Kuchlanishi 220 kVgacha bo‘lgan kabel tarmoqlari (PUE)




Download 1.31 Mb.
bet2/2
Sana01.09.2022
Hajmi1.31 Mb.
#25531
1   2
Bog'liq
1050 ва КЛ (автовосстановление)
GLOBALLASHUV JARAYONINI RIVOJLANISH YO\'NALISHLARI BOZORLARNI GLOBALLASHUVI VA TOVARLARNI
Kuchlanishi 220 kVgacha bo‘lgan kabel tarmoqlari (PUE)

2.3.11. Kabel liniyalarini loyihalash va qurish tarmoqni rivojlantirish, liniyaning mas’uliyati va maqsadi, trassa xarakteri, yotqizish usuli, kabel konstruksiyalari va boshqalarni hisobga olgan holda texnik–iqtisodiy hisob-kitoblar asosida amalga oshirilishi kerak.


2.3.12. Kabel liniyasining yo‘lini tanlashda, iloji bo‘lsa, kabellarning metall qobig‘iga nisbatan salbiy ta’sirdagi (agressiv) bo‘lgan tuproqli joylardan qochish kerak.
2.3.13. Yer osti kabel liniyalari ustida elektr tarmoqlarini muhofaza qilishning amaldagi qoidalariga muvofiq quyidagi maydoncha miqdorida muxofaza zonalari o‘rnatilishi kerak:
-kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lganda, chetki kabellarning har bir tomondan 1 m gacha masofada;
-kuchlanishi 1000 Vgacha bo‘lganda, chetki kabellarning har bir tomondan 1 m gacha masofada, kabel liniyalari shaharlarda yo‘lak (trotuar) ostidan o‘tishida esa binolar-inshoatlar tomonga -0,6 m va ko‘chaning qatnov qismi tomoniga 1 m ga to‘g‘ri keladi.
Kuchlanishi 1000 Vgacha va undan yuqori bo‘lgan suv osti kabel liniyalari uchun, ushbu qoidalarga muvofiq, chetki kabellardan 100 m masofada parallel chiziqlar bilan belgilangan muxofaza zonasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Kabel liniyalarining muxofaza zonalari elektr tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalari talablariga muvofiq qo‘llaniladi.



2.3.15. Kabel liniyalarini shunday bajarilishi kerakki, montaj qilish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarida ularda mexanik zo‘riqishlar va jabrlanishlash bo‘lmasligi lozim. Shu sababli:


