, massalari 3,5 va8,0 kg ga teng, chiqarib tashlash (purkash) vaqti 20 va 30 sek, purkash uzunligi 3-4 m ga teng.
OP-1 «Moment-2P» va OP-YuA kukunli o’t o’chirgichlarning
tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish.
Kukunli o’t o’chirgichlar tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni, yonuvchi qattiq materiallarni, ishqorli metallarni, kuchlanish ostida qolgan qurilmalarni, shuningdek qimmatbaxo materiallari bo’lgan xonalardagi yong`inni o’chirish uchun mo’ljallangan. kukunli o’t o’chirgichlarning ishchi zaryadi sifatida eng ko’p tarqalgan kukunlar PSB-3 (natriy gidrokarbonati, aerosil va nefelinli konsentrati), P-1A (ammofos va aerosil), PF (fosfor - ammoniyli tuzlari, aerosil va talk), PS (natriy karbonati, grafit), SI-2 (silikagel MSK. Xladon P4V2) va boshqalar qo’llaniladi. Kukun o’t o’chirgichni ichidan ishchi gazning ortiqcha bosimi ta’sirida otilib chiqadi (uglerod ikki oksidi, azot, Havo).
Zaryadning o’t o’chiruvchanlik samarasi yonishni kimyoviy reaksiyasini tormozlanishi va yonish zonasida kukunni erigan maHsulotlari bilan kislorod konsentratsiyasining aralashuviga asoslangan.
Rasm 6 OP-1 “Moment-2P” o’t Rasm 7 OP-10 A o’chirgichni sxemasi
OP-1 «Moment-2P» o’t o’chirgich (rasm ) Hajmi 1 litr bo’lgan plastmassali qobig`dan iborat bo’lib, unga kukunli tarkib joylashtirilgan. Qobig`ga kallak 12 burab qotirilgan. Kallak esa o’t o’chirgichni ishga tushuruvchi dastak shtok 8 klapan 6 va igna bilan, ishchi gazli (uglerod ikki oksidi) balloncha 3 uchun stakancha qobig`i 4 va sifonli quvur 2 o’rnatilgan.
O’t o’chirgichni ishga tushirish uchun dastak 11 ni oxirigacha tezda yuqoriga ko’tarish kerak. Buning natijasida dastakni uchi (dumi) 10 shtok 8 ni bosadi. Shtok prujinani siqib pastga Harakatlanadi, klapan 6 ni ochadi va igna gazli balloncha membranasi 5 ni teshadi. Ballonchadan gaz sifonli kuvur 2 bo’yicha o’t o’chirgich 1 ni qobig`iga o’tadi, kukunli tarkibni qo’zg`atib, Harakatga keltiradi. Shunda prujina va gaz bosimini ta’siri ostida klapan 6 yana bekiladi (yopiladi). Dastak 11 ni keyingi ko’tarilishi davomida kukun, teshikli moslama (nasadka) 7 orqali chiqarib tashlanadi, dastakni tushirilishi kukunni uzatilishini to’xtatadi.
O’t o’chirgichni kukunli zaryad massasi 0,9 kg, zaryadni chiqarish vaqti 6-8 sek, ballondagi gaz bosimi 0,8 MPa, o’t o’chirgichni qobig`idagi bosim 0,6 MPa. Foydalaniladigan Haroratni chegarasi - 25°S dan - 35°S gacha.
OP – YuA o’t o’chirgich kukun tarkibli po’lat qobig` 1 dan iborat bo’ladi. Kukunni chiqarib tashlash uchun ishchi gazli balloncha 9 qobig`ga o’rnatilgan. Ballonchaga gazni membrana 5 saqlab turadi. O’t o’chirgichni ishga tushirish uchun tamg`ani uzib va cheka 6 ni tortish kerak. Shunda chekani qobig`ili qismi ignali 8 shtokni Harakatlantiradi, u esa gazli ballonchani 9 membranasi 5 ni teshadi. Ballonchadan gaz chiqib, quvur 3 bo’ylab o’tadi va o’t o’chirgichni qobig`iga tushadi, kukunli tarkibni qo’zg`atib Harakatlantiradi va po’lat quvur 2 bo’ylab, keyin esa egiluvchan prorezin shlanga 4 bo’ylab tiraluvchi pistolet 11 ga boradi. Dastak 10 ni bosgandan keyin klapan ochiladi va kukunli tarkib teshikli moslama (nasadka) 12 orqali tashqariga chiqarib tashlanadi.
