bog‘liq bo‘lmagan yo‘nalishlardan iborat:
1. Sanoat internetini joriy qilish hisobiga ishlab chiqarishni raqamlashtirish;
2.Sotuv bozorini yanada kengaytirish uchunInternet imkoniyatlaridan
foydalanish.
Tanlab olinganstrategiyaquyidagi to’rt asosiy tarkibiy qismni ko‘zda tutadi:
Logistika va ishlab chiqarishi total raqamlashtirish;
Raqamli iqtisodiyot uchun normativ-huquqiy baza ishlab chiqish;
Boshqaruv tizimlarini raqamlashtirish, raqamliplatformalar yaratish;
Raqamli platformalar va ekotizimlarni umumiy makonga optimal ravishda
integratsiyaqilish.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boshqa mamlakatlar kabi, O‘zbekiston uchun ham uning dunyo
miqyosidagi raqobatbardoshligini belgilab beradigan strategik ahamiyatga molik masalalardan biri
hisoblanadi.Shuni hamtan olish kerakki, O‘zbekistonga bugungi kunda maqbul keladigan tadbir qisqa
davrda – birinchi navbatda, texnologik ortda qolishdan qutulishdir. Hosirda esamamlakatimizda zarur
miqdordagi iqtisodiyot sub’ektlari yo‘qligi tufayli yetuk va to’laqonli raqamli iqtisodiyotni o‘z-o‘zidan
shakllantirish uchun shart-sharoitlar yo‘q. Bu esa davlatimizga raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini
uchun shartsharoitlar yaratish, uni eng kerakli sohalarga yo’naltirish va bu jarayonni imkoniyat
darajasida rag‘batlantirish zarurligi demakdir. Milliy iqtisodiyotning yana bir muhim ajralib turadigan
jihati shundaki, YIMning asosiy qismi davlatkorporatsiyalari (yoki davlat ishtiroki ulushi katta bo‘lgan
kompaniyalar) tomonidan yaratiladi. Ishlab chiqarishning ko‘plab tarmoqlarida davlat ishtirokidagi
o‘yinchilarbozorning 80%gacha bo‘lgan qismini tashkil qilishi mumkin. Bunday sharoitlardaprofilli
vazirliklar yoki davlat korporatsiyalari rahbarligi ostida industrial raqamli platformalar yaratish eng
oqilona qadam bo’lib hisoblanadi. Bunday platformalar raqamli iqtisodiyotning tez rivojlanishi va unga
mos keluvchi texnologiyalarning keng tarqalishi uchun zarur infratuzilma bazisini yaratadi.Raqamli
iqtisodiyotplatformalarituzishdaasosiy e’tiborni quyidagi yo‘nalishlarga qaratish zarur: transport,
telekommunikatsiyalar, energetika, ma’lumotlarni qayta ishlash, sog’likni saqlash, dori-darmonlar
logistikasi, turizm, tashqi iqtisodiy faoliyat, ko’chmas mulk va ishlab chiqarish. Aynan shu sohalarning
rivojlanishi infratuzilma va texnologik bazis yaratishga imkon beradi, ularni boshqa sohalarga
ko‘chirgan holda O‘zbekiston yetuk raqamli iqtisodiyotni maksimal darajada tez rivojlantirishi
mumkin.
