• Nazorat savollari
  • Masalalar va topshiriqlar
  • İlmiy tadqiqotlar, referatlar va İnternet-sahifalar uchun mavzular
  • 7- ma`ruza. Tizim va boshqarish




    Download 114.55 Kb.
    Sana26.03.2023
    Hajmi114.55 Kb.
    #46814
    Bog'liq
    5- ma`ruza. Tizim va boshqarish
    boshlang-ich-sinf-o-quvchlarining-lug-atlar-bilan-ishlash-jarayonida-kreativligini-oshirish, Документ Microsoft Word, Иқтисодий ахборотларни комьпютерда қайта ишлаш, buxoro amirligi, 17977, Kimyoviy texnologiyalar texnologiyasi, Moylarni gidrogenlash katalizatorlari-fayllar.org, Томди тумани Namuna Stol tennis 1 o\'rinlar talabnoma 3, 205-б иловаси Maktabning asosiy hujjatlarni yuritilish tartibi, ADOBE FLASH

    7- ma`ruza. Tizim va boshqarish
    Reja:
    I Tizimda boshqarish
    II Eshbi tamoyili
    III Kognitologiya
    Axborotning doimiy oqimi sababli tizim atrof muhit bilan maqsadga muvofiq o’zaro harakatni amalga oshiradi, ya`ni boshqaradi yoki o’zi boshqariladi. Axborot nafaqat ishlab chiqarishning, balki boshqarishning ham vositasiga aylandi.
    Tizimning boshqarish masalasining mohiyati – qimmatli axborotni “shovqin”lardan (keraksizlaridan, ba`zan tizim uchun zararli bo’lganlaridan) ayirish va ushbu tizimga mavjud bo’lishiga hamda rivojlanishiga imkon beradigan axborotni ajratish. Boshqarish – bu bilimlarni bir maqsadga yo’naltirilgan holda faollashtirish. Boshqarish va alohida shakl bo’lgan o’z-o’zini boshqarish – bilimlarni faollashtirishning eng oliy shaklidir.
    Tizimda boshqarish – tizimning, qanday qilib, qaysi elementlari bilan bajarilishiga bog’liq bo’lmagan holda amalga oshiriladigan, ichki vazifasidir.
    Tizimni boshqarish – boshqarishning, tizimning ishlashi uchun zaruriy bo’lgan shartlarini ta`minlaydigan, tashqi vazifalarini bajarish.

