7 amaliy mashg’ulot. Rostlagichlarning sozlash parametrlarini kompyuter vositasida dastlabki hisoblash




Download 253.93 Kb.
bet2/4
Sana07.03.2024
Hajmi253.93 Kb.
#168597
1   2   3   4
Bog'liq
7-amaliyot (1)
hmSXKWC8TOxxCQteEVK9sMEsVXldU3ftJnGxfJKE, Islomova S Econometrics , Iqtisodiyot fakulteti 15-hafta, amaliyot vaziaf
foydalanuvchi muhiti – klaviatura yordamida ma’lumotlarni bevosita boshqarish imkonini beradi;

  • interpretator sifatida realizatsiya qilingan, ma’lumotlarga ishlov berish amaliy tuzilishini dasturlash uchun algoritm tili; interpretator dasturlarni tez tuzish va sozlash imkonini beradi;

  • kompilyator – tayyor bo‘lgan dasturga mustaqil EXE-fayl shaklida tayyor kommertsiya mahsuloti ko‘rinishini beradi;

  • utilit-dasturlar – o‘zgarmas, oddiy operatsiyalarni tez dasturlashga xizmat qiladi (hisobotlar, ekranlar, menyu va boshqa ilovalar generatorlari).

    MBBT – bu foydalanuvchi qobig‘idir. Bunday muhit foydalanuvchining so‘rovlarini tezlik bilan qonistirishga yo‘nalganligi sababli, bu – doim intepretator-tizimdir.
    MBBTda dasturlash tilining mavjud bo‘lishi muayyan masala va hatto muayyan foydalanuvchiga mo‘ljallangan ma’lumotlarga ishlov berish murakkab tizimlarini yaratish imkonini beradi. Faqat tilga ega bo‘lib foydalanuvchi qobig‘i bo‘lmagan MBBTlar ham mavjud. Ular faqat dastur tuzuvchilarga mo‘ljallangan; ular kompilyatsiyalovchi turdagi tizimlardir. Bunday paketlar faqat shartli ravishda MBBT deb atalishi mumkin. Odatda ularni kompilyatorlar deb atashadi.
    Lekin MBBT orqali ma’lumotlarni almashtirish uchun, u yoki bu ilovalar uchun maxsus yaratilgan fayllardan shunday ma’lumotlarni almashtirishga nisbatan, ko‘proq vaqt talab qilinadi.
    Ma’lumotlarni manipulyatsiya qiluvchi tillar yaratilgan; ular relyatsion algebraning hamma operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi. Ular orasida eng ko‘p tarqalganlari – SQL (Structured Query Language – so‘rovlarning strukturlangan tili) va QBE (Quere-By-Example – namuna bo‘yicha so‘rovlar). Ikkala til ham juda yuqori darajadagi tilga kiradi; ular yordamida foydalanuvchi ularni olish protsedurasini aniqlamay turib olinishi zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rsatadi.

    MBBT hamma foydalanuvchilarga jumladan:



    • ma’lumotlarning xotirada fizik joylashuvi va ularning bayoni;

    • so‘ralayotgan ma’lumotlarni qidirib topish mexanizmi;

    • bir xil ma’lumotlarni, amaliy dasturlarni ko‘p foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida so‘raganda hosil bo‘ladigan muammolar;

    • ma’lumotlarni noto‘g‘ri yangilashlar va (yoki) ularga ruxsatsiz kirishdan himoyalashni ta’minlash usullari;

    • ma’lumotlar bazasini dolzarb holda ushlab turish va h.k.lar haqida tushunchaga ega bo‘lmagan yoki ega bo‘lishni istamagan foydalanuvchilarga ham, ma’lumotlarga kirish imkonini berish kerak.

