Proporsional-differinsial rostlagichlar




Download 348.15 Kb.
bet4/6
Sana03.05.2023
Hajmi348.15 Kb.
#55977
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-ma’ruza mavzu Avtomatik rostlashning nazariy va texnik elemen
mustqil ish, 7. Differensial tenglamalarning umumiy va xususiy yechimlari 20 list, 1917942, (Tafakkur operasiyalari) Y. Mashhura, Hayitov Fazliddin, phpH6Wg4m IMYA-PRILAGATELNOE-10-klasse, 7-mavzu. Statistik baholar va ularga qo’yiladigan talablar tayan, PrintContractPdf (1), SOFT SKILLS FOR ENGINEERS. LECTURE - 13, Ehtimol 2-MI, slovar, mudir tavsiya2, 371243c8-1b59-d4b3-bf81-0e7148bc90c3 media (1), kvadrat funksiya
9.5. Proporsional-differinsial rostlagichlar
Agar rostlash ob’ektida yuklanishning o`zgarishi tez va keskin shuningdek, kechiqish katta bulsa izodrom rostlagichlar talab etilgan rostlash sifatini ta’minlay olmaydi, ya’ni bu holda ularda katta dinamik xato hosil bo`ladi. Rostlash jarayenini parametrning o`zgarish tezligiga bog’liq bo`lgan qo`shimcha kirish signali vositasida yaxshilash mumkin. Kechiqishi sezilarli bo`lgan ob’ektlarda texnologik jarayenlarni rostlash uchun PD- rostlagichlarni ishlatish maksadga muvofikdir.
Agar differinsial qism rostlovchi ta’sirning boshqa qismlariga qo`shilsa to`gri (avvaldan ta’sir), ayrilgan holda esa teskari avvaldan ta’sir bo`ladi. Тo`gri avvaldan ta’sir rostlagichi PF2.1 rostlash zanjiriga berilgan kattalikdan parametrning chetga chiqish tezligiga mos ta’sir kiritish uchun mo`ljallangan (9.3-rasm).
Siqilgan xajmdagi xavoning kirish signali (rostlagich yoki datchikdan) taqqoslash elementi IV ning V va G kameralariga boradi hamda inersion zveno (rostlanuvchi drossel II va sigim III) orqali usha elementning V kamerasiga berilayetgan ta’minlovchi xavo bosimi bilan muvozanatlashadi. Chiqish kamerasi A kuzatuvchi sistema sxemasi asosida ulangan. Agar parametrning chetga chiqish tezligi nol yeki nolga yaqin bulsa, taqqoslash elementi IV ning chiqishida kirish signali Rkir kuzatiladi. Agar bosim o`zgara boshlasa, masalan, o`zgarmas tezlikda ortsa, u holda B kameraning oldida drossel-qarshilik II borligi tufayli V va G kamera membranasidagi bosimlar yigindisi B va A kameraning membranalaridagi kuchlanishdan katta bo`ladi. Natijada taqqoslash elementi IV dagi S1 soplo berqilib, A kamerada bosim keskin oshadi. Chiqishda kirishdagi bosimdan ilgarilovchi signal paydo bo`ladi. Ilgarilash kattaligi kirishda bosimning o`zgarish tezligi va avvaldan ta’sir drosselining qanchalik ochiqligiga bog’liq. Тaqqoslash elementi IVdan chiqqan signal element V va quvvat kuchaytirgichi VI dan tashqil topgan kuchaytirgichning kirishiga boradi. U taqqoslash elementi kuchaytirgichning xatosini yo`qotishga xizmat qiladi. Uchirish relesi I avvaldan ta’sir drosselini berkitishga mo`ljallangan. Buyruq bosimi Rk=0 bo`lganda S2 soplo yopiq bo`lib, B kameraga havo avvaldan ta’sir drosseli orqali o`tadi. Rostlagichni uchirish uchun ikkilamchi asbobdan buyruq bosimi Rk berilib, bunda S2 soplo ochiladi va kirish signali (Rkir) bevosita B kameraga keladi. Bu holda taqqoslash elementi IV ga keluvchi uchala signal o`zaro teng, chiqishdagi bosim esa kirishdagiga teng bo`ladi. Avvaldan ta’sirni 0,05 ... 10 minutgacha oraliqda sozlash mumkin.

Download 348.15 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 348.15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Proporsional-differinsial rostlagichlar

Download 348.15 Kb.