6-mustaqil ish




Download 13,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana17.12.2023
Hajmi13,15 Mb.
#121462
  1   2   3
Bog'liq
6-MUSTAQIL ISH (1)



Muhammad al-Xorazmiy
nomidagi TATU Qarshi
filiali RI-11-21 guruh
talabasi Yo’lchiyev
Abdulboriyning raqamli
iqtisodiyot va inovatsiya
fanidan 6-mustaqil ishi


Reja:
1 Kirish
3 Hulosa
2 Raqamli iqtisodiyot sohasida turli
mamlakatlarning strategiyalari


Ko‘plab rivojlangan mamlakatlar, ro‘y berishi lozim bo‘lgan o‘zgarishlar
muqarrarligini tushunib, iqtisodiyotni raqamlashtirish tomon jadal harakatni
ongli ravishda boshlamoqdalar. Bu yo‘nalishni birinchilardan bo‘lib ma’lum
qilgan AQSH, Yaponiya, Koreya va Xitoy bugungi kunda raqamli poygada
norasmiy yetakchilar sanaladi. Ularning keyingi o‘rinlarda Buyuk
Britaniya,Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Kanada, Avstraliya, Belorussiyava
boshqalar turadi. Biroq agar biz ularningstrategik hujjatlari va rivojlanish
dasturlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ma’lum bo‘lishicha, ular tarkibida
quyidagilar mavjud emas ekan: 
1. Raqamli iqtisodiyot rivojlanishi ifodalanganqandaydir konsepsiyahamda
uningtaktik va strategik ko‘rinishi;
2. Raqamli iqtisodiyotning barcha jihatlarini aniq va ravshan aks
ettiradigan aniqlanuv yoki raqamli iqtisodiyot paradigmasi; 
3. Raqamli iqtisodiyotning mavjud iqtisodiyotga qanday ta’sir qilishini
tavsiflash (mehnat unumdorligini oshirishdan tashqari); 
4. Raqamli iqtisodiyotta’sirida boshqa sohalarda ro‘y berishi mumkin
bo‘lgan asosiy son va sifat o‘zgarishlarini tavsiflash. 


Bu dalillarni birlashtirgan holda qayd etishga majburmizki, bironta,
jumladan, yetakchi mamlakatlarda ham raqamli iqtisodiyot o’zi nima
ekanligi va u kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi
haqida to‘laqonli falsafiy tushunish yo‘q. Ko‘rinib turibdiki, raqamli
iqtisodiyot deganda, ko‘plab mamlakatlariqtisodiy munosabatlar va
boshqaruvning yangi shakllarni emas, balki, iste’molchilar bilan
kommunikatsiya va to‘lovlarning yangi elektron raqamli shakllarini
tushunadi, holos. Aftidan, ko‘pchilik mamlakatlar raqamli
iqtisodiyotni .ongli ravishda tashkil etmaydi, balki mavjud iqtisodiy
munosabatlarni raqamlashtirish jarayoni bilan shug‘ullanadi, xolos.
Bu faoliyat, eskirganlik darajasi yaqqol ko‘zga tashlanib turganiga
qaramay, raqamli iqtisodiyot tuzishning maqsadli yo‘naltirilgan
jarayoni hisoblanmaydi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonining
ba’zi yetakchi mamlakatlari esa qarama-qarshi yondashuvlar tanlab
olgan. Masalan,AQSH bozor yo‘nalishini, Xitoy esa rejali iqtisodiyotni
tanlab olgan. Qolgan mamlakatlar ma’lum bir oraliq variantlarga
rioya qilishadi. Shuni alohida aytib o‘tishni kerakki, xuddi Xitoy kabi,
AQSH dasturi nuqtai-nazaridan ham iqtisodiyotni raqamlashtirish
jarayonida biz globallashuvning yangi bosqichini ko‘ramiz.
Dunyodagi eng kuchli ikkita iqtisodiyot sifatida AQSH va Xitoy uchun
globallashuvfoydali, chunkiiqtisodiy jihatdan kuchliroq bo‘lgan
o‘yinchi doimo o‘z ustunligini namoyish etish imkoniyatiga ega
bo‘ladi.



Download 13,15 Mb.
  1   2   3




Download 13,15 Mb.
Pdf ko'rish