6-mavzu. Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari




Download 40.19 Kb.
bet9/15
Sana04.04.2023
Hajmi40.19 Kb.
#48591
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
8-Global jarayonlar va baraqaror taraqqiyot
d2a5a031-3122-4f61-9775-85498b4cc33a, Actual Listening and Reading, portal.guldu.uz-Amaliy mashgulotlar removed, Ishni bajarish tartibi, Abonent kirish tarmoqlari., Abonent kirish tarmoqlari pon (Passive Optical Network – passiv , Majidov S. 1-ish, 1.2.Talabalarning ota-onalari, z3uGxA4mkDXddxhfjLhRxuVaARNKVmYFg2GJsIGh, Ta\'lim texnologiyalari (1), 1. pedagogik texnologiyaning paydo bo\'lishi, rivojlanishi va uni, Tarbiya texnologiyalari tarixi, istiqbollari. Tarbiya texnologiy, Maple amaliy paketining versiyalari, baxtiyor.uz-8-mart-onajonlar-bayrami
Ta’lim muammosi. Demografik portlash sabablari ta’lim muammosi bilan uzviy bog‘liq. So‘nggi yillarda jahonda savodsizlar soni foiz hisobida kamaygan bo‘lsa, mutlaq hisobda o‘sishda davom etmoqda. Bunda ma’lumotsiz odamlarning hayoti amalda ko‘p bolalikni xurofiy aqidalar bilan oqlaydigan arxaik oilaviy an’analarga bo‘ysunadi. Pirovardda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi tafovut bu jihatdan ham ortishda davom etmoqda. Hozirgi vaqtda ajabtovur vaziyatni kuzatish mumkin: savodxonlik mutlaq raqamlarda o‘sayotgan bir paytda, savodsizlar, ya’ni o‘qish, yozish, oddiy arifmetik amallarni bajarishni bilmaydigan odamlar soni ham o‘sib bormoqda (Hindiston aholisining 70%, Pokiston aholisining 60%, Afrika mamlakatlari aholisining 80% savodsiz).
SHu bilan bir qatorda aksariyat odamlarning ma’lumot darajasi yangi texnologiyalar va kompyuter texnikasidan keng foydalanuvchi hozirgi jamiyatda to‘laqonli yashash va mehnat qilish imkonini bermasligi bilan bog‘liq funksional savodsizlik ham o‘sib bormoqda.
Bu muammoning boshqa bir jihati shundan iboratki, jahonning aksariyat davlatlarida ta’lim olish imkoniyati barchaga teng darajada ta’minlanmagan bo‘lib, bu ijtimoiy keskinlikning qo‘shimcha manbai hisoblanadi. SHuningdek hozirgi davrda ta’lim sifatini yaxshilash, uning mazmunini ijtimoiylashtirish masalasi ko‘ndalang bo‘lib turmoqda. SHuni alohida ta’kidlash lozimki ta’limning ijtimoiylashuvi o‘quv jarayonida gumanitar fanlarning o‘quv soatlari yoki fanlar sonini ko‘paytirish emas balki, tabiiy ilmiy fanlar mazmunini gumanitarlashtirish, har qanday ilmiy kashfiyotni inson manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirishi lozim. SHundagina inson o‘z mavjudligini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘ladi. SHu nuqtai nazardan, O‘zbekistonda 1997 yilda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida” aynan shu maqsadlarni o‘zida ifodalaydi. “O‘zbekistonda har yili ta’lim uchun sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko‘rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi”1. Zero, insonning nafaqat bilim olishi, balki kasbiy malakalarga ega bo‘lishi ijtimoiy savodsizlikni bartaraf qilishning muhim omili hisoblanadi.

Download 40.19 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Download 40.19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6-mavzu. Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari

Download 40.19 Kb.