-kabellar va ular yotqizilgan konstruksiyalar o‘zlarining harorati natijasida deformatsiya bo‘lishi, ko‘chkilar sodir bo‘lishi holatlarini yetarlicha kompensatsiya qilish maqsadida kabellar uzunligi bo‘ylab zaxirasi bilan yotqizilishi kerak; kabel zaxirasini o‘ram (vitok) ko‘rinishida bajarish ta’qiqlanadi;
-konstruksiyalar, devorlar, to‘siqlar va h.k. gorizontal ravishda yotqizilgan kabellar oxirgi nuqtalarda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri oxiridagi muftalarda, bukilgan joylarni har ikki tomonida, bir-biriga ulovchi va berkituvchi (stopor) muftalarida qat’iy mustaxkamlanishi (zakreplenie) kerak;
-konstruksiyalar va devorlarga vertikal ravishda o‘rnatilgan kabellar, qobiqlarning deformatsiyasi oldini olish va kabellarning o‘z vaznining ta’siri ostida muftalarda tolalarning ulangan joylari buzilmasligi uchun qat’iy mustaxkamlanishi (zakreplenie) kerak;
-zirxlanmagan kabellar yotqiziladigan konstruksiyalar shunday bo‘lishi kerakki, kabellarning qobiqlarini mexanik shikastlanish ehtimoli bartaraf etilgan bo‘lishi kerak; ushbu kabellarning qobig‘i qattiq mahkamlanadigan joylarda elastik prokladkalar yordamida mexanik shikastlanish va korroziyadan himoya qilinishi kerak;
-mexanik shikastlanish xavfi mavjud bo‘lgan (transport vositalari, mexanizmlar va yuklarning harakatlanishi, begona shaxslar kirishi mumkin bo‘lgan joy) joylarda joylashgan kabellar (shu jumladan zirhli kabellar) yer ustida poldan yoki yer sathidan 2 m balandlikda hamda yer ostida yerdan 0,3 m chuqurlikda himoya qilinishi kerak;
-boshqa kabellarning yonidagi kabellarni o‘rnatishda, eskilarining shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tegishli choralar ko‘rilishi kerak;
-kabellar uchun ruxsat etilgan qizishidan ortiq isishiga olib keladigan issiq sirtlardan masofa saqlangan holda yotqizilishi kerak, bunda zadvijkalar o‘rnatilgan va ulangan joylarda kabellarga issiq narsalarni tushishini oldi olingan bo‘lishi kerak;
2.3.18. Kabellar yotqiziladigan kabel inshoatlari va konstruksiyalari yonuvchan bo‘lmagan materiallardan tayyorlanishi kerak. Kabel inshoatlarida har qanday vaqtinchalik qurilmalarni bajarish, ularda materiallar va jihozlarni saqlash taqiqlanadi. Vaqtinchalik kabellar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning ruxsati bilan kabellarni yotqizish bo‘yicha barcha talablarni bajargan holda amalga oshirilishi kerak.
2.3.24. Qurilish mavjud bo‘lmagan joylarda yerga yotqizilgan kabel liniyalarining muxofaza zonalari axborot belgilari bilan belgilanishi kerak.
Axborot belgilari kamida 500 m, shuningdek kabel liniyalarining yo‘nalishini o‘zgartirish joylarida o‘rnatilishi kerak.
Axborot belgilarida kabel liniyalarining xavfsizlik zonalari kengligi va kabel liniyalari egalarining telefon raqamlari ko‘rsatilishi kerak.



2.3.25. Kuchlanishi 35 kVgacha bo‘lgan elektr kabel liniyalarini yotqizish usullarini tanlashda quyidagilarni inobatga olish kerak:


