Konstruktor tartibida jadval yaratish




Download 196,74 Kb.
bet3/7
Sana18.01.2024
Hajmi196,74 Kb.
#140171
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'lumotlar bazasi bilan ishlashning kengaytirilgan imkoniyatlari (1)

Konstruktor tartibida jadval yaratish. Konstruktor tartibini tanlasak, u holda maydonlar nomi ularning turi va xossalari kabi parametrlarni kiritish mumkin bо‘lgan muloqot oynasi paydo bо‘ladi.
Ushbu muloqot oynasida bu parametrlarning barchasi klaviatura yordamida qо‘lda kiritiladi yoki keraksiz maydonlar olib tashlanadi, yoxud ba’zi maydonlarning turini о‘zgartirish kabi amallarni bajarish mumkin bо‘ladi.

  1. Master tablits (jadval ustasi) bilan jadval tuzish

Jadval ustasi bilan ish yuritganda, ekranda hosil bо‘lgan muloqot oynasida namunaviy jadvallar rо‘yxati va bu jadvallarga mos bо‘lgan namunaviy jadval maydonlari foydalanuvchiga taklif etiladi. Foydalanuvchi bu muloqot oynasida mavjud bо‘lgan ixtiyoriy jadval va uning maydonlarini tanlab olib (maydonlarning nomini о‘zgartirishi mumkin) yangi jadval tuzishi mumkin. Bunda maydonlarning turi ham avtomatik ravishda maydon nomiga mos holda tanlanadi.
Xullas, maydon turini о‘zgartirish zarur bо‘lsa, konstruktor tartibidan foydalanib о‘zgartirish mumkin.

  1. Import (Boshqa ma’lumotlar bazasi)dan jadvalni tanlash

Bunda import qilinuvchi jadvalni tanlash uchun muloqot oynasida import qilinuvchi MB tanlab olinadi va undan foydalanuvchiga kerak bо‘lgan maydon bо‘yicha ma’lumotlar ajratib olinishi mumkin.

  1. Svyaz s tablitsami (Tashqi fayllardagi MB jadvallari bilan bog‘lanish sxemasi) orqali yangi jadvallar tuzish

Bunda ham yuqoridagi kabi muloqot oynasida о‘zaro aloqa о‘rnatilishi zarur bо‘lgan MB tanlab olinadi.
MS Assess ikki xil tartibda ishlaydi:
1) Proyektirovaniye (loyihalash);
2) Ekspluatatsiya (amaliy foydalanish).
Avtomatik ravishda yangi jadval tuzishda yoki hisoblash natijalari asosida jadval hosil qilishda vaqtinchalik natijaviy jadval tuziladi va bu jadvaldan yangisini hosil qilishda yoki о‘zgartirishda foydalaniladi. Bu holatda Zapros ni о‘zgartirishning bir necha usullari mavjud:

  • jadval tuzish sо‘rovi,

  • jadval tarkibidagi ma’lumotlarni yangilash sо‘rovi,

  • yozuvlarni kiritish sо‘rovi,

  • yozuvlarni yо‘qotish sо‘rovi.

Buning uchun Zapros menyusidagi Sozdat buyrug‘i bilan Konstruktor tartibida ish yuritiladi.
Ma’lumotlarni kiritish uchun kerakli maydonga ega bо‘lgan elektron blank, forma deb ataladi. Forma tashkil qilish MB oynasining Forma bо‘limida Sozdat tugmasini bosish bilan boshlanadi.
Ekranda hosil bо‘lgan muloqot oynasida yangi forma tuzishning bir qator usullari taklif qilinadi:
Konstruktor - mustaqil ravishda yangi forma tuzish;
Master form - tanlangan maydonlar asosida avtomatik ravishda formalar tuzish;
Avtoforma: V stolbets (ustun kо‘rinishida) – maydonlarni avtomatik ravishda bitta ustunga joylashtirilgan holda formalar tuzish;
Avtoforma: lentochnaya (lentasimon)– maydonlarni avtomatik ravishda lentasimon joylashtirilgan holda formalar tuzish;
Avtoforma: tablichnaya (jadvalli)– maydonlarni avtomatik ravishda jadvallar kо‘rinishida tuzish;
Diagramma – diagrammalar kо‘rinishida formalar tuzish;
Jamlovchi jadval - Excel jadvallari bilan taqqoslash usulidan foydalanib formalar tuzish.
Formalarni tuzish uchun uni tashkil qiladigan usullardan biri tanlab olingach, muloqot oynasining pastki qismida forma tuziluvchi jadval yoki sо‘rov nomi kо‘rsatiladi. Ma’lumki, forma asosan boshqarish elementlaridan iborat bо‘lib, uning tashqi kо‘rinishi shu boshqarish elementlarini rejali joylashtirishga bog‘liq. Shuning uchun ham formani avtomatik ravishda tashkil qilish (avtoforma yordamida) maqsadga muvofiq. MB ning oynasida Sozdat tugmasini bosish bilan Novaya forma muloqot oynasi ochiladi. Unda kerakli sо‘rov yoki jadvalni tanlab sichqoncha chap tugmasini avtoforma turlaridan biri (lentali, jadvalli yoki ustunli) ustida 2 marta bosiladi. Master yordamida forma tashkil qilish esa 4 bosqichdan iborat:
a) formaga kiritish mumkin bо‘lgan maydonlarni tanlash,
v) formaning tashqi kо‘rinishini tanlash,
s) formaning fon tasvirini tanlash,
d) forma nomini berish.
Forma tuzilmasi 3 qismdan iborat:
-forma sarlavhasi,
-ma’lumotlar beriladigan joy,
-eslatmalar satri.
boshqarish elementlari tagida tasvirning foni joylashib, u formaning ishchi maydonini ifodalaydi. sichqoncha ni surish bilan bu о‘lchamni о‘zgartiradi.
shuni eslatish lozimki, ba’zan maydon nomi bilan ma’lumotlar joylashadigan oraliqqa nadpis (yozuv) kiritish mumkin:
Elementlar panelida maxsus boshqaruv elementi mavjud bо‘lib, uni va Formani tanlab matnlar ramkasini hosil qilamiz. Matn kiritilganda uni formatlashning hojati yо‘q. Matn kiritilgach, Enter tugmasi bosiladi. Boshqarish elementini formatlashdan avval uni ajratish (videlit) lozim, sо‘ngra Vibor obyekta (obyektni tanlash) asbobidan foydalanamiz. Boshqarish elementini ajratganda, uning atrofida 8 markerli ramka hosil bо‘ladi. Chegaralarini siljitish bilan ramkani siqish va chо‘zish mumkin bо‘ladi. Ramkaning chapdagi yuqori markeri alohida ahamiyatga molik. Unga kо‘rsatkichni tо‘g‘rilaganda, sichqoncha kо‘rsatkichi xuddi bosh barmoq kо‘rinishiga о‘xshab ketadi. Obyekt ajratilgach, shrift parametrlarini о‘zgartirish mumkin. Buni formatlash paneli piktogrammalari orqali amalga oshirish lozim. Bordiyu, sichqoncha о‘ng tugmachasi bosilsa, u holda kontekst menyu bо‘yruqlari orqali ish bajariladi.



Download 196,74 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 196,74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Konstruktor tartibida jadval yaratish

Download 196,74 Kb.