    Tizimni boshqarishning umumiy sxemasi
    Misol 1. Tizimda boshqarish – tashqi muhitning sharoitlariga bog’liq bo’lmagan holda amalga oshiriladigan tizimning ichki funkciyasi. Tizimni boshqarish – boshqarishning tizimni muhit bilan zaruriy o’zaro munosabatlarini ta`minlovchi tashqi funkciyalarining bajarilishi. Tizimni (tizim ichida) boshqarish har xil maqsadlarda ishlatiladi:
    1) ma`lumotlarni uzatish tezligini oshirish;
    2) uzatiladigan ma`lumotlar hajmini oshirish;
    3) ma`lumotlarni qayta ishlash vaqtini kamaytirish;
    4) ma`lumotlarni qisish darajasinini oshirish;
    5) tizim aloqalarini (modifikaciyasini) oshirish;
    6) axborotlarni (axborot bilan ta`minlanganlikni) oshirish.
    Misol 2. Elektr va magnit tebranishlarini boshqarish imkoniyatining paydo bo’lishi radio va elevideniedan ommaviy foydalanishni berdi, bunda axborotni uzatish tezligi yorug’lik tezligiga borib etdi; telekanalning o’tkazuvchanlik qobiliyati telefon kanalining o’tkazuvchanlik qobiliyati bilan taqqoslanganda taxminan 2000 marta, qayta ishlash tezligi esa million marta o’sdi. Axborotning qisqaligi va ko’proq ma`lumotga egaligi ham oshdi.
    Misol 3. Eshbi tamoyili ma`lum: tizimning boshqaruvchi ichki tizimi boshqariluvchi ichki tizimga nisbatan tashkil etishning ancha yuqori darajasiga (yoki ko’proq turli-tumanlikka, katta tanlovga) ega bo’lishi kerak. Masalan, firma menedjeri firma sotuvchisiga nisbatan ko’proq tayyorgarlikka, yuqoriroq bilimga, yaxshiroq tashkilotchilikka, qarorlar qabul qilishda ko’proq erkinlikka ega bo’lishi kerak. Kichik, o’rta firmalar, MChJ – turli-tumanlikning, biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirishning zaruriy faktoridir, chunki ular ancha dinamik, egiluvchan, bozorga moslashuvchan. Rivojlangan bozor tizimlarida ular katta salmoqqa ega, masalan, AQSh da katta korporaciyalar hissasi 10% dan katta emas.
    Misol 4. Tizimni boshqarishning asosiy vazifalari va masalalari:
    1. Tizimni tashkil qilish – ichki tizimlarni ajratish, ularning o’zaro harakatining va tizim tasnifining bayoni;
    2. Tizim tabiatini prognozlash;
    3. Tizim maqsadiga erishish uchun zarur bo’lgan (optimal rejalashtirishda etarli bo’lgan) tizim resurslari va elementlarini, tizim tasnifini rejalashtirish;
    4. Tizimning u, yoki bu kerakli holatiga olib keluvchi resurslarni hisobga olish va nazorat etish.
    Tizimni boshqarishning vazifalari va masalalari o’zaro bir-biri bilan bog’liq. Masalan, iqtisodiy tizimda bozorning asosiy boshqaruvchilari - resurslarni prognoz qilmasdan, hisobga olmasdan va nazorat qilmasdan, talab va taklifni tahlil qilmasdan turib to’la rejalashtirishni amalga oshirib bo’lmaydi. Har qanday davlatning iqtisodiyoti – boshqarish ichki tizimlari har xil tashkil qilingan bo’lsa ham, har xil elementlarga, maqsadlarga, tasnifga, munosabatlarga ega bo’lsa ham, hamma vaqt boshqariladigan tizimdir.
    Boshqaruvchi parametrlarni topish va ulardan tizimni boshqarishda foydalanish ham tizim murakkabligini kamaytirishi mumkin. O’z navbatida, tizim murakkabligining kamayishi, tizimni to’laligicha boshqariladigan qilishi mumkin.
    Nazorat savollari:
    1. Tizimni boshqarish va tizimda boshqarish nima? Ularning o’xshashligi va farqlarini tushuntiring.
    Tizimni boshqarishning vazifalari va masalalarini tushuntiring.
    2. Eshbi tamoyilining mohiyati? Tizim barqarorligining qanday turlari bor? Tizim murakkabligi va barqarorligi qanday bog’langan? Tizimni boshqarish vazifalari va masalalari o’rtasida qanday o’zarobog’liqlik bor?
    3. Kognitologiya nima? Kognitiv sxema (chambaraa) nima? Undan nima uchun va qanday foydalanish mumkin?
    Masalalar va topshiriqlar:
    1. Boshqariladigan tizim turli-tumanligining zarurligi (aktualligi) tamoyilidan foydalanishga misol keltiring va u nimani boshqarishini tushuntiring.
    2. Tizimni boshqarishning va qandaydir bir social-iqtisodiy tizim uchun boshqarishning aniq maqsadini keltiring.
    3. Tizimni boshqarishning vazifalari va masalalarining o’zaro bog’liqligiga misol keltiring.
    Tizimni boshqarishga, boshqarish maqsadini o’zgartirishga yordam beradigan parametrlarni ajrating.
    4. Tanlov asosida bitta muammoning kognitiv sxemasini (chambarani) quring.
    İlmiy tadqiqotlar, referatlar va İnternet-sahifalar uchun mavzular:
    1. Tizimni boshqarish (tizim ichida) maqsadlari, vazifalari, bosqichlari va qoidalari.
    2. Tizimlarning barqarorligi va ularning turlari, ko’rinishlari.
    3. Kognitologiya – sintetik fan. Kognitiv chambaralar (sxemalar) –tizimlarni bilish asbobi.
    Download 114.55 Kb.




    Download 114.55 Kb.