• Tekshirdi: Berdimuradov Mirzohid Toshkent 2023 7-LABORATORIYA ISHI Mavzu: Elektron pochta tarmoq dasturini yaratish
  • Nazariy qism
  • Topshiriq: Talaba laboratoriya ishi uchun shaxsiy topshiriq oladi. Bu topshiriq bo‘yicha talaba elektron pochta bilan ishlovchi dastur yaratadi. Ishni bajarish tartibi
  • 7-laboratoriya ishi bajardi: Qurbonov Temur Tekshirdi: Berdimuradov Mirzohid Toshkent 2023




    Download 0,65 Mb.
    Sana19.11.2023
    Hajmi0,65 Mb.
    #101266
    Bog'liq
    7-laboratoriya



    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
    Fakulteti 417-20 guruh talabasi Qurbonov Temurning
    Tarmoqni dasturlash asoslari fanidan
    7-LABORATORIYA ISHI

    Bajardi: Qurbonov Temur
    Tekshirdi: Berdimuradov Mirzohid


    Toshkent 2023
    7-LABORATORIYA ISHI
    Mavzu: Elektron pochta tarmoq dasturini yaratish
    Ishning maqsadi:
    Talabalarda Java dasturlash tili javax.mail.* va java.util.* paketlari klasslaridan foydalanib elektron pochta bilan ishlovchi dastur yaratish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish
    Nazariy qism:
    JavaMail API elektron pochta ilovalarini yaratishda platformaga bog‘liq bo‘lmagan va protokolga bog‘liq bo‘lmagan freymvorklarni qo‘llab quvvatlaydi. JavaMail API elektron pochta tizimini o‘z ichiga oluvchi obyektlarni aniqlovchi abstrakt klasslar to‘plamini ta’minlaydi. Bu elektron pochtani o‘qish, yozish va jo‘natish uchun paketdir. Quyida JavaMail APIda qo‘llab-quvvatlanadigan ba’zi protokollar keltirilgan:
    SMTP: Simple Mail Transfer Protocol. Elektron pochtani jo‘natish mexanizmini ta’minlaydi.
    POP3: Post Office Protocol. Elektron pochtani qabul qilish mexanizmini qo‘llab-quvvatlaydi. Har bir foydalanuvchiga bitta pochta qutisini qo‘llabquvvatlashni aniqlaydi. RFC 1939 ushbu protokolni aniqlaydi.
    IMAP4: Internet Message Access Protocol. Elektron pochtani qabul qilish mexanizmini qo‘llab-quvvatlaydigan mukammal protokoldir. Har bir foydalanuvchiga bir-nechta pochta qutilarini ta’minlaydi. Qo‘shimcha sifatida pochta qutisi bir-nechta foydalanuvchilarga taqsimlanishi mumkin. RFC 2060da aniqlangan.
    MIME: Multipurpose Internet Mail Extensions. Bu elektron pochtani ko‘chirish protokoli emas. Bu nima ko‘chirilayotganini, ya’ni elektron pochta tarkibi (formati, ilovalari)ni aniqlaydi.
    JavaMail API elektron pochtalarni yozish, qabul qilish va jo‘natish uchun qo‘llaniladi.
    Session klassi. Session klassi JavaMail APIning asosiy klassi hisoblanadi. Session obyekti sozlash va autentifikatsiya qilish maqsadida
    JavaMail API uchun bog‘lanishni yaratadi.
    Session obyekti quyidagi usullar bilan yaratilishi mumkin:
    - JNDI xizmatidan boshqariladigan obyektni qidirish orqali
    InitialContext ctx = new InitialContext();
    Session session = (Session) ctx.lookup("usersMailSession");
    - Ikkinchi usul dasturlashga asoslangan java.util.Propertiesdan foydalanib Session obyekti yaratiladi. Session klassi konstruktori private hisoblanadi.
    Session klassi ikkita metodni ta’minlaydi:
    - getDefaultInstance():
    getDefaultInstance() metodidan goydalanib sukut bo‘yicha Session obyekti chaqiriladi.
    public static Session getDefaultInstance(Properties props)
    public static Session getDefaultInstance(Properties props,Authenticator auth) - getInstance():
    getInstance() metodidan foydalanib yangi Session obyekti chaqiriladi.
    public static Session getInstance(Properties props) public static Session getInstance(Properties props,Authenticator auth) Message klassi Session obyekti yaratildi endi jo‘natiladigan xabarni yaratishga o‘tamiz.
    Topshiriq:
    Talaba laboratoriya ishi uchun shaxsiy topshiriq oladi. Bu topshiriq bo‘yicha talaba elektron pochta bilan ishlovchi dastur yaratadi.
    Ishni bajarish tartibi:







    Xulosa:
    Men ushbu laboratoriya ishida Java dasturlash tili javax.mail.* va java.util.* paketlari klasslaridan foydalanib elektron pochta bilan ishlovchi dastur yaratish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qildim va intellej idea dasturi orqali dasturni ishlatdim va muvafaqqiyatli emailga fayl yuborildi.
    Download 0,65 Mb.




    Download 0,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-laboratoriya ishi bajardi: Qurbonov Temur Tekshirdi: Berdimuradov Mirzohid Toshkent 2023

    Download 0,65 Mb.