    MBBT o‘zining ushbu funksiyalaridan asosiylarini bajarayotganda ma’lumotlarning turli bayonlaridan foydalanishi kerak. Bu bayonnomalar qanday yaratiladi?
    Ma’lumotlar bazasi loyihasini predmet (mavzu) sohasini tahlil qilishdan va alohida foydalanuvchilarning (tashkilot xizmatchilari; ma’lumotlar bazasi ular uchun yaratiladi) unga qo‘yadigan talablarini aniqlashdan boshlash zarur. Bu jarayon keyinchalik batafsilroq ko‘riladi, bu yerda esa quyidagini qayd qilamiz – odatda loyihalash bir odamga (bir guruh odamlarga) – ma’lumotlar bazasi adminstratorlariga (MBA) topshiriladi. U – tashkilot tomonidan maxsus ajratilgan xodim yoki ma’lumotlarga mashina ishlovi berish bilan yaxshi tanish bo‘lgan, ma’lumotlar bazasidan kelajakda foydalanadigan odam bo‘lishi mumkin.
    Ma’lumotlar bazasining mazmuni haqida foydalanuvchilar fikrini jamlash natijasida olingan hamda bo‘lajak ilovalarda zarur bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar haqida o‘zining tushunchalarini birlashtirib, MBA dastlab yaratilayotgan ma’lumotlar bazasining umumlashgan noformal bayonini yaratadi. Ma’lumotlar bazasini loyihalash ustida ishlayotgan hamma odamlar uchun tushunarli bo‘lgan tabiiy til, matematik formulalar, jadvallar, grafiklar va boshqa vositalardan foydalanib bajarilgan bu bayonnoma ma’lumotlarning infologik modeli deb ataladi (2.2-rasm).

    2.1-rasm. MBBTdan foydalanganda dasturlar va ma’lumotlar orasidagi bog‘lanish

    Bunday insonga yo‘nalgan model ma’lumotlar saqlanadigan muhitning fizik parametrlaridan batamom mustaqil bo‘ladi. Borib-borib bunday muhit EHM emas, balki inson xotirasi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun real dunyodagi qandaydir o‘zgarishlar infologik modeldagi qandaydir o‘zgarishni taqozo qilmaguncha, bu model o‘zgarmasligi kerak; qandaydir o‘zgarishdan murod – model predmet sohasini aks ettirishni davom ettirishi lozim.
    2.2-rasmda ko‘rsatilgan boshqa modellar kompyuterga yo‘nalgan. Ular yordamida MBBT dasturlar va foydalanuvchilarga saqlanayotgan ma’lumotlarga ularning fizik joylashishini o‘ylab o‘tirmasdan, faqat ularning nomi bilangina kirish imkonini beradi. Zarur bo‘lgan ma’lumotlarni MBBT tashqi xotirada saqlash qurilmalarida ma’lumotlarning fizikaviy modellari bo‘yicha qidirib topadi.
    Ko‘rsatilgan kirish muayyan MBBT yordamida amalga oshirilgani uchun, modellar ushbu MBBTning ma’lumotlarni bayon qilish tilida bayon qilingan bo‘lishi kerak. Ma’lumotlarning infologik modeli bo‘yicha MBA yaratayotgan bunday bayonnoma ma’lumotlarning datalogik modeli deb ataladi.

    Uch darajadagi arxitektura (infologik, datalogik va fizik darajalar) saqlanayotgan ma’lumotlar mustaqilligini ulardan foydalanayotgan dasturlardan saqlash imkonini beradi. Zarurat bo‘lganda MBA saqlanayotgan ma’lumotlarni boshqa informatsiya tashuvchilarga ko‘chirib yozib berishi va (yoki) ularning fizikaviy strukturasini qayta tashkil qilishi (ma’lumotlarning faqat fizikaviy modelini o‘zgartirib) mumkin.


    Soda tashkil qilinganligi, mohiyatlar orasida oldindan belgilangan bog‘lanishlarning mavjudligi, ma’lumotlarning fizikaviy modellari bilan o‘xshashligi, xotira hajmi cheklangan, sekin ishlaydigan EHMlarda ierarxik MBBTlar unumdorligi qabul qilsa bo‘ladigan darajada bo‘lishi imkonini beradi. Lekin, agar ma’lumotlar daraxtsimon strukturali bo‘lmagan holda ierarxik modelni qurishda va zarur bo‘lgan unumdorlikka erishishda talay qiyinchiliklar tug‘ilardi.
    Paradox (Borland firmasining dasturaviy mahsuloti) – ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari bozorida tan olingan lider. Oxirgi besh yil davomida (3,0 versiyasidan boshlab) Paradox mutaxassislar tomonidan personal kompyuterlar uchun eng yaxshi relyatsion MBBT deb tan olinmoqda.
    Paradoxning ko‘p xususiyatlari orasida juda soddaligi va shaffofligining ma’lumotlarni boshqarishning funktsional tugal tizimining ulkan imkoniyatlari unikal hamohang ekanligini ajratishadi («paradoks» ham ana shunda). Bunday paradoksli birikma natijasida baquvvat MBBT nafaqat professional dasturchiga, balki dasturlash yoki kompyuterda informatsiyaga ishlov berish haqida tushunchaga ega bo‘lmagan foydalanuvchiga ham bo‘ysunadi.
    Tarmoqli modellar hamda kam resursli EHMlar yaratilar edi. Ular – «to‘plamlar» – deb nomlangan ikki darajali daraxtlardan tarkib topgan yetarli darajada murakkab strukturalardir. «To‘plamlar» «yozuv-bog‘lamlar» yordamida birikib zanjirlar hosil qiladi. Tarmoqli modellar ishlanganda MBBT unumdorligini oshirish imkonini beradigan ko‘p «kichik ayyorliklar» o‘ylab chiqilgan edi; lekin ular MBBTni sezilarli darajada murakkablashtirgan edi. Amaliy dasturchi ko‘p atamalarni bilishi va MBBTning bir nechta ichki tillarini o‘rganishi, turli nusxalar, to‘plamlar, yozuvlar va h.k. orasida navigatsiya uchun ma’lumotlar bazasini mantiqiy strukturasini ikir-chikirigacha ko‘z oldiga keltirishi lozim. UNIX operatsion tizimini ishlovchilardan biri: «Tarmoqli baza – ma’lumotlarni yo‘qotishning eng ishonchli usuli» degan.