Bunday yondashuv bugungi kunda respublikamiz uchun eng
maqsadga muoviq bo‘lib ko‘rinadi, lekin u ham kamchiliklardan xoli
emas, albatta. Mos keluvchi strategiya unga asoslanishi lozim bo‘lgan
raqamli iqtisodiyotkonsepsiyasini shakllantiish uchun taxmin
qilingan yo‘l risklarini ham, raqamli iqtisodiyot risklarini ham hisobga
olish lozim. Ushbu bobga yakun tariqasida shuni alohida aytib
o‘tishni istardikki, rivojlangan mamlakatlar raqamli iqtisodiyotining
ko‘plab dasturlari (AQSH, Avstriya, Avstraliya, Buyuk Britaniya,
Koreyava boshqalar) asosiy e’tiborni “raqamli tibbiyot” va “aqlli
shahar” ijtimoiy yo‘nalishlariga qaratgan. Bunday loyihalarni
rivojlantirish yo’nalishi jiddiy iqtisodiy samaraga ega emas, ammo bu
holatbir qator dalillar bilan asoslanishi mumkin:
birinchidan, har qanday keng ko‘lamli rivojlanish dasturi g‘arb
turidagi ochiq jamiyatdajamiyat tomondan ma’qullanishi va
qo‘llab-quvvatlanishi lozim. Shu sababli, raqamli iqtisodiyotning
rivojlanishi bunday ijtimoiy loyihalar belgisi ostida boradi;
ikkinchi yirik sanoatlarda raqamlitexnologiyalar joriy
qilishertamikechmi, o‘z-o‘zidan iqtisodiy maqsadga muvofiqlik
tufayli ro‘y beradi. Ijtimoiy 63 loyihalar esa davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadi (ya’ni, maqsadga muvodiq
narsalar aqlga muvofiq, aqlga muvofiq narsalar esa maqsadga
muvofiqdir);
Raqamli iqtisodiyot zamonaviy axborot texnologiyalari asosida va real iqtisodiy sharoitlarga muvofiq
ravishada rivojlanadi.Agar ilgari ishlab chiqarish, savdo va moliya texnologiyalari izchillik bilan
rivojlangan bo‘lsa, hozirgi paytga kelib,asosan gorizontal o‘zaro aloqalarga (o‘zini-o‘zi tashkil qilish va
singulyarlik), innovatsion tadbirkorlikka (o‘zini-o‘zi rivojlantirish), axborot injiniringiga (o‘zinio‘zi
takomillashtirish) vaiqtisodiy jarayonlarni avtoformalizatsiyalashga (avto strukturalash) asoslanadigan
zamonaviy axborotlashgan iqtisodiyotning asosi bo‘lgan NET paydo bo‘lgan. NETning moddiy asosini
data-markazlar hamda axborotni tizimlashtirish vatahliliy qayta ishlash uchun mo’ljallangan zamonaviy
IT-platformalari tashkil qiladi. Biznes-tahlil va boshqaruv konsaltingi bo‘yicha hizmatlar «provaydingi»
rivojlanishi ham raqamli iqtisodiyotda dolzarb ahamiyatga ega. Bund yangi tashkilotlar – axborot-
konsalting hizmatlari va davlat rivojlanish agentliklari ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishning
tashkiliy asosi hisoblanadi.IHTT tomonidan 2016 yil bu tashkilotga a’zo bo‘lgan 32 mamlakat va yana 6
ta hamkor mamlakatda o‘tkazilgan so‘rov ma’lumotlariga ko‘ra, ularning ba’zilaridagina raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi, rejasi yoki dasturi mavjud. 2017 yilning sentyabridan boshlab,
Avstraliya hukumati raqamli iqtisodiyot Strategiyasini ishlab chiqishni boshlangani haqida e’lon qildi.
AQSHda 2015 yil raqamli iqtisodiyot rejasini shakllantirish haqida ma’lum
qilindi (digital economy agenda), 2016 yil esaxususiy biznes tomonidan
amalga oshiriladigan internetni rivojlantirish, axborot havfsizligi,
innovatsiyalarni ilgari surish va boshqa funksiyalarni bajaradigan Savdo
vazirligi qoshida raqamli iqtisodiyot bo‘yicha maslaxatchilar Kengashi
tashkil qilindi. Iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotiga o‘sib borayotgan
ma’lumotlar oqimlari ta’sirining universalligiular haqida zamonaviy
jamiyatning iqtisodiy o‘sishi yetakchi resursi sifatida gapirishga imkon
beradi.Raqamli iqtisodiyotni tahlil qilishning turli tadqiqotchilar
tomonidan u yoki bu darajada ko‘rib chiqiladigan to‘rtta mezonini ajratib
ko‘rsatishimiz mumkin:
bandlik sohasi bilan bog‘liq mezon;
makonga oid mezon;
texnologik mezon;
iqtisodiy mezon.
Bunda, garchi tadqiqotchilar ko‘pincha birinchi o‘ringa ularning
tasavvurlariga mos keladigan u yoki bu ta’rifni olib chiqishsada,
ular orasida birbirini to‘ldirib turabigan mezonlar ham bo‘lishi
mumkin. Biroq, aksariyat ta’riflarning asosida ma’lumotlarni
qayta ishlash sohasidagi miqdoriy o‘zgarishlar sifat jihatidan
yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yuzaga kelishiga bo’lgan
ishonch yotadi
THANK YOU
|