O’t o’chirgichni zaryadli massasi 10 kg, boshlang`ich ishchi bosimi 1,2 MPa, faoliyat davomiyligi 18- 20 s. Foydalaniladigan Harorat chegarasi +50°S.
Havo-mexanik ko’pikni karraligini aniqlash.
O’lchov lineykasi 6 (rasm) bo’yicha ko’rish oynasiga ko’rsatilgan o’lchov lineykasi 6 (rasm) bo’yicha bak 5 da ko’pik Hosil qiluvchi xajimni belgilang. Kerak bo’lganda 6% li ko’pik Hosil qiluvchi eritmadan Hajmi 4-5 l gacha quying.
Elektrodvigatelni ishga tushiring. Shunda ko’pik Hosil qiluvchi eritma nasos bilan ko’piklantiruvchi moslama (nasadka) 1 ga uzatiladi, bu yerda u mayda tomchilarga bo’linadi, Havo so’riladi, u bilan intensiv aralashtiriladi, to’rlar majmuasi orqali majburan o’tkaziladi va undan ko’pik ko’rinishida chiqadi.
O’lchov lineykasi 4 bo’yicha ko’pik Hajmini belgilang. Formula bo’yicha Havo-mexanik ko’pikni karraligini aniqlang:
K = Qp / Qc
bu yerda: Qp - olingan ko’pikni Hajmi, L ;
Qc -sarflangan ko’pik hosil qiluvchini hajmi, L:
O’t o’chirgich bilan yong`ino’chog`ini o’chirish
O’qituvchidan yonuvchi moddani oling (yog`och, moyli latta va x.k.). uni yonish kamerasining ostiga joylashtiring.
OU-2 o’t o’chirgichini ishlashga tayyorlang va uni kamerani yoniga o’rnating.
Yonuvchi moddani yoqing, u yaxshi yonishi bilan o’t o’chirgichni ishga tushirish dastagini bosing, kengaytirgich quvurni yong`in o’chog`iga yo’naltiring. Yonish to’liq to’xtagan Holda uglerod ikki oksidini uzatishni to’xtating.
Tajriba natijalarini jadval ko’rinishida keltiring.
Ko’pik Hosil qiluvchi eritmani sarflangan Hajmi L
|
Olingan ko’pikni
Hajmi, L
|
Ko’pikni karraligi
|
|
|
|
|
|
|
Foydalanilgan adabiyoti
1.A. Mark, P. Friend James Fundamentals of Occupational Safety and Health. Bernan Press. Germaniya, 2007
2. Yuldashev O.R. Mehnat muhofazasi maxsus kursi./ Darslik. –T.: “Tafakkur qanoti”, 2015. – 336 b.
3.E.I.Ibragimov, S.Gazinazarova, O.R.Yuldashev. Mehnat muhofazasi maxsus kursi. Darslik.-T.: TIMI, 2014.-536 b.
4.O.R.Yuldashev, Sh.G.Djabborova, O.T.Xasanova. Hayot faoliyati xavfsizligi. Darslik–T.:“Toshkent-Iqtisodiyot”,2014.– 268 b.
5.Yormatov G‘.Yo. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: “Aloqachi”, 2009. – 348 b.
.“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (yangi taxriri) O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 2016 yil 22 sentyabr.
10. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi Nizom. Vazirlar Mahkamasining qarori № 286, 06.06.1997, –T.: 1997.
11.“Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasallik-laridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qonun. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 , 37-38-son.
|