7-Amaliy mashg’ulot Asinxron dvigatelning tuzilishini o’rganish. Rotorning aylanish tezligi va sirpanishi




Download 0.49 Mb.
bet1/5
Sana03.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#86224
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Asinxron dvigatelning tuzilishini o’rganish. Rotorning aylanish tezligi va sirpanishi.
HEMIS Student manual, Gidravlika 2, Fizik kimyo Akbarov, all, DARS JADVALI, таркат, 13K-22 EEE Ishchi oquv dasturi, Dars jadvali, курс иши методичка бажариш (1), 0‘ZGARMAS TOK MASHINALARI, Схемотехника 1-4, 8-mavzu. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizim asoslari, po\'latlarga termik-kimyoviy ishlov berish, 7as termo dinamika, Практикум Методичка Железауглеродистые сплавы

7-Amaliy mashg’ulot
Asinxron dvigatelning tuzilishini o’rganish. Rotorning aylanish tezligi va sirpanishi.
Asinxron mashina ikki qism: qo‘zg‘almas (rotor) va aylanuvchi (stator) qismlardan iborat. Rotor stator ichiga o‘rnatiladi. U val, magnit o‘zak (magnit o‘tkazgich) va uning tashqi silindrik yuzasidagi pazlariga joylashtirilgan qisqa tutashgan (ko‘p fazali) chulg‘am yoki uch fazali chulg‘amdan iborat. Stanina, magnit o‘zak va uning ichki silindrik yuzasidagi pazlarida joylashgan bir, ikki yoki uch fazali chulg‘amdan iborat. Stator va rotorlarning magnit o‘zaklari maxsus elektrotexnik po‘latdan tayyorlangan yupqa tunukalardan yig‘iladi.





6.1-rasm. “BROWN BOVERI” (Shvetsariya) firmasi ishlab chiqargan katta quvvatli faza rotorli asinxron motori (a); qisqa tutashgan rotorli asinxron motori (b)
Asinxron motor rotorining tuzilishiga qarab ikki xil bo‘ladi:
1) qisqa tutashgan rotorli asinxron motor;
2) faza rotorli asinxron motor.
Qisqa tutashgan rotorli asinxron motor – rotorining magnit o‘zagi pazlariga eritilgan alyuminiy quyilib chulg‘am o‘tkazgichlari (sterjenlar) hosil qilinadi va ularning pazlardan tashqari uchlari ikki tomondan quyma alyuminiy halqalar orqali qisqa tutashgan bo‘ladi. Natijada, yaxlit "olmaxon katagi" (6.2,a,b-rasmlar) ko‘rinishidagi qisqa tutashgan chulg‘am hosil qilinadi.

6.2-rasm. Qisqa tutashgan rotor chulg‘amlari turlari: a) olmaxon qafasi; b) quyma alyuminiyli rotord) bir katakli; e) ikki katakli; f) chuqur katakli chulg‘amlar
Faza rotorli asinxron motori ham val, valga o‘rnatilgan magnit o‘zak, uning pazlariga bir-biriga nisbatan 1200 ga siljigan uch fazali chulg‘am joylashtiriladi. Rotorning faza chulg‘am­lari keti yulduz usulida ulangan bo‘ladi va boshlari esa valning bir tomonida o‘rnatilgan uchta mis yoki jez (mis va rux aralashmasi) halqalarga ulanib, shchetkalar yordamida tashqi zarjir bilan ulanadi.
Ishlash prinsipi
Uch fazali asinxron motorning stator chulg‘amiga uch fazali tarmoqqa ulanganda vujudga kelgan magnit yurituvchi kuch (MYK) statorda aylanish chastotasi n1= 60p bo‘lgan aylanuvchi magnit maydoni hosil qiladi. Bu maydon kuch chiziqlari stator chulg‘ami o‘ramlarini va rotorning qisqa tutashgan chulg‘am sterjenlarini yoki uch fazali chulg‘ami o‘ramlarini kesib o‘tib, ularda EYK lar hosil qiladi. Agar rotor chulg‘ami qisqa tutashgan bo‘lsa, undagi EYK ta’sirida qisqa tutashgan rotor chulg‘amlari sterjenlaridan tok o‘tib, bu tokning stator hosil qilgan aylanuvchi magnit maydoni bilan o‘zaro ta’siri natijasida rotor chulg‘ami o‘ram­lariga elektromagnit kuch ta’sir qiladi. Bu kuch hosil qilgan aylantiruvchi (elektromagnit) moment tormozlovchi momentdan katta bo‘lsa, rotorni aylanuvchi magnit maydon yo‘nalishida aylantiradi.
Aylanuvchi magnit maydonning aylanish chastotasi n1 bilan rotorning aylanish chastotasi n orasidagi nisbiy farq sirpanish (s) deyiladi va u quyidagicha aniqlanadi
a) ; b)  (6.1)
Asinxron mashinaning ishlash rejimlari
Stator magnit maydonining aylanish chastotasi nva rotori­ning aylanish chastotasi larning qiymatlariga bog‘liq holda asinxron mashina motor, generator va elektromagnit tormoz rejimlarida ishlashi mumkin. Asinxron mashina motor rejimida (6.3,a-rasm) ishlaganida rotorning aylanish chastotasi stator aylanuvchi magnit maydoni chastotasidan kichik (n1>n) bo‘lib, sirpanish esa 0oraliqda bo‘ladi. Bu holda stator chulg‘ami tarmoqdan elektr energiya bilan ta’minlanadi va rotorning vali biror ishchi mexanizmiga mexanik energiya beradi. Mashina elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi.
Asinxron mashina stator chulg‘ami tarmoqqa ulangan, motor rejimining chegaraviy sirpanishida s =1 da, rotor to‘xtagan (n=0) holatni qisqa tutashuv rejimi deyiladi. Agar asinxron mashina stator chulg‘ami tarmoqqa ulangan, motor rejimining chegaraviy sirpanishida s=0da, ya’ni rotorning aylanish chastotasi stator chulg‘ami aylanuvchi magnit maydoni chastotasi (sinxron chastotasi) bilan teng (n=n1) bo‘lsa, bunda aylantiruvchi moment hosil bo‘lmaydi, chunki aylanuvchi maydon rotor chulg‘amini kesib o‘t-maydi. Bunday rejimni asinxron mashinaning ideal yuksiz ishlash rejimi deyiladi.

