|
7-mavzu: ma’lumotlar bazasi bilan ishlashning kengaytirilgan imkoniyatlari. Tayanch iboralar
|
bet | 2/7 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 196,74 Kb. | | #140171 |
Bog'liq Ma\'lumotlar bazasi bilan ishlashning kengaytirilgan imkoniyatlari (1)7.2. MBBTning alohida modullari
MBni boshqarish bloki-disklardagi ma’lumotlar bilan foydalanuvchi dastur va tizimning sо‘rovi (guery) orasidagi interfeysni aniqlaydi;
Fayl menedjeri-ma’lumotlar tuzilmasi bilan disklar о‘rtasidagi bog‘lanishni boshqaradi;
Guery protsessor-ingliz tilida yozilgan guery gaplarini MBni boshqarish bloki tushunadigan tilga о‘tkazadi;
Prekompilyator DML(Data Manipulation Language)- ma’lumotlar bilan manipulyatsiya qiladigan til bо‘lib, u quyidagi operatsiyalarga javob beradi:
MBdan ma’lumotlarni ajratib olish;
MBga ma’lumotlarni kiritish;
MBdan ma’lumotlarni olib tashlash;
MBni modifikatsiya (о‘zgartirishlar) qilish;
Kompilyator DDL(Data Definition Language)-MB tilini, uning tuzilmasini va tashqi xotiralardagi axborot turini aniqlaydi. MBning tuzilmasi kо‘pincha jadval shaklida bо‘ladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda deyarli barcha MBBTlar asosan relyatsion modellar asosida tashkil qilinmoqda. Shuni nazarda tutgan Microsoft Office korporatsiyasi ham eng ommalashgan dastur vositalarini yaratmoqda. Bu dastur vositalari ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi professional hujjatlar tayyorlash imkonini beradi. Shulardan biri MBlar bilan ishlashga mо‘ljallangan Microsoft Access dastur bо‘lib, bu dastur Visual Basic for Application dasturlash muhitida makroslar yaratish va boshqa bir qancha imkoniyatlarga egaki, bu foydalanuvchiga har tomonlama mukammal bо‘lgan hujjatlar tayyorlashga yordam beradi.
Demak, maydon MBning asosiy tuzilmali elementi bо‘lib quyidagi parametrlar bilan ifodalanadi:
uzunligi (belgi va simvollarda ifodalanib baytlarda о‘lchanadi),
nomi (maydonning о‘ziga xos alohida xususiyati),
podpis- imzo (ustun sarlavhasi haqida ma’lumot).
Endi keng foydalanuvchilar ommasi uchun mо‘ljallangan va eng qulay bо‘lgan relyatsion MBni tashkil qilish haqida biroz tо‘xtalib о‘tamiz.
Agarda MBda ishtirok etadigan jadvallar о‘zaro bog‘langan bо‘lsa, bunday MBni relyatsion turdagi MB deb atash qabul qilingan. Bunda jadvallarni о‘zaro bog‘lash uchun umumiy xususiyatga ega bо‘lgan unikal maydon tushunchasi kiritilgan. Ushbu tushuncha ba’zan MBning kalitli maydoni deb ham ataladi. Jadvalning bunday bog‘lanishi bog‘lanish sxemasi deyiladi. MB doimo о‘zgarib turadi: unga yangi yozuvlar, borlariga esa yangi elementlar qо‘shiladi. Relyatsion ma’lumotlar bazasi quyidagi parametrlar bilan baholanadi:
Soddalik - Prostota;
Moslanuvchanlik - Gibkost;
Aniqlilik, matematik aniq usullar bilan MB manipulyatsiya qilinadi -Tochnost;
Maxfiylik - Sekretnost;
Bog‘liqlik - Svyazannost;
Bog‘liqsizlik - Nezavisimost;
Ma’lumotlar bilan murakkab amallarni bajarish tili.
|
| |