6-mazu. Talabalarda psixologiyani o’qitish malakasini egallashga doir mustaqil ishlar. Reja




Download 182.07 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.05.2023
Hajmi182.07 Kb.
#58526
Bog'liq
6-mazu. Ta’limning tashkillashtiruvchi shakllari va vositalari (2)
48850, 402-PP GULNORA, fddfdg dfv dv fd, psixologik test bazarov s, IQTISODIYOT AXBOROT KOMMUNIKATSION O\'D, bayonnoma ochiq dars, 123, DFX


6-mazu. Talabalarda psixologiyani o’qitish malakasini egallashga doir 
mustaqil ishlar. 
Reja: 
6.1. Talabalarning psixologiya o’qitish ko‘nikmalarini egallash bo‘yicha mustaqil 
ishlari. 
6.2. Munozarani tayyorlash va o’tkazish. 
6.3. Psixologiyadan ma’ruza matnlarini mustaqil ishlab chiqish. 
6.4. Seminar mashg‘uloti ssenariysini ishlab chiqish. 
6.5. Psixologiyadan bironta mavzuni o’tkazish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
Mustaqil ishlar, referat tuzish, annotatsiya, konspekt. 
Talabalar mustaqil faoliyatining shakllari, metodlari xilma – xil bo’lib, 
psixologiya fanini (sohasini) mustaqil o’rganishning negizi hisoblanadi: Ilmiy 
psixologik adabiyotlarni annotatsiya qilish, birlamchi manbalar bo’yicha konspekt 
tuzish, referat va ma’ruza yozish, kurs va bitiruv ishlarini bajarish, auditoriyadan 
tashqari paytda tajriba o’tkazish hamda olingan miqdoriy natijalarni ham miqdor, 
ham sifat jihatidan tahlil qilish va boshqalar. 
Endi ularning har birini maqsdga muvofiq amalga oshirish yo’l – yo’riqlari 
yuzasidan fikr – mulohaza yuritiladi. 
1. Ilmiy psixologik adabiyotlardan annotatsiya qilish – muallif tomonidan 
o’rganilib chiqilayotgan u yoki bu ilmiy izlanishdagi asosiy muammolarni sanab, 
ta’kidlab chiqishdan iborat shaxsni bilish faoliyatining alohida bir shaklidir. 
Annotatsiya qilishda o’rganilayotgan muammoga bevosita aloqador bo’lgan 
masalalarni, ularning qirralari va tarkiblarini alohida-alohida ajratib ko’rsatish 
maqsadga muvofiq. 
2. Ilmiy psixologik adabiyotlardan konspekt tuzish. Konspekt atamasining 
o’zi biron-bir maqola, kitob, monografiya, nutq va shu kabi boshqa ijodiy 
ishlarning qisqacha mazmunini bayon qilish degan ma’noni anglatadi. Odatda 
konspekt tuzish biror materialni(ma’ruzani) puxta esda olib qolish va esda saqlash 
uchun zarurdir, degan fikr mavjuddir, ammo mazkur o’rganilayotgan materialni 
chuqurroq, uning boshqacharoq nuqtai nazardan o’rganish maqsadida konspekt 
tuzish yanada muhimroq uslubiy tadbirlardan biri bo’lib hisoblanadi. Buning 
uchun konspekt qisqa, ravon, to’liq, aniq bo’lmog’i lozim, chunki u qaytatdan 
foydalanishga mo’ljallangan shaxs faoliyatining mahsulidir. 
Konspekt tuzishning dastlabki bosqichida muallif (avtor) matndan chetga 
chiqish, nomuhim alomatlar (belgilar) ni mavhum tarzda tasavvur etish murakkab 
kechadi. Bosqichma-bosqich muallif fikrlarini o’zlashtira borish, ularni o’z so’zi, 
uslubi bilan ifodalab berish jarayonida yozma nutqda talab qilinadigan aniqlikka, 
qisqalikka, yig’iqlikka asta – sekin erisha boriladi. 
Asarning asosiy mazmunini yuksak aniqlik bilan ifodalashga erishish uchun 
zarur joylarini muallifning ta’rifi bo’yicha yozib olish hamda foydalanilgan 
sahifalarni kitob varog’idan ko’rsatib ketish lozim. Uning mukammal darajasiga 
erishish uchun ilmiy asarning asosiy qoidalarini yozib olish, materialning muallif 


