|
6-mavzu. Pedagog xodimlar tarkibining maqomi va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun Reja
|
bet | 1/4 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 151,82 Kb. | | #159704 |
Bog'liq 6-Ma\'ruza 6-mavzu. Pedagog xodimlar tarkibining maqomi va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun Reja: 1-Pedagog xodimlar tarkibining maqomi va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash; 2-Prezident ta’lim muassasalari agentligining Tashkiliy Tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.12.2021 yildagi 741-son - PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI HUZURIDAGI PEDAGOGIK MAHORAT VA XALQARO BAHOLASH MARKAZI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
- 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarorining 11-bandiga muvofiq Prezident ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) huzurida yuridik shaxs maqomidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
https://lex.uz/ru/docs/-5765502?ONDATE=09.12.2021%2000
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 19.07.2021 yildagi PQ-5188-son - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 19.07.2021 yildagi PQ-5188-son
- PREZIDENT, IJOD VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
- Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash tizimini takomillashtirish borasidagi faoliyatini davom ettirishi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
https://lex.uz/ru/docs/-5520855
2. Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. - 2. Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Vasiylik kengashi 10 kun muddatda Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilasin.
- 3. Agentlikning 2021 — 2025-yillarda Agentlik tizimida 13 ta yangi ixtisoslashtirilgan maktabni qurish va mavjud 5 ta ijod maktabini ta’mirlash, ularni zarur o‘quv adabiyotlari va moddiy-texnika vositalari bilan jihozlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
- 4. Quyidagilar:
- Agentlik tizimidagi maktablarni qurish, ta’mirlash hamda zarur mebel jihozlari, o‘quv adabiyotlari va moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan manzilli ro‘yxat (keyingi o‘rinlarda — Manzilli ro‘yxat) 2-ilovaga muvofiq;
- Agentlik tizimidagi ijod maktablari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Belgilab qo‘yilsinki, 2021 — 2025-yillarda Agentlik tizimidagi maktablarni:
- qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash — O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan;
- zamonaviy mebel va jihozlar, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter, multimedia hamda video-kuzatuv vositalari bilan ta’minlash — O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan mablag‘lar, Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
6-mavzu. Pedagog xodimlar tarkibining maqomi va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun Reja
|