    2.2-rasm. Ma’lumotlar modellarining darajalari



    Ierarxik va tarmoqli MBBTdan amalda foydalanishdagi qiyinchiliklar ma’lumotlarni ifodalashning boshqa usullarini qidirishga majbur qildi. 60-yillar oxirida inventirlangan fayllar asosidagi MBBTlar paydo bo‘ldi; ular tashkil qilishning osonligi va ma’lumotlarni manipulyatsiya qilishning juda qulay ishli mavjudligi bilan farqlanadi.
    Lekin bunday MBBTlarda ma’lumotlarni saqlash, ma’lumotlar orasidagi bog‘lanishlar miqdori, yozuv uzunligi va uning maydoni miqdori uchun fayllar miqdori cheklangan.
    Modullararo interfeysni tashkil qilish muammosi adapterlarning informatsion dasturlarni yaratishiga sabab bo‘ldi; bu ixtisoslashgan (maxsus) tizimlar va dasturaviy texnologiya ishlab chiqilishiga olib keldi. Tayyor modullardan yirik dasturaviy komplekslarni tuzishga yo‘nalgan tizimlar bularga kiradi. Bu tizimda oraliq ma’lumotlar yagona protsessor va ixtisoslashgan modellararo informatsion dastur-adapterlar yordamida unifikatsiyalanadi; dastur – adapterlar quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi;
    1) har bir alohida modul uchun boshlang‘ich ma’lumotlar mavjudligini nazorat qilish;
    2) yetishmaydigan boshlang‘ich ma’lumotlarni berish;
    3) ma’lumotlar turlari, strukturasi va ketma-ketligininng chaqirilayotgan modulda qabul qilingan ma’lumotlarning o‘xshash xarakteristikalariga muvofiqligini tekshirish;
    4) turlar muvofiq bo‘lmagan holda ma’lumotlarni qaytadan tashkil qilish;
    5) almashinish turiga mos ravishda chaqirilayotgan modulga ma’lumotlar uzatilishini ta’minlash;
    6) modulni dasturlash tili belgilaydigan muhitni tashkil qilish;
    7) natijalarni tekshirish;
    8) oraliq natijalarni saqlash uchun qabul qilingan ko‘rinishga ma’lumotlarning qaytadan o‘zgartirilishini bajarish;
    9) modul ishi natijalarini keyinchalik foydalanish uchun saqlash.
    Dasturlari katta miqdorda kiruvchi, oraliq va natijaviy o‘zgaruvchilar bilan ishlaydigan yirik ALTlarda almashish jabhasini qandaydir ma’lumotlar banki ko‘rinishida tashkil qilish qulay.
    Bu adapter bajaradigan funksiyalarning bir qismini MBBTga yuklash imkonini beradi; natijada ALT informatsion va dasturaviy ta’minotini ishlab chiqishga sarflanadigan vaqt qisqaradi.
    Shunday qilib adapter dasturaviy modullar orasida informatsion o‘zaro ta’sirni tashkil qilish bo‘yicha operatsiyalar majmuini bajaradi.

    Download 253.93 Kb.
  • 1   2   3   4




    Download 253.93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7 amaliy mashg’ulot. Rostlagichlarning sozlash parametrlarini kompyuter vositasida dastlabki hisoblash

    Download 253.93 Kb.