• Taraflar (vakolatli vakillari) imzolari: Sotib oluvchi (Sotuvchi) nomidan va uning topshirig‘i bo‘yicha Broker
  • Makler “O‘zRTXB” AJ _____________________________________ (filial makleri, savdo maydonchasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchisi) M.O‘.
  •  Korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlar




    Download 199.31 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet7/7
    Sana04.03.2024
    Hajmi199.31 Kb.
    #166611
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Ticket6684489 240129124200 9004039F-88D9-459A-A423-4139A36CEB43
    5-амалий логистика (2), Kurs ishi-Sadullayeva Xusniya
    9. Korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlar.
    9.1. Taraflar shartnoma tuzishda, shartnoma majburiyatlarini ijro etish davomida va shartnomani bekor qilishda, shartnoma bilan bog‘liq korrupsiyaviy
    xatti-harakatlar sodir qilmaslikka kelishib oladilar.
    9.2. Taraflar shartnomaning ushbu bobida belgilangan korrupsiyaning oldini olish choralarini tan oladilar va ularga rioya etilishi bo‘yicha hamkorlikni
    ta’minlaydilar.
    9.3. Har bir taraf shartnoma tuzilgan paytda bevosita o‘zi yoki uning ijroiya organlari, mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan shartnoma bilan bog‘liq
    munosabatlar yuzasidan qonunga xilof ravishda pul, moddiy qiymatliklar berilmaganligini, shartnoma tuzilishi evaziga norasmiy pul yoki boshqa moddiy
    qiymatliklar olinishiga yo‘l qo‘yilmaganligini, taklif etilmaganligini, ularni berishga va’da qilinmaganligini, shuningdek moddiy yoki har qanday turdaagi
    imtiyoz, ustunliklar olinmaganligini (kelajakda bu turdagi harakatlarni amalga oshirishi mumkinligi haqida taassurot qoldirilmaganligini) kafolatlaydi.
    Taraflar, ular tomonidan shartnoma doirasida jalb qilingan shaxslarning (yordamchi pudratchi tashkilotlar, agentlar va taraflar nazorati ostidagi boshqa
    shaxslarning) yuqoridagi harakatlarni sodir etmasligi yuzasidan oqilona choralar ko‘radi.
    9.4. Taraflar davlat xizmatchilari, siyosiy partiyalar, shuningdek o‘zining ijroiya organlari, mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan har qanday vaqtda va
    shaklda quyidagi harakatlarni bevosita yoki bilvosita (shu jumladan, uchinchi shaxslar orqali) sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaydi:
    a) nazorat qiluvchi organlardan litsenziya va ruxsatnomalar olish,soliq solish, bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish, sudda ish ko‘rilishi, qonunchilik


    jarayoni va boshqa sohalarda qonunga xilof ravishda tijorat yoki boshqa tusdagi ustunlikka ega bo‘lish yoki saqlab qolish maqsadida yuqoridagi shaxslar
    foydasiga yoki ular tomonidan moddiy yoki nomoddiy naf olishning taklif etilishi, va’da qilinishi, berilishiga;
    b) qonunga xilof ravishda olingan daromadlarning legallashtirilishiga, shuningdek, agar mulk jinoiy faoliyatdan olingan daromad ekanligi taraflarga ma’lum
    bo‘lsa, uni o‘tkazish, mulkka aylantirish, yoxud almashtirish yo‘li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, bunday pul mablag‘lari yoki boshqa mol-
    mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik
    huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirishga;
    v) korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir qilish uchun ta’magirlik qilish, undash, tazyiq o‘tkazish yoki tahdid qilish. Ushbu holat bo‘yicha bir taraf ikkinchi
    tarafni hamda vakolatli davlat organlarini darhol xabardor qilishi shart.
    9.5. Taraflar tovarlar, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish va o‘tkazishda bitimlar tuzish bo‘yicha muzokaralar olib borishda, litsenziya, ruxsatnomalar va
    boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni olishda yoki ularning manfaatlarini ko‘zlab boshqa harakatlarni amalga oshiruvchi taraflarning nazorati
    ostida bo‘lgan va ular nomidan harakat qiladigan shaxslarga (shu jumladan, yordamchi pudratchilar, agentlar, savdo vakillari, distribyutorlar, huquqshunoslar,
    hisobchilar, ular nomidan harakat qiluvchi boshqa vakillarlarga) nisbatan quyidagi harakatlarni amalga oshirishlari shart:
    - korrupsiyaviy harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi va korrupsiyaviy harakatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi shartligi haqida ko‘rsatmalar va
    tushuntirishlar berish;
    - ulardan korrupsiyaviy harakatlarni amalga oshirish uchun vositachi sifatida foydalanmaslik;
    - ularni faqat taraflarning oddiy kundalik faoliyati jarayonidagi ishlab chiqarish zarurati doirasidan kelib chiqib ishga jalb qilish;
    - ularga qonunchilik doirasida amalga oshirgan xizmatlari uchun belgilangan haq miqdoridan asossiz ravishda ortiqcha to‘lovlarni amalga oshirmaslik.
    9.6. Taraflar ularning nazorati ostida bo‘lgan va ular nomidan harakat qiladigan shaxslar tomonidan korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlarda belgilangan
    majburiyatlar buzilganligi holatlari haqida xabar berilganligi uchun ularga tazyiq o‘tkazilmasligini kafolatlaydilar.
    9.7. Agar bir tarafga boshqa tarafning korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlarning mazkur bobida belgilangan majburiyatlarni buzilishiga yo‘l qo‘yganligi
    ma’lum bo‘lib qolsa, ikkinchi tarafni bu haqda zudlik bilan xabardor qilishi va ushbu tarafdan o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rilishini va amalga oshirilgan
    ishlar yuzasidan unga xabardor qilishini talab qilishi shart.
    Bir tarafning talabi bo‘yicha ikkinchi taraf tomonidan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish bo‘yicha o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rilmagan yoki ko‘rib chiqish
    natijalari haqida xabardor qilinmagan taqdirda, ushbu taraf zararni to‘liq qoplab berishni talab qilishga haqli.
    Taraflar (vakolatli vakillari) imzolari:
    Sotib oluvchi (Sotuvchi) nomidan va uning topshirig‘i bo‘yicha
    Broker
    ________________________________________________
    M.O‘.
    “O‘zRTXB” AJ mazkur Shartnoma Birja savdolari elektron tizimida o‘tkazilgan
    savdolar natijalari bo‘yicha Sotuvchi va Sotib oluvchi o‘rtasida tuzilganligini
    tasdiqlaydi.
    Makler
    “O‘zRTXB” AJ _____________________________________
    (filial makleri, savdo maydonchasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchisi) M.O‘.

    Download 199.31 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 199.31 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlar

    Download 199.31 Kb.
    Pdf ko'rish