|
№6 Wi-Fi simsiz tarmoqlarning tashkil etishni tadqiq qilish
|
bet | 3/4 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #256694 |
Bog'liq 6-laboratoriya mashg\'uloti (3)
Bitta darajali rejim deyiladigan Ad Hoc rejimi quyidagi rasmda
ko‘rsatilgandek, ulanish nuqtasidan foydalanmasdan tugunlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri (nuqta-nuqta) bog‘lash imkoniyatini beradi. Qayd etilgan infratuzilma mavjud bo‘lmaydi.
Ad Hoc simsiz tarmog‘i kamida ikkita mijozlardan tashkil topishi kerak.
Misol sifatida ikkita A va V kompyuterlarni olamiz.
Izoh: sozlashni boshlashdan oldin Windows Zero Configuration ( WZC ) xizmati ishga tushirilganiga ishonch hosil qilish kerak. Agar uning ishga tushirilganligi yoki tushirilmaganligi ma’lum bo‘lmasa, sozlanishlarni tekshirish uchun quyidagi bosiladi.
A kompyuterda Ad Hoc tarmog‘i profilini yaratish.
qadam: Boshqarish paneli → Tarmoq bog‘lanishlariga o‘tiladi va Simsiz tarmoq ulanishini (Wireless Network Connectoin) topiladi. Sichqonchaning o‘ng tugmasi Simsiz tarmoq ulanishiga bosiladi va Xususiyatlar (Properties) tanlanadi.
qadam: Simsiz tarmoqlar yorlig‘ida Qo‘shish (Add) tugmasi bosiladi.
qadam: Simsiz tarmoq xususiyatlari oynasidagi Aloqa oynasida Simsiz
tarmoq nomini [SSID] kiritiladi. Bizning misolimizda simsiz tarmoqning nomi adhoctest bo‘ladi. Keyin oynaning pastki qismida, katakcha belgilanadi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuter-kompyuter bog‘lanish, ulanish nuqtalari ishlatilmaydi. Keyin OK tugmasi bosiladi.
qadam: 3-qadam bajarilgandan so‘ng, afzal ko‘rilgan tarmoqlar adhoctest nomli tarmoq profili paydo bo‘lishi kerak. Sozlamalarni saqlash uchun OK bosiladi.
A kompyuterida IP manzilni qo‘lda sozlash.
qadam: Sichqonchaning o‘ng tugmasi Simsiz tarmoq ulanishiga bosiladi va Xususiyatlar (Properties) tanlanadi.
qadam: Umumiy (General) yorlig‘ida Internet protocol (TCR/IP) ikki
marta bosiladi.
qadam: Quyidagi IP-manzildan foydalanishni (Use the fallowingIP address) belgilash va IP-manzil va quyi tarmoq niqobini kiritish kerak. Keyin OK bosiladi.
qadam: Simsiz tarmoqqa ulanish → xususiyatlar oynasida OK bosiladi.
B kompyuterda Ad Hoc tarmog‘ini qidirish
qadam: sichqonchaning o‘ng tugmasini Simsiz tarmoq ulanishiga bosish, Ko‘rish uchun mavjud simsiz tarmoqlarni (View Available Wireless Networks) tanlash kerak.
qadam: Qidiruv oynasida adhoctest tarmog‘i (A kompyuteriga o‘rnatilgan) topiladi. Keyin unga ikki marta bosiladi va Istalgan holda ulanish (Connect Anyway) bosiladi.
B kompyuterda IP-manzilni qo‘lda sozlash.
Qadamlar A kompyuterni sozlashdagi bilan bir xil (5-8 qadamlar) bo‘ladi. V kompyuter uchun boshqa IP manzilni tayinlash kerak, pastki tarmoq maskasi A kompyuter bilan bir xil bo‘lishi kerak. Bizning misolimizda bu 192.168.1.20/255.255.255.0 bo‘ladi.
Ad Hoc tarmog‘ini qurish bo‘yicha asosiy sozlashlar yakunlandi. Agar yana tarmoq qidirish oynasi ochilsa, adhoctest tarmog‘ining ulanganligini ko‘rish mumkin.
|
| |