tomonidan bayon etilgan mantiqiy mazmunini qayta tiklash masalasiga jiddiy 
e’tibor berish maqsadga muvofiq. Buning uchun konspektni varaqning bir 
tomoniga yozib, ikkinchi tomonini bo’sh qoldirish ma’qul. 
Tajribalarning ko’rsatishicha, konspekt tuzayotganda o’rganilayotgan manba 
kamida ikki marta o’qib chiqilishi lozim, chunki ish bilan birinchi marta 
tanishilganda uning to’g’risida umumiy tasavvur yuzaga keladi, ikkinchi marta esa 
uning asosiy mazmuni namoyon bo’ladi va uni konspekt qilishga kirishiladi. 
Talabalarga konspekt tuzish haqida ma’lumot berilayotgan jarayonlarda uning 
asosiy tuzilmaviy (strukturaviy) tarkiblari (elementlari)ga e’tibor qilish kerakligi 
ta’kidlab o’tilishi lozim: gipoteza, uni nazariy va eksperimental jihatdan tekshirish, 
faktlarni aniqlash, empirik hamda nazariy umumlashmalar. Eksperimental 
metodikalar, natijalar muhokamasi, xulosalar va boshqalar. Jumladan, gipoteza – 
bu hodisa yoki bir-biriga aloqador hodisalar o’rtasida qandaydir qonuniyat
sabablar mavjudligi to’g’risida bildirilgan taxminlar; gipotezani nazariy jihatdan 
tekshirish – bu taxmin qilinayotgan fikrni allaqachon isbotlangan va ilmiy 
psixologik adabiyotlarda mavjud qoidalar, printsiplar bilan taqqoslashdan iborat 
bo’lib, buning natijasida ilgari surilayotgan gipoteza bilan o’sha printsiplar 
o’rtasida mantiqiy qarama-qarshilik yo’qligi aniqlab olinadi; tadqiqotchilar 
tomonidan aniqlab olingan va yozib qo’yilgan voqealar, xodisalar faktlar deb 
ataladi; empirik umumlashmalar-bu sub’ekt hodisalarining faqat ularning tashqi 
alomatlari asosida birlashtirishdir; nazariy umumlashma – bu ob’ektlarni ularning 
muhim bir-biriga o’xshashlik belgilariga qarab, ya’ni mazkur hodisaning o’ziga 
xos xususiyatini belgilovchi tomonlariga qarab birlashtirilishidir; eksperiment 
metodikasiga tadqiqot o’tkaziluvchilar uchun topshiriq, tajriba o’tkazish shart-
sharoitlarining bayoni, sinaluvchilarning tarkibi va miqdori, ularning o’zaro 
bog’liqligi kiradi. 
Konspekt tuzishda noaniq terminlarga izoh berish, spravochniklardan 
foydalanish, kartoteka tuzib chiqish, bibliografik tavsif tayyorlash (maqolaning 
tavsifi, kitobning mazmuni, ko’p tomli nashrning tavsifi kabilar) muhim ahmiyatga 
ega. 
3. Referat ishlari tayyorlash uch xil xususiyatga ega: 1) ilmiy ishga yozilgan 
tanqidiy taqriz; 2) mavzu bo’yicha tadqiqot ishining analitik obzori; 3) bahsning 
tanqidiy tahlili. 
 
Mavzu yuzasidan nazorat savollar: 
1. Talabalar mustaqil faoliyatining shakllarini sanab bering. 
2. Ilmiy psixologik adabiyotlardan annotatsiya qilishning mohiyatini ochib bering. 
3. Ilmiy psixologik adabiyotlardan konspekt tuzishning ahamiyati nimada? 
4. Referat ishlari tayyorlash qanday xususiyatlarga ega? 
5.”SHarq mutafakkirlarining psixologik qarashlari” mavzuida referat tayyorlang.

Download 182.07 Kb.




Download 182.07 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6-mazu. Talabalarda psixologiyani o’qitish malakasini egallashga doir mustaqil ishlar. Reja

Download 182.07 Kb.
Pdf ko'rish