6.3-rasm. Asinxron mashinaning ishlash rejimlari
Agar asinxron mashinaning rotorini birorta mexanizm yordami­da stator magnit maydoni aylanish chastotasidan katta (n > n1) bo‘lgan chastotada aylantirilsa rotor chulg‘ami o‘tkazgichlaridagi EYK, tokning aktiv tashkil etuvchisi va sirpanishlar o‘z yo‘na­lishini o‘zgartiradilar. Bunda elektromagnit moment M ham o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib tormozlovchi bo‘ladi, ya’ni asinxron mashina generator rejimiga o‘tadi. Asinxron mashina generator rejimda birlamchi motordan mexanik energiya olib, uni elektr energiyaga aylantirib tarmoqqa uzatadi. Bunda sirpanish 0>s> – oraliqda o‘zgaradi.
Agar asinxron mashinaning rotori boshqa motor bilan stator magnit maydoni aylanishiga teskari yo‘nalishda aylantirilsa, rotor chulg‘ami o‘tkazgichlaridagi EYK va tokning aktiv tashkil etuvchisi motor rejimidagi singari yo‘nalgan bo‘ladi, ya’ni mashina tarmoqdan energiya oladi. Lekin bu rejimda elektro­magnit moment rotor aylanishiga teskari yo‘nalib, tormoz-lovchi bo‘ladi (6.3,s-rasm). Bu rejim – asinxron mashinaning elektro­magnit tormoz rejimi deyiladi. Bunda rotorning aylanish yo‘nalishi aylanuvchi magnit maydonnikiga nisbatan teskari bo‘lgani uchun rotor aylanish chastotasi n<0, sirpanishi esa 1< s <  oraliqda o‘zgaradi. Bu rejimda asinxron mashina rotor tomonidan mexanik energiya, stator tomonidan esa elektr energiya oladi.
Asinxron mashinaning elektromagnit tormoz rejimi amaliyot­da kranlarda va ko‘targich mexanizmlarda yukni tushirish jarayonida uning tezligini kamaytirish yoki zarur bo‘lganda ularni tezda to‘xtatish uchun qo‘llaniladi. Bu maqsadda stator chulg‘amiga tarmoqdan ulangan xohlagan ikki faza simining o‘rnini almash­tirib ulash kerak bo‘ladi. Bu holda statorning aylanuvchi magnit maydoni o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi va tormoz momentini hosil qiladi. Bu rejimda sirpanish katta (s =1) bo‘lganligidan, rotor chulg‘amidagi EYK, demak, tok ham katta bo‘ladi. Bu tokni kamaytirish uchun faza rotorli motorda rotor chulg‘amini aktiv qarshilikka – tormozlovchi reostatga ulaydilir.
Sanoatda qo‘llanilayotgan asinxron motorlar nominal yuklama bilan ishlaganda sirpanish sN  35 % ni, maxsus asinxron motorlarning ayrimlarida esa sN  1215% ni tashkil qiladi.

Download 0.49 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 0.49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



7-Amaliy mashg’ulot Asinxron dvigatelning tuzilishini o’rganish. Rotorning aylanish tezligi va sirpanishi

Download 0.49 Mb.