1. Kabellarni yerga yotqizishda bitta transheyada 6 ta kuch kabellardan ko‘p bo‘lmagan kabellarni yotqizish tavsiya etiladi. Agar ularning soni ko‘p bo‘lsa, kabel guruhlari orasida kamida 0,5 m masofa saqlagan holda alohida transheyalarda yoki kanallar, tunnellar, estakada va gallereyalarda yotqizish tavsiya etiladi.
2. Agar bir yo‘nalishda yotqiziladigan kuch kabellarini soni 20 dan ortiq bo‘lsa, ularni tunnellarda, estakadalarda va gallereyada yotqizish tavsiya etiladi.
3. Metall quyilishi va boshqa hollar ehtimoli bo‘lganda hamda o‘tish yo‘llari va temir yo‘llar bilan kesishgan joylarida, trassa bo‘ylab yuqori zich joylashgan holatlarda kabellarni bloklarda yotqizish qo‘llaniladi.
4. Shaharlar hududida kabellarni yotqizish usullarini tanlashda, dastlabki kapital xarajatlar hamda ekspluatatsiya va ta’mirlash ishlarini qulayligi va kamharajatliligi inobatga olinishi kerak.
2.3.82. Kabel liniyalarining rejalashtirish belgisidan o‘rnatish chuqurligi kamida quyidagicha bo‘lishi kerak: 20 kV gacha bo‘lgan liniyalar - 0,7 m; 35 kV - 1 m; ko‘chalar va maydonlarni kesib o‘tishda kuchlanishdan qat’i nazar - 1 m.
110-220 kV moy to‘ldirilgan kabel liniyalari rejalashtirish belgisi kamida 1,5 m dan chuqur ko‘milgan bo‘lishi kerak.
Mexanik shikastlanishlardan himoya qilish sharti bilan kabellarni binolarga kirish qismida uzunligi 5 m gacha bo‘lgan qismida, shuningdek yer osti inshoatlari bilan kesishgan joylarida kabel yotqiziladigan chuqurlik 0,5 m gacha bo‘lishi mumkin.
Ekin maydonlari bo‘ylab 6-10 kV kabel liniyalarini yotqizishda kamida 1 m chuqurlikda amalga oshirilishi kerak, bunda trassa ustidagi yer ekin bilan band bo‘lishi mumkin.
2.3.84. Kabel liniyalari parallel ravishda yotqizilganda, kabellar orasidagi gorizontal masofa kamida quyidagicha bo‘lishi kerak:
1) 10 kVgacha bo‘lgan kuch kabellari, shuningdek shular va nazorat kabellari o‘rtasida 100 mm;
2) 20-35 kV kabellar shular va boshqa kabellar o‘rtasida 250 mm;
3) turli tashkilotlar tomonidan ekspluatatsiya qilinadigan kabellarda, kabellar orasida hamda kuch kabellari va aloqa kabellari o‘rtasida 500 mm;
4) moy bilan to‘ldirilgan 110-220 kV kabellar va boshqa kabellar o‘rtasida 500 mm; bunda past bosimli moy to‘ldirilgan kabel liniyalar bir-biridan va boshqa kabellardan qovurg‘alarga o‘rnatilgan temir-beton plitalar bilan ajratiladi; bundan tashqari, aloqa kabellariga elektromagnit ta’sirni hisoblash kerak.
Zarur hollarda, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda, ekspluatasuiya qiluvchi tashkilotlar bildan kelishgan holda, 2) va 3) bandlarda ko‘rsatilgan masofani 100 mm gacha kamaytirishga yo‘l qo‘yiladi. Kuchlanishi 10 kV gacha bo‘lgan kuch kabellari orasidagi va aloqa kabellari bilan ular o‘rtasidagi masofini (zichlangan yuqori chastotali telefon aloqa tizimi zanjiri kabellaridan tashqari) 250 mm gacha kamaytirish mumkin, faqat kabellardan birida KZ yuzaga kelganda kabellarni himoya qilish mumkin bo‘lishi sharti bilan (quvurlarda yotqizish, yonmaydigan qismlarni o‘rnatish va boshqalar) ruxsat etiladi.
Nazorat kabellari orasidagi masofa me’yorlashtirilmaydi.
2.3.85. O‘simliklar zonasida kabel liniyalarini yotqizayotganda, kabellardan daraxt tanasiga bo‘lgan masofa, odatda, kamida 2 m bo‘lishi kerak. Yashil o‘simliklar tasarrufida bo‘lgan tashkilot bilan kelishilgan holda, ostidan qazish yo‘li bilan kabellarni quvurlarda yotqizish sharti bilan bu masofani kamaytishga ruxsat etiladi.
Yashil zonada butalar bilan kabellarni o‘rtasidagi bu masofalar 0,75 m ga kamaytirilishi mumkin.
2.3.91. Kabel liniyasini 110 kV va undan yuqori kuchlanishli VL bilan parallel ravishda yotqizishda, VL chetki simining vertikal tekisligidan kabelgacha masofa kamida 10 m bo‘lishi kerak.
Kabel liniyasidan 1000 V dan yuqori VL yerlangan qismlari va tayanch yerlagichlarigacha bo‘lgan masofa, kuchlanishi 35 Kvgacha bo‘lganda kamida 5 m hamda 110 kV va undan yuqori kuchlanishda 10 m bo‘lishi kerak. Tor shartlarda, kabel liniyalaridan 1000 V dan yuqori VL ning yer osti qismlarigacha va alohida tayanchlarni yerlagichlarigacha masofa kamida 2 m bo‘lishiga ruxsat beriladi; kabeldan VL simidan o‘tadigan vertikal tekislikka masofa me’yorlashtirilmaydi.
Kabel liniyasidan kuchlanishi 1000 Vgacha bo‘lgan VL tayanchigacha masofa kamida 1 m bo‘lishi kerak hamda yaqnlashish zonasida kabellar izolyatsiyalovchi quvurda yotqizilganida 0,5 m bo‘lishi mumkin.
Elektr stansiyalar va podstansiyalar hududida tor sharoitlarda kabellar, havo aloqalari (o‘tkazgichlar) va kuchlanishi 1000 V dan yuqori VLlarning yer ostidagi qismidan kamida 0,5 m masofada yotqizilishi mumkin, agar ushbu tayanchlarning yerlagich qurilmalari podstansiyalarning yerlagich konturiga ulangan bo‘lsa.
2.3.92. Kabel liniyalari boshqa kabel liniyalari bilan kesishganda, ular kamida 0,5 m qalinlikdagi yer qatlami bilan ajratilishi kerak. 35 kVgacha bo‘lgan kabellar uchun tor sharoitlarda bu masofa 0,15 m ga kamaytirilishi mumkin, agar kabellarni kesishuvning barcha qismida va har bir yo‘nalishda qo‘shimcha 1 m gacha bir xil mustaxkamlikdagi beton plitalar yoki quvurlar bilan ajratish mumkin; bunda aloqa kabellari kuch kabellaridan yuqorida joylashgan bo‘lishi kerak.
2.3.95. Kabel liniyalarini temir yo‘l va avtomobil yo‘llari bilan kesishmalarida, kabellar tunnellarda, bloklarda yoki quvurlarda yo‘lning ajratilgan zonasi (zona otchujdeniya)ning butun kengligi bo‘yicha yer qatlamidan 1 m chuqurlikda va zovurlar tubidan kamida 0,5 m chuqurlikda yotqizilishi kerak. Ajratilgan zonasi bo‘lmasa, o‘rnatilgan yotqizish shartlari faqat kesishmada va yo‘l chizig‘ining har ikki tomonida ortiqcha 2 m masofada amalga oshirilishi kerak.
O‘zgarmas tokli elektrlashtirilgan va elektrlashtiriladigan temir yo‘llari bilan kabellar kesishmasida, bloklar va quvurlar izolyatsiyalovchi bo‘lishi kerak (ushbu qoidalarni 2.3.88-bandiga qarang). Kesishish nuqtasi strelkalar, relslarni ulanish joylaridan kamida 10 m masofada bo‘lishi kerak.
Elektrlashtirilgan temir yo‘l transporti yo‘llari bilan kabellarni kesish burchagi, yo‘lning o‘qi bilan 75-90° burchak ostida bo‘lishi kerak.
Bloklar va quvurlarning uchlari kamida 300 mm chuqurlikda suv o‘tkazmaydigan (yalpiz) loy bilan qoplangan holda kanop (djut)dan to‘qilgan qoplamali bo‘lishi kerak.
Kabellar bilan kam intensiv harakatli oxiri berk sanoat yo‘llar va maxsus (masalan, harakat ta’qiqlangan-slip va boshqa) yo‘llar bilan kesishmalarida, kabellar, qoida tariqasida, yerda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yotqizilishi kerak.
Yangi qurilayotgan elektrlashtirilmagan temir yo‘l yoki avtomobil yo‘li bilan kesishmalarda, mavjud kabel liniyalarini yangi joyga qayta o‘rnatish talab qilinmaydi. Kesishgan joyida kabellarni ta’mirlash uchun kerakli miqdorda zaxira bloklari yoki mahkam yopilgan uchlari bo‘lgan quvurlar o‘rnatilishi kerak.
Kabel liniyasining havo kabeliga o‘tish joyiida, taglik ostidan yoki qatlamning chetidan kamida 3,5 m masofada yuzaga chiqishi kerak.

Download 1.31 Mb.
1   2




Download 1.31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kuchlanishi 220 kVgacha bo‘lgan kabel tarmoqlari (PUE)

Download 